unutolmagan bo‘lsam, bundan tashqari, endi zinhor ortga
qaytolmasligimni bilsam, o‘shanda oyga tikilib, «E, menga
baribir emasmi?!» — deya olarmidim? Men qilmishimdan
uyalgan bo‘larmidim yoki yo‘qmi? Aslida-ku hozir bu
savollar arzimas va ortiqcha. Chunki to‘pponcha shundoq
oldimda turibdi. Bu kecha u otilishi muqarrarligini men
butun vujudim bilan sezardim. Ammo fikrlar qonimni
qaynatdi, men telbanamo bo‘lib qoldim. Nimanidir
oldindan hal etmay turib o‘lolmaydigan holatga yetdim.
Gapning qisqasi, shu qizcha meni o‘limdan xalos etdi,
chunki men o‘yimga yetolmay, o‘q otilishini keyinga
surdim, kapitannikida ham sharpalar tina bordi. Ular
Do'stlaringiz bilan baham: |