bermadim? Bunga o‘sha payt miyamga kelgan bir fikr
sabab bo‘ldi. Qizcha meni tortib chaqirgan vaqt oldimda
bir jumboq ko‘ndalang bo‘ldi, men uni yecholmadim.
Aslida-ku u arzimas savol, lekin mening jahlim chiqdi.
O‘zimning: «modomiki shu kechayoq o‘z boshimga
yetaman, deb qasd qilgan ekanman, endi menga
dunyoning boru yo‘qligi har doimgidan ko‘ra ham
baribirroq bo‘lishi kerak emasmi?» — degan xulosamdan
jahlim chiqdi. Qiziq, nega birdan menga baribir emasligini,
qizchaga rahmim kelayotganligini his etdim. Ha, men aniq
eslayman, qizchaga dildan achindim, hatto bundan g‘alati
bir og‘riq ham tuydim. To‘g‘ri, men u paytdagi oniy
kechinmalarimni bundan ortiq ifodalay olmayman, ammo
Do'stlaringiz bilan baham: |