tiyolmay, birdan hamrohimga so‘z qotdim: «Sendan
qo‘rqayotganimni bilib turibsan, shuning uchun meni
ko‘rgani ko‘zing yo‘q». Men xo‘rlanganimni his qilib,
yuragimda nina sanchgandek og‘riq sezdim. Hamrohim
javob bermadi. Men shuni sezdimki, bu mahluq mendan
nafratlanayotgani ham, mening ustimdan kulayotgani
ham, hatto menga rahmi kelayotgani ham yo‘q, bu
safarimizda qandaydir noayon, sirli, faqat menga aloqador
qandaydir maqsad bor. Men battar vahimaga tusha
boshladim. Qandaydir kuch bir so‘z aytmay, ammo qiynoq
bilan meni mum tishlagan yo‘ldoshimning kimligidan ogoh
etdi va mening bag‘rimni tilib o‘tdi. Biz tim qorong‘i,
noma’lum kengliklar bo‘ylab uchdik. Men anchadan beri
Do'stlaringiz bilan baham: |