berdi. Ko‘z ochib ko‘rganim o‘sha nurning qadrdon
shu’lalari mening qalbimda jilolandi va unga qaytadan jon
ato etdi, men o‘limimdan so‘ng ilk bor o‘sha jonajon
hayotning nafasini tuydim.
— Agar bu quyosh bo‘lsa, xuddi o‘zimiznikiga o‘xshagan
quyosh bo‘lsa, unda yer qani? — deya qichqirdim men.
Yo‘ldoshim menga boqib quyuq qorong‘ilik ichida nur
sochib turgan yulduzchaga ishora qildi. Biz to‘g‘ri
o‘shanga qarab uchdik.
— Nahotki koinotda shunday aynan takrorlar bor, nahotki
tabiatning qonuni shunday bo‘lsa?.. Agar u yulduzcha yer
bo‘lsa, nahotki u ham xuddi o‘zimiznikiga o‘xshash
baxtsiz, bechora, lekin aziz va hamisha suyukli yer?
Do'stlaringiz bilan baham: |