nisbatan teranroq va yuksakroq edi, zero, bizning fanimiz
hayot o‘zi nima ekanligini tushunishga intiladi,
boshqalarga qanday yashashni o‘rgatish uchun uni idrok
etmoqchi bo‘ladi. Ular bo‘lsa qanday yashashni ilm-fansiz
ham bilardilar, men buni fahmladim, ammo ularning
bilimlarini tushunolmadim. Ular menga o‘z daraxtlarini
ko‘rsatdilar, lekin dov-daraxtlarga shunchalik muhabbat
bilan qarash menga yot edi, ular go‘yo o‘zlariga monand
mavjudotlar bilan so‘zlashayotganga o‘xshardilar. Bu
odamlar daraxtlar bilan gaplashardilar, desam ham,
ehtimolki, xato bo‘lmas. Ha, chindan ham ular bir-
birlarining tillariga tushunardilar. Ular butun tabiatga,
masalan, hayvonot olamiga ham xuddi shunday qarardilar,
Do'stlaringiz bilan baham: |