ko‘p tomonlardan tushunolmasligimni o‘sha paytdayoq
angladim. Men zamonaviy rus progressisti sifatida,
badxulq peterburglik sifatida bir narsaga hayron qolardim:
ular shunchalik ko‘p narsani bilsalar-da, biznikiga
o‘xshagan ilm-fanga ega emas edilar. Tezda shunga aqlim
yetdiki, ularning bilimida biznikiga o‘xshamaydigan ajib
samimiyat bor, ular suv ichadigan bilim chashmalari ham,
ularning intilishlari ham butunlay bo‘lakcha. Bu zamin
odamlari ortiqcha hoyu havasga berilmay, osuda
yashardilar, hayotni idrok etishga ham bizchalik
intilmasdilar, chunki ularning hayoti shusiz ham bekam-
ko‘st edi. Lekin ularning bilimlari bizning fanimizga
Do'stlaringiz bilan baham: |