yengil ovqatlanardilar. O‘z yemishlari va kiyim-boshlari
uchun bizdek o‘lib-tirilib mehnat qilmasdilar. Ularda ham
ishq-muhabbat bor edi, bundan farzandlar tug‘ilardi. Lekin
men ularda bizda hammani zaharlagan, insoniyat
botayotgan barcha gunohlarning yagona manbai bo‘lgan
shafqatsiz ishratparastlikning izini ham ko‘rmadim. Ular
go‘dak dunyoga kelganda, bazmi jamshidimizga yangi a’zo
qo‘shildi, deb sevinchga to‘lardilar. Ular o‘rtasida achchiq-
tiziq gap, rashku hasad yo‘q edi, bularning nimaligini
bilishmasdi ham. Har bir tug‘ilgan go‘dak barchaning
farzandi sanalardi, chunki ular yagona oila bo‘lib
yashardilar. Garchand ularda ham o‘lim barhaq bo‘lsa-da,
kasallik yo‘q edi. Ularning qariyalari vidolashish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |