davra qurgan odamlarning yorug‘ tabassumlari ostida
ularga oq fotiha berib tinchgina kulimsiragancha uyquga
ketganday jon taslim qilardilar. Bunda qayg‘u ham, ko‘z
yoshi ham yo‘q, faqat hayajon bo‘lib jo‘sh urgan mehr bor
edi, xolos. O‘ylash mumkinki, ular marhumlari bilan ham
dillashardilar, ularning yaqinligini o‘lim ham buzolmasdi.
Men mangu hayot haqidagi fikrlarini so‘raganimda, ular
menga hayron boqdilar, aftidan, ular mangu hayotga shu
darajada ishonar edilarki, so‘rab o‘tirish ham ularga
g‘alati tuyulardi. Ularda sajdagohlar yo‘q edi. Axir, qaysi
dargohga sig‘inishsin?! Ularda bir butun Koinot bilan
qandaydir qimmatli, jonli, chambarchas birlik bor edi.
Ularda din ham yo‘q edi, faqat bir narsani aniq
Do'stlaringiz bilan baham: |