yulduzlarga tikilmay qo‘ygandim. Ammo falak avroqida
nurlari ming-million yillardan so‘ng yerga yetib keladigan
shunday sitoralar borligini bilardim. Balki biz bu
kengliklarni endi ortda qoldirib ketgandirmiz. Men qattiq
qayg‘u ichida nimanidir kutar edim. Birdan qadrdon va oliy
darajada o‘ziga chorlovchi bir tuyg‘u meni larzaga soldi:
men birdan o‘zimizning tabarruk quyoshimizni ko‘rib
qoldim. Bu lam’ai a’zam yerimizni atrofidan gir
aylantirayotgan quyoshimiz bo‘lishi mumkin emasligini,
biz undan cheksiz uzoqlashib ketganimizni bilardim, ammo
men butun borlig‘im bilan shuni angladimki, bu xuddi
o‘zimiznikiga o‘xshagan quyosh, uning egizagi yoki aynan
takrori. Mening yuragimda laziz, da’vatkor tuyg‘u sado
Do'stlaringiz bilan baham: |