Furqat va muqimiy hayoti va ijodi


Orzular g‘unchasi hargiz ochilmas der edim



Download 209,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana19.06.2021
Hajmi209,78 Kb.
#70597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
8 маъруза матни

 

Orzular g‘unchasi hargiz ochilmas der edim, 

Chiqdi hijron chillasi, keldi baorim hayriyat, – der. 

 

Shodligidan entikuvchilar, kelur oxir seni ham yо‘qlagudek bir zamon yaxshi 



deya kelajakka umid bilan qaraguvchilar yо‘qmidi? Bor edi. Ular yuzlab, minglab 

topilar edi. О‘z she’rlari bilan el, xalq deb atalmish ana shunday odamlarning dardu 




diliga yо‘l topa olganligi lahzalik fursat bо‘lsa-da, taskin bera olganligi hayotdagi 

muvaffaqiyati va shuhratining boisi edi. Shoir she’riyatiga nisbatan xos ana shunday 

shuhrat hozirda ham sо‘ngan emas. Ular hanuz she’rxon, hofiz va xonandalar tilidan 

tushmay, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

Muqimiy  ijodiy  merosida  «hajvchilik» salmoqli о‘rin tutadi.  Shoir lirikasida 

ifoda  etilgan  muhitdan  nolish,  shikoyat  qilish,  mavjud  tuzum  tartiblaridan 

qoniqmaslik  va  hakazo  motivlar  kuchayib,  keskin  tus  olib,  satira  va  yumor 

kо‘rinishida  tus  olganligini  kuzatish  mumkin.  Shundan  kelib  chiqib  aytadigan 

bо‘lsak,  she’riyatida  yaxshilik  va  ezgulikni,  adolatni  yoqlovchi  lirik  qahramon 

malum  tarixiy  sharoitda  har  qanday  yomonlik  va  adolatsizlikni,  kamchiliklarni 

keskin tanqid qiluvchi hajvgо‘y qahramonga aylanganini kо‘ramiz. 

Demak,  she’riyati  va  hajviyotida  bir  qarashda  alohida  namoyon  bо‘luvchi 

qahramonlar aslida yagona bо‘lib, qarashlar va munosabatlar masalasida ulg‘aygani, 

mukammallashganini kо‘ramiz. Endi u zorlanmaydi, istehzo bilan kuladi, shikoyat 

qilmaydi, ayovsiz tanqid qiladi. 

Muqimiy  hajviyoti  о‘zining  mazmuni  va  uslubi,  badiiy  usullari  jihatidan  2 

qismga bо‘linadi. 

Bu satiralar mazmunan boy, badiiy jihatdan puxta, mavzu jihatdan turlichadir. 

Aytish lozim bо‘lsa, ijtimoiy hayotda kо‘zga tashlangan har bir voqea yoki hodisa 

shoir nazaridan chetda qolmagan. Bu voqea yoki hodisalar markazida turgan, yoki 

sabab  bо‘lgan  shaxslar  oddiy  shaxs  sifatida  balki  shoirning  mahorati  bilan 

umumlashgan  qiyofada  о‘z  ifodasini  topadi.  Bunday  umumlashgan  qiyofalar 

kelgindi  amaldorlar,  mahalliy  boylar,  muqallid  din  peshvolari,  malaylar, 

savdogarlar, sudxо‘rlar va hakazolardan iboratdir. 

Shoir satiralarini mohiyatan quyidagicha kо‘rsatish mumkin: 

1.  3ulm  va  zо‘rlik,  adolatsizlikni  fosh  etuvchi  asarlar:  («Tanobchilar», 

«Dodxohim», «Saylov», «Tarmevalar»). 

2. Turli xildagi kirdikorlarni fosh etuvchi: («Moskobchi boy ta’rifida», «Hajvi 

Viktor bot, dar  shikoyati Laxtin»,  «Tо‘yi Iqon bachcha»,  «Xoji  qaroqchi»,  «Gap 

tо‘g‘risida gap»). 

3.  Muqallidlik  va  tekinxо‘rlixni  fosh  etuvchi:  («Avliyo»,  «Hajvi  xalifai 

Mangtepa», «Dar mazammat qurbaqa»). 

Shoir qalamiga mansub «Tanobchilar» satirasi adolatsizlik, zulm va zо‘rlikni 

fosh  etishga  qaratilgan  asarlaridan  biri  bо‘lib,  68  misrali  «masnaviy»  yо‘lida 

yozilgan  asardir.  Asarga  «tanob»  voqeasi  asos  qilib  olingan.  Voqealar  bir 

dehqonning о‘z ahvolini bayon etib, «tanob» voqeasiga munosabat bildirishi bilan 

boshlanadi. Yilda bir marta keladigan bu voqea о‘zgalarga rohat keltirgani holda 

dehqon uchun azob, g‘am-tashvishu kulfat keltirishi izhor qilinadi. Ammo voqealar 

sо‘ngida  dehqonga  azob,  g‘am-tashvish  keltirgan  «tanob»  emas,  balki  shuning 

vositasida yuzaga chiquvchi, oshkor bо‘luvchi jabr va zulm, adolatsizlik ekanligi 

ma’lum bо‘ladi. 


Download 209,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish