Furqat va muqimiy hayoti va ijodi


 Ilk mustamlakachilik davri /1865-1905/  2



Download 209,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana19.06.2021
Hajmi209,78 Kb.
#70597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8 маъруза матни

1. Ilk mustamlakachilik davri /1865-1905/ 

2. Jadidchilik davri /1905-1907/ 


3. Ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy kurashlar davri /1917-1929/. 

Bunday  nomlash  shartli,  albatta.  Mazkur  davrlarning  vakillari  esa  quyidagicha 

tartibda joylashagan: 

1. Ilk mustamlakachilik davri. /1865-1905/. 

Komil Xorazmiy /1826-1899/, Bayoniy /1840-1823/, Tabibiy/1868-1911/, Muqimiy 

/1850-1903/, Muxyi /1835-1911/, Furqat /1859-1909/, Zavqiy /1853-1921/, Anbar 

Otin /1870-?/, Ibrat /1862-1937/,Yusuf Saremiy /1840-1912/, Kamiy /1865-1922/. 



2. Jadidchilik davri /1905-1907/ 

Behbudiy  /1875-1919/,  Siddiqiy-Ajziy  /1864-1927/,  Vasliy  /1869-1923/, 

Munavvarqori    /1878-1931/,  Avloniy  /1878-1934/,  Tavallo  /1882-1939/,  Sidqiy 

Xondayliqiy /1884-1934/, Avaz O`tar /1884-1919/, So`fizoda /1869-1937/. 



3. Ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy kurashlar davri /1917-1929/. 

Fitrat  /1886-1938/,  Hamza  /1889-1929/,  Qodiriy  /1894-1938/,      Cho`lpon  /1897-

1938/. 

XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  Kо‘hna  Turkiston  va  uning  ijtimoiy-siyosiy  va 

madaniy hayotida jiddiy о‘zgarishlar yuz bergan alohida davr hisoblanadi. Siyosiy 

nuqtai nazaridan olganda bu davr О‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi 

bilan xarakterlanadi. 

Tarixdan ma’lumxi, XVII asrning boshlaridan boshlab, О‘rta Osiyo bir-biriga 

zid  xonliklarga  bо‘lingan  bо‘lsa,  XVIII  asrda  bu  holat  jiddiy  tus  olib  borgani 

natijasida bu notinchlik, tarqoqlik о‘zga davlatlarni kо‘z olaytirishga sabab bо‘ladi. 

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, О‘rta Osiyo Rossiya va Angliya о‘rtasida oraliq 

maydonga va boylik manbaiga aylanib borayotgan edi. 

1953  yildan  boshlab  Rossiya  oshkora  harbiy  harakatlarini  boshlab  yuboradi. 

1864  yili  Qо‘qon,  Turkiston  yerlarini  bosib  oladi.  1865  yili  Toshkent,  1867-68 

yillarda  Samarqand  va  Buxoro, 1873 yillar  Xiva  zabt  etildi.  1867 yilda  14  iyulda 

Aleksandrning farmoni bilan faqat unga bо‘ysunuvchi Fon Kaufman boshchiligida 

Turkiston  general-gubernatorligi  tashkil  etildi.  Bu  О‘rta  Osiyo  Rossiyaning 

mustamlakasiga aylandi degani edi. 

Turkiston  general-gubernatorligi  tashkil  topgach,  Toshkent  uning  markazi 

sifatida taraqqiy topa boshladi. 1868 yilda bosmaxona ochildi, 1871 yildan kitoblar 

chiqa boshladi. 1884 yilda Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi ochildi. Ularning 

soni о‘lkada 5-6 yil ichida yuzdan oshib ketdi. 1871 yildan «Turkiston viloyatining 

gazeti»  nomi  bilan  gazeta  nashr  etila  boshladi.  Bularning  barchasi  mustamlaka 

yurtda ruslashtirish siyosatini amalga oshirish, mahalliy xalqlarga rus mafkurasini 

singdirish uchun xizmat qilishga qaratilgan edi. 

Adabiy  haraktchilik  an’anaga  kо‘ra  kо‘proq  Qо‘qon,  Xiva,  Samarqand, 

Buxoroda  rivoj  topdi.  Biroq  Toshkent  ham  yangi  poytaxt  sifatida  tez  yuksalib, 

adabiy-madaniy  markazga  aylana  boshladi.  Qо‘qonda  Muqimiy  (1850-1903), 

Furqat  (1859-1909),  Zavqiy  (1853-1921),  Muhayyir  (1845-1918),  Usmonxо‘ja 

Zoriy  (1839-1916)  kabilar  adabiy  davra  tashkil  etadilar.  Namangandan  Nodim 

(1844-1909),  Ibrat  (1862-1937),  Sо‘fizoda  (1880-1937),  Andijondan  Abdurazzoq 

Bimiy (1847-1917), Xо‘janddan Toshxо‘ja Asiriy (1864-1916), Sayramdan Yusuf 




Saryomiy  (1840-1912),  Toshkentdan  Karimbek  Kamiy  (1865-1922)  kabilar 

Qо‘qondagi adabiy suhbatlarda tez-tez ishtirok etib turdilar. 

Buxoro  amirlaridan  Abdulahadxon  (1882-1911)  ham  she’r  yozar  edi.  Xisor 

hokimi Avliyoqulibek «Husayniy» taxallusi bilan devon tartib etgan. Samarqandda 

Abdulazim Sipandiy (1829-1909), Siddiqiy-Ajziy (1864-1927), Saidahmad Vasliy 

(1870-1925) kabi shoirlar ijod etdilar. 

Yangi davr о‘zgarishlarini о‘z asarlarida aks ettirgan Muqimiy, Furqat, Zavqiy, 

Zoriy,  Nodim,  Asiriy,  Qamiy,  Siddiqiy,  Ajziy,  Komil  Xorazmiy  kabi  kо‘plab 

ijodkorlar  ijod  maydoniga  keldilar.  Adabiy  harakatda  an’anaviylik  bilan  birga 

hajvchilik, publitsistik,  safar  taassurotlarini  ifodalovchi  ocherk  kabi  janrlar  paydo 

bо‘ldi. Tarjimachilik harakatlari rivoj topdi. 


Download 209,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish