Furqat va muqimiy hayoti va ijodi



Download 209,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana19.06.2021
Hajmi209,78 Kb.
#70597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8 маъруза матни

        IJODIY MEROSI. Ijodkor sifatida Muqimiy о‘zidan keyin meros qoldirgan 

shoirlardan biridir. Garchi u faqat poeziya janrida ijod etgan, aksari she’riyatdan 

iborat bо‘lsa-da, bu she’riyat о‘zining tematik va badiiy-g‘oyaviy jihatdan rang-

barangligi bilan qimmatlidir. 

Shoir  о‘zigacha  bо‘lgan  adabiyotimizning  eng  yaxshi  an’analar  davom 

ettiribgina  holmay,  uni  yangi  mazmun  bilan  boyitdi,  yuqori  pog‘onaga  kо‘tardi. 




Biroq shoirning ijodiy merosi «Devon», «Majmua» yoki «Bayoz» holida tо‘liq yetib 

kelgan emas. Shoirning ijodiy merosini tashkil etuvchi 1960 yilda nashr etilgan 2 

jilddik asarlar tо‘plami turli xil manbalardan tо‘plangan asarlaridir. 

Muqimiyning  bizga  ma’lum  bо‘lgan  merosini  janrlar  jihatidan  quyidagicha 

kо‘rsatish mumkin: 

1. Lirika (masnaviy, g‘azal, ruboiy, tuyuq, fard...). 

2. Hajviyot (satira va yumor). 

Z. Sayohatnomalar. 

4. Maktublar (she’riy va nasriy, jami: 10 ming misra). 

Adabiyotshunos A.Karimov «shoir hayoti va ijodiga tegishli mavjud faktlarni 

diqqat bilan о‘rganish natijasida ma’lum bо‘lishicha, ijodiy faoliyati davomida shoir 

uch  bosqichni  boshidan  kechirgan»,  –  deydi.  Bu  bosqichlarni  quyidagicha 

kо‘rsatadi: 

1. Shoir ijodining ilk davri (XIX asrning 80-90 yillari). 

2. Demokrat shoir (XIX asrning 80-90 yillari). 

Z. Hayoti va faoliyatining sо‘nggi yillari (XIX asriing oxiri – XX asr boshlari). 

Muqimiy  badiiy  ijod  bilan  qachondan  shug‘ullana  boshlagani  aniq  ma’lum 

bо‘lmasa-da, taxminan 60-yillarning о‘rtalaridan deb taxmin qilish mumkin. Dastlab 

Qо‘qon  madrasasida,  sо‘ngra  Buxoro  madrasasida  о‘qib  yurgan  yillari,  taxminan 

1876  yilgacha  bо‘lgan  oraliq  davr  shoir  ijodining  ilk  davri  hisoblanadi.  Bu  davr 

ijodida an’anaviy usul, mavzu, turli xil istioralar, shuningdek, о‘ziga xos soddalik, 

jо‘nlik sezilib turadi. Bu soddalik va jо‘nlik har bir ijodkorning ilk davri uchun xos 

xususiyatdir. 

Muqimiy  ijodining  ikkinchi  davri  80-90  yillar  oralig‘ini  о‘z  ichiga  oladi. 

Chunki  shoir  merosining  asosini  tashkil  etuvchi  lirika,  hajviyot,  sayohatnomalari 

mana shu yillar oralig‘ida yaratiladi. Bu, bir tomondan, shoirning ijodiy tajribasining 

ortib  borishi  bо‘lsa,  ikkinchidan,  hayotga  nisbatan  qarashlarining  о‘zgarishi 

natijasidir. 

Bu  о‘zgarish  1876  yillardan  boshlab  seziladi.  Dastlab  Qо‘qonning  katta 

boylaridan bо‘lgan Shayx Sulaymon Afg‘oniy va uning atrofida bо‘lgan Mug‘ziy, 

Hazoyniy,  Kotibiy  kabi  shoirlar  davrasida  bо‘lgan  bо‘lsa,  Qо‘qon  yer  qurilish 

«mahkamasi» hamda Oqjar poromida ishlab mavjud hayot sharoiti bilan bevosita 

tanishishi,  mehnatkash  xalqning  ayanchli  hayoti,  qolaversa,  1876  yildan  Qо‘qon 

xonligining  tutatilishi  sо‘ngidagi  muayyan  о‘zgarishlar,  о‘z  turmushidagi 

qiyinchiliklar ana shu о‘zgarishga sabab bо‘ladi. Natijada turmush tashvishlaridan 

kо‘ra kо‘proq badiiy ijod bilan mashg‘ul bо‘lganlngini kuzatish mumkin. Negaki, 

Muqimiy  she’rlarini  о‘z  ichiga  olgan  bayozlar  80-yillarning  boshlariga  tо‘g‘ri 

keladi.  1881  yilda  tug‘ilgan  bir  bayozda  «О‘lmasun»  radifli  bir  she’ri  kiritilgan 

bо‘lsa-da, 1883 yilda tuzilgan bayozda 20 ga yaqin she’ri kiritilgan. Bundan keyingi 

bayozlarda  ham  borgan  sari  kо‘proq  uchraydi.  Demak,  Muqimiy  ana  shu  80-

yillarning boshlaridanoq shoir sifatida shuhrat qozona boshlagan. 

Shoir qarashlarining о‘zgacha tus olishi, qalamining о‘tkirlashib borishi, uning 

Toshkentga  safari  adabiyotlarda  alohida  qayd  etiladi.  Birinchi  safari  1887-88 

yillarga tо‘g‘ri kelib, bunda zamonasining olimi, iste’dodli shoiri Almaiy bilan yaqin 

munosabatda  bо‘lishi,  Nodim  Namangoniy  bilan  uchrashuvi,  shuningdek, 



Toshkentda yuz berayotgan о‘ziga xos о‘zgarishlar katta taassurot qoldirdi. Shu bois 

1892 va 1899 yillarda yana ikki marta safar qildi. 

Muqimiy ijodining uchinchi davri avvalgisidan jiddiy farq qilmaydi. 1902 yili 

Andijonda  yuz  bergan  zilzila  bois  yozilgan  54  misradan  iborat  «Tarixi  zilzilai 

Andijon  az  Mavlono  Muqimiy»  nomli  she’rida  rus  xalqi  va  madaniyatiga  ijobiy 

qaralganligi, madh etish uchun alohida kо‘rsatiladi. 1903 yil 15 yanvar «Turkiston 

viloyati»  gazetasida  bosilgan  «Kо‘r  Ashurboy  Xoji»  satirik  she’ri  ham  ijodiiing 

sо‘nggi namunasi deb qaraladi. 

Muqimiy  she’riyatining  asosini  muhabbat  mavzusi  tashkil  etadi.  Albatta,  bu 

mavzu qadimiy, ammo bu har bir shoir ijodida о‘ziga xos mazmun-mohiyat kasb 

etadi. Muhabbat mavzusida she’r bitmoq ana shu munosabatlarni izhor etmoq emas, 

aksincha,  muhabbat  insoniy  fazilatlarning  ifodasi  sifatida  qaralmog‘i  kerak.  Shu 

ma’noda  Muqimiy  she’riyati  ham  insonning  istaklari,  armonlari,  kurashlari, 

kechinmalari,  sevinch  va  alamlarini  о‘zida  aks  ettiradi.  Yana  bir  jihati  shundaki, 

inson  bilan  bog‘liq  aks  ettiradi.  Yana  bir  jihati  shundaki,  inson  bilan  bog‘liq  bu 

holatlar Muqimiy she’riyatida juda ravon xalqona bir ohangda bitilganki, bu shoir 

she’lari  xalq  orasida  tez  va  keng  yoyilishga,  hofizlar  tizmiga  tushishiga  sabab 

bо‘lgan. 




Download 209,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish