Furqat va muqimiy hayoti va ijodi


ZOKIRJON FURQAT HAYOTI VA IJODIY MEROSI



Download 209,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana19.06.2021
Hajmi209,78 Kb.
#70597
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
8 маъруза матни

          ZOKIRJON FURQAT HAYOTI VA IJODIY MEROSI 

О‘z  davrining  ziyoliysi,  yetuk  shoiri  va  ma’rifat  targ‘ibotchilaridan  biri 

Furqatdir. Furqatning shaxsiga, ijodiy faoliyatiga qiziqish va uni о‘rganish shoirning 

hayot vaqtidayoq boshlangan edi. Bu hol uning  asarlarini tо‘plash va ularni nashr 

etish borasida ayniqsa ochiq seziladi va bu bir-biridan farq qilib turuvchi ikki muhim 

jihatga ham egadir. Birinchidan, 1870 yildan boshlab chiqa boshlagan «Turkiston 

viloyatining  gazeti»  sahifalari  bо‘lsa,  ikkinchidan,  turli  xildagi  qо‘lyozma 

bayozlardir. «Turkiston viloyatining gazeti» 1889 yildan boshlab Furqat asarlarini 

va  tarjimai  holiga  tegishli  ma’lumotlarni  bera  boshlaydi.  1890  yil  17  aprelida 

«Zokirjon Furqatning she’rlari» sarlavhasi bilan hozirda «Gimnaziya» nomi bilan 

ataladigan  she’ri bosiladi.  Shu yilning  may  oyida  yuqoridagi  sarlavha  bilan  «Ilm 

xosiyati»,  «Telegraf  bayonotida»,  iyul  oyida  «Akt  majlisi  xususida»,  «Toshkent 

shahrida  bо‘lg‘on  nag‘ma  bazmi  xususida»,  dekabr  oyida  «Suvorov»  (Toshkent 

shahridagi teatr imoratida bо‘lg‘on о‘yun xususida) poemasi bosiladi. 1891 yilning 

yanvaridan  boshlab gazetaning  14  sonida  «Hо‘qandlik  shoir Zokirjon  Furqatning 

ahvoloti, о‘zi yozg‘oni» (Furqatnoma) nomi bilan shoir tarjimai holini batafsil e’lon 

qiladi. Ayni paytda Furqat bu gazetaning doimiy mualliflaridan biriga aylangan edi. 

Biroq yuqorida о‘ziga xos jihatga ham ega deganimizning boisi shundaki, bu 

gazetaning sahifalarida shoirning faqatgina rus hayoti, fani, texnikasi tasvirlangan, 

ruslashtirish siyosatiga xizmat qilishi mumkin bо‘lgan ulug‘lovchi asarlari bosilgan. 




Lirik  she’rlari  –  muhabbat  tabiatni  kuylovchi  va  muxammaslariga  deyarli  о‘rin 

berilmagan.  Bu  asarlari  turli  xil  bayozlardan  о‘rin  olgan  bо‘lib,  shular  orqali 

bizgacha  yetib  kelgan.  Hozirda  Sharqshunoslik,  institutida  saqlanuvchi  «Devoni 

Muqimiy maa hajviyot» (1899), «Amug‘oni xislat» (1912), «Bayozi yangi» (1910), 

«Bayozi  Xaziniy»  (1911),  «Bayozi  Madhiy»  (1915)  kabilar  shu  jumladandir. 

Kо‘rinadiki,  bu  ishlarning  hammasi  shoir  ijodini  ommaga  tanishtirishdan  iborat 

bо‘lgan, xolos. 

Furqat  ijodini  ilmiy  asosda  о‘rganish,  ijodining  madaniyat  va  adabiyotimiz 

tarixidagi  о‘rnini  belgilash,  uning  iste’dodli  shoir  sifatida  baholashga  urinish  30-

yillardan boshlanadi. 1939 yilda «Guliston» jurnalida ilk bor asarlaridan namunalar 

bosilgan  bо‘lsa,  1940  yilda  X.Rasul  sо‘zboshi  bilan  kitobcha  holida  «Furqat 

she’rlari»ni nashr ettiradi. 1951 yilda «Tanlangan asarlar»i, 1954 yilda X.Rasulning 

«Zokirjon  Furqat  ijodi»,  «Furqat  ma’rifatparvar,  demokrat  shoir»  nomli  kitoblari 

nashr  etiladi.  Shundan  keyin  G‘.G‘ulom,  Shayxzoda,  S.Abdulla,  I.Mо‘miiov, 

V.Zohidov,  I.Sulton,  A.Qayumov  kabilar  turli  xildagi  ilmiy  tadqiqot  ishlar  olib 

borishgan. 

Zokirjon  Furqat  1858  yilda  Qо‘qon  shahrida  hunarmand  oilasida  dunyoga 

keladi. Uning otasi zamonasining peshqadam kishilaridan edi. Furqat boshlang‘ich 

ma’lumot  olgach,  о‘sha  zamonning  eski  usuldagi  maktablaridan  birida  о‘qiydi. 

Sо‘ngra Qо‘qon madrasalaridan birida о‘qiy boshlaydi. Biroq 1875 yilda avj olib 

ketgan urushlar tufayli madrasa yopiladi. Shundan keyin bо‘lg‘usi shoir bir necha 

yil  otasi  yonida  tirikchilik  bilan  shug‘ullanib,  mustaqil  mutolaa  qila  boshlaydi. 

Sо‘ngra  1878  yilda  yangi  Marg‘ilonga,  tog‘asi  yoniga  borib  bir  necha  yil  savdo 

ishlari  bilan  shug‘ullanadi.  Shuningdek,  u  yerda  о‘qituvchilik  qilgani  haqidagi 

ma’lumotlar ham manbalarda uchraydi. 

1880 yillarning boshlarida (1882) yana Qо‘qonga qaytadi, ilm va badiiy ijod 

bilan mashg‘ul bо‘ladi. Muqimiy, Zavqiy, Nisbat Muhayyir kabi ilg‘or fikrli shoirlar 

bilan doimiy aloqada bо‘ladi. 

1889  yilda  Marg‘ilondan  Qо‘qonga,  sо‘ngra  Xо‘jandga  borib,  iyun  oylarida 

Toshkentga keladi. Shoir ijodidagi «Tuf» radifli xarakterli bir g‘azali shu davrlarda 

yaratilgan va shoirni Qо‘qonni tark etishiga sabab bо‘lgan deb taxmin qilinadi. 

Toshkentda  Furqat  «Kо‘kaldosh»  madrasasidan  bir  hujra  olib  yashay 

boshlaydi. «Turkiston viloyati gazeti» orqali qisman tanish bо‘lgan shoir endi bu 

yerdagi  mavjud  hayot  bilan  bevosita  yaqindan  tanisha  boshladi.  Oradan  kо‘p 

о‘tmasdan  TVGning  xodimlari  uni  о‘rab  oladilar.  Unga  alohida  izzat-hurmat 

kо‘rsatadilar va uning obrо‘si va qalamidan targ‘ibotchilik ishlarida mumkin qadar 

kо‘proq  foydalanishga  harakat  qiladilar.  Aniqroq  qilib  aytadigan  bо‘lsak,  rus 

siyosatini xalq manfaatiga javob beradigan adolatli siyosat ekaniga avvalo, shoirni, 

shoir orqali xalqni ishontirishga intiladilar. Rus siyosatchilarining asl maqsaddarini 

butunicha anglab yetmagan Furqat va unga zamondosh ayrim ziyolilarning ijodida 

«madhiyalar» paydo bо‘ladi, bu ana shu intilishlarning natijasidir. 

Furqat ijodida uchraydigan: 




Download 209,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish