Furqat va muqimiy hayoti va ijodi



Download 209,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana19.06.2021
Hajmi209,78 Kb.
#70597
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
8 маъруза матни

IJODIY MEROSI 

Bizga  ma’lum  bо‘lgan  ijodiy  merosi  ham  she’riy,  ham  nasriy  asarlardan 

iboratdir.  Asosiy  qismini  esa  she’riy  asarlar  tashkil  qiladi.  Bular  ichida  g‘azal, 

muxammas,  musaddas  kabi  kichik  she’riy  janrlardan  tortib  о‘rtacha  hajmdagi 

syujetli  masnaviylar,  katta  epik  shakldagi  dostonlardan  iboratdir.  Uning  ijodiy 

merosini shakl va mazmunga qarab quyidagicha bо‘lib kо‘rsatish mumkin: 

1. Lirikasi. 

2. Ma’rifatparvarlik ruhidagi asarlari. 

Z. Dostonlari. 

4. Memuarlari. 

5. Publitsistikasi. 

b. Ilmiy asarlari. 

7. Badiiy tarjimalari. 

Furqat ijodiy merosining katta qismini she’riyati tashkil etadi. Bu she’riyatda 

klassik  adabiyotimizga  xos  g‘azal,  muxammas,  musaddas,  masnaviy  kabi 



janrlarning  ajoyib  yangi  namunalarini  о‘qiymiz.  Ular  zaminida  jonlanuvchi  lirik 

qahramon о‘ziga xos qiyofaga, qalb tо‘la orzularga ega, u eng avvalo, gо‘zal bir 

hayotni  orzu  qiladi.  Shu  gо‘zal  hayotning  gо‘zalliklaridan  lazzatlanishni  istaydi. 

«Istor  kо‘ngul», «Bahor ayyomida»,  «Fasli guldir» kabi bir qator she’rlarida ana 

shunday hayot gо‘zalliklariga nisbatan orzular kuylanadi. 

Ayni  yaaytda  sof  muhabbatni  qalbi  gо‘zal  insonning  fazilati,  qalb  tuyg‘ulari 

sifatida tarannum etib о‘ziga xos mahorat kо‘rsatadi. 

Furqat  gо‘zal  hayot  haqida  gapirar  ekan,  ozodlik  va  erk  masalasiga  alohida 

tо‘xtaladi. Qullik va haqsizlikka nafrat bilan qaraydi. «Sayding qо‘yaber sayyod» 

muxammasi  buning  yorqin  misolidir.  Yuksak  his-hayajon  bilan  yozilgan  bu 

muxammasning e’tiborli jihati shundaki, shoir sayyodga murojaat qilar ekan, unga 

yolbormaydi,  iltimos  qilmaydi,  aksincha,  saydning  tabiiy  va  qonuniy  huquqlarini 

poymol  etmaslikni  talab  etadi  va  shunday  qilish  zarurligini  uqtirmoqchi  bо‘ladi. 

Demak, bunda haqsizlikka nisbatan isyonkor bir ruh sezilib turadi. 

Gо‘zal hayotni orzu qilgan, ozoddik va erk istagan qahramon muhit qarshiligiga 

uchraydi. Natijada hasrat, nolish, imkoniyat motivlari ham paydo bо‘ladi. «Oh kim», 

«Dog‘men», «Umr xush о‘tmas» kabi g‘azallari shu jumladandir. 

Ma’rifatchilik  asarlarida  yorqin  sezilganidek,  о‘z  vatani  za  xalqini  sevgan, 

uning  taqdiriga  befarq  qaray  olmagan  shoir  oqibat  undan  yiroqda,  qumsash, 

sog‘inish dardida, Vatanga qaytish ilinjida umr о‘tkazishga majbur bо‘ldi. Bu shoir 

ijodida  alohida  о‘ziga  xos  «g‘urbat»  motivi  bо‘lib  ifoda  topdi.  Qator  g‘azallari, 

«Adashganman» kabi muxammaslari shunday kechinmalarni о‘zida aks ettiruvchi 

asarlardir. 

Furqat 


ijodida 

ma’rifatchilik 

alohida 

kо‘rinish 

sifatida 

xarakterlanadi.  Aslini  olganda,  «ma’rifatparvarlik»  adabiyotimizda  yangi  hodisa 

emas.  Bu  hodisaning  ildizlari  juda  qadimiy  tarixga  ega.  Shunday  bо‘lsa-da,  davr 

taqazosiga kо‘ra zamonaviy ilm, madaniyat va taraqqiyot g‘oyalari targ‘ibi ekanligi 

bilan ajralib turadi. 

Furqat  Toshkentda  mahalliy  xalqqa  anchayin  notanish  bо‘lgan  klub,  gazeta 

redaksiyasi,  bosmaxona,  teatr,  konsert,  kо‘rgazmalar,  ilmiy  о‘quv  muassasalarini 

borib kо‘radi. Bu sohalardagi afzalliklar, yutuqlar uni hayratga soladi. Ayni paytda 

bu yutuqlarning barchasi ilmdan ekanligiga ishonch hosil qiladi. О‘z xalqini ham 

shunday  yutuqlar  sohibi  bо‘lishini  orzu  qiladi.  Shu  bois  qoloqlik  va 

madaniyatsizlikni  qoralaydi,  xalqni  jaholat,  nodonlik,  asoratda  saqlagan  xonlar 

davrini  afsus  bilan tilga oladi. Ilm-ma’rifat, taraqqiyotga iitilish  zarurligini qayta-

qayta ta’kidlaydi. Xususan, «Gimnaziya»da: 


Download 209,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish