5. Dispozitivlik prinsipi deb, fuqarolik huquqi sub’ektlarning mustaqil, o‘z xohishlari va manfaatlariga muvofiq bo‘lgan xatti-harakat turlarini tanlashlari va amalga oshirishlariga aytiladi. Fuqarolik muomalasi ishtirokchilari aksariyat hollarda fuqarolik huquqiy munosabatlarga ko‘rinishni yoki ko‘rinmaslikni, qarshi taraf (kontragent)dan muayyan majburiyatlarni bajarishni talab qilish yoki qilmaslikni, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etish yoki murojaat etmaslikni va u kabi huquqlarni amalga oshirish yoki oshirmaslikni mustaqil hal qiladilar. Biroq bunda ularning o‘zlariga tegishli bo‘lgan fuqarolik huquqlarni amalga oshirishdan voz kechishi bu huquqlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi (FK 9-m. 2-q.). Tanlashning bunday erkinligi sub’ektlarning o‘z maqsadlariga erishishlarida tashabbuskorlikni nazarda tutadi va qo‘llab-quvatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |