2. YUridik tenglik prinsipi fuqarolik huquqi munosabati ishtirokchilarining huquqiy holati (maqomi) ni e’tirof etadi. Ular bir–biriga nisbatan ma’muriy-buyruqbozlik, qaramlik munosabatida bo‘lmasdan, balki o‘zaro teng huquqlilik aloqalarini o‘rnatadilar, barchalari uchun bir hil imkoniyatlar yaratuvchi umumiy fuqarolik huquqi normalari asosida harakat qiladilar. Ayni paytda mazkur prinsip tovar almashuvini mulkiy munosabatlar jarayonida sub’ektlarning tengligini yuridik jihatdan ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda yuridik tenglik prinsipida qisman chekinishga ham yo‘l qo‘yiladi. Xususan, fuqarolik qonunchiligi doimiy tadbirkorlik faoliyati sifatida (professional) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun bir muncha qat’iy talablar o‘rnatilishi va aksincha, iste’molchi fuqarolarga imtiyozlar berilishi mumkin (FK 358-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |