4. SHartnoma erkinligi prinsipi. Ushbu prinsip ham mulkni muomala rivoji uchun asosiy va muhim ahamiyatga ega. Fuqarolik kodeksining 1 va 354-moddalarida «shartnomaning erkinligi», «shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmasligi», «qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani tuzish mumkinligi», «shartnoma shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanishi» kabi bir qator qoidalar e’tirof etilgan. Fuqarolik huquqi sub’ektlari shartnoma tuzishda erkindirlar (FK ning 354-m., 1-q.). Ayni paytda mazkur prinsipning amal qilinishida ba’zi istisnolar bo‘lishi mumkin. Fuqarolik kodeksida, xususan, kredit tashkilotining mijoz taklifi bilan bank omonati yoki bank hisob varag‘i shartnomasini tuzish haqidagi taklifini rad etishga haqli emasligi nazarda tutilgan (759-m., 3-q. va 3-4q.). Bundan tashqari, ayrim hollarda, shartnomaning ba’zi shartlarining mazmuni qonun bilan belgilangan bo‘lishi mumkin. Lekin umumiy qoidaga ko‘ra, shartnoma shartlari faqat taraflarning kelishuviga asosan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |