Fuqarolik sudlarida buyruq tartibida ish yuritish


)sirtdan ish yuritish haqidagi ajrim



Download 29,25 Kb.
bet3/4
Sana21.03.2023
Hajmi29,25 Kb.
#920510
1   2   3   4
Bog'liq
buyruq tartibida ish yuritish va sirtdan ish yuritish

1)sirtdan ish yuritish haqidagi ajrim;
2)sirtdan hal qiluv qarori;
3)sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi ariza;
4)sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirmay qoldirish to‘g‘risidagi ajrim;
5)sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni avvalgi tarkibdagi sud tomonidan ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risidagi ajrim;
6)sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni boshqa tarkibdagi sud tomonidan ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risidagi ajrim;
7)sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi apellyatsiya shikoyati;
8)sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi apellyatsiya protesti;
9)sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi kassatsiya shikoyati;
10)sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi kassatsiya protesti;
11) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi nazorat protest.
Shuningdek, sud sirtdan ish ko‘rish jarayonida ishda ishtirok qilmayotgan javobgar manfaatlariga ta’sir ko‘rsatmaydigan, ammo ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan protsessual harakatlarni amalga oshirib, bu haqda ajrim chiqarishi mumkin.
Sudning sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori
Sudning sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori nizolashayotgan taraflarning shaxsiy huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanayotgan manfaatlarini himoya qilishning muhim hujjati hisoblanadi. Bu esa sudlarga sirtdan hal qiluv qarorini qabul qilish masalasiga alohida mas’uliyat va e’tibor bilan yondashish lozimligi majburiyatini yuklaydi. FPKning 18- moddasiga ko‘ra, barcha sud qarorlari kabi sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorlari ham qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi lozim. Hal qiluv qarorini o‘qib eshittirishda sud, uning sirtdan chiqarilganligiga asosiy e’tiborni qaratmog‘i darkor. Fuqarolik ishlarini sirtdan ko‘rib hal qilayotgan sudlar ko‘pincha ushbu hal qiluv qarorlarining chiqarilish tartibini belgilovchi birin-ketinlikka amal qilmasliklari holati sud amaliyotida ro‘y bermoqda. O‘z navbatida hal qiluv qarorini chiqarishda FPKning 206-moddasida aks ettirilgan birin-ketinlikka rioya qilmaslik holatlari sirtdan chiqarilgan sud hal qiluv qarorining tushunarsiz bo‘lishiga va hatto, yuqori sudlar tomonidan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida bekor qilinishiga asos bo‘lmoqda.
Birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qiladigan qarori hal qiluv qarori shaklida chiqariladi. Sud hal qiluv qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi. Sudning hal qiluv qarori ish ko‘rib bo‘linganidan so‘ng darhol chiqariladi. Alohida hollarda juda murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash ko‘pi bilan uch kunga kechiktirilishi mumkin, lekin sud ishni ko‘rish tamomlangan majlisning o‘zidayoq hal qiluv qarorining xulosa qismini e’lon qilishi kerak. Ayni bir vaqtda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishlari mumkinligini e’lon qiladi. Hal qiluv qarorining e’lon qilingan xulosa qismi sudya (sudyalar) tomonidan imzolanadi va ishga qo‘shib qo‘yiladi (FPKning 203-moddasi). Hal qiluv qarori sudya tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi, yozma ravishda tuziladi va sudya tomonidan imzolanadi.
Hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida boshqa shaxslarning hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi (FPKning 204-moddasi). Sud hal qiluv qarorini chiqarayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlar aniqlanganligini, qandaylari aniqlanmaganligini, bu ishga nisbatan qanday qonun qo‘llanilishi lozimligini va arz qilingan talabni qanoatlantirish lozimligi yoki lozim emasligini aniqlaydi. Sud, shuningdek, sud xarajatlarini taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro etish tartibi va muddatini belgilaydi, boshqa qo‘shimcha masalalarni hal etadi. Agar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur bo‘lib qolsa, sud hal qiluv qarorini chiqarmasdan, ishni sudda ko‘rishni tiklaydi va bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud ishni faqat qo‘shimcha tekshirishga muhtoj holatlar doirasidagina ko‘radi (FPKning 205-moddasi). FPKning 206-moddasida hal qiluv qarorining mazmuni ko‘rsatilib, unga ko‘ra, hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarorining chiqarilgan vaqti va joyi, hal qiluv qarorini chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar hamda nizo predmeti ko‘rsatiladi. Shuningdek, hal qiluv qarorining boshida “Sirtdan” degan jumla ishlatiladi. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining bayon qismida javobgarning e’tirozlari mavjud bo‘lmaydi. Agar ishda javobgarning tushuntirishlari mavjud bo‘lsa, u qatnashmagan holda ushbu tushuntirishlar va e’tirozlar tahlil etilganligi, albatta, belgilab qo‘yilishi lozim bo‘ladi. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida, umumiy asoslarda chiqarilgan sud hal qiluv qarorlaridan farqli ravishda javobgarning tushuntirish va e’tirozlarini aks ettiruvchi holatlar va ushbu holatlarni tasdiqlovchi dalillar berilmaydi, chunki sud bunday ma’lumotga ega bo‘lmaydi, jumladan hal qiluv qarorining ushbu qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, ishning holatlari to‘g‘risidagi sud xulosalariga asos bo‘lgan dalillar, sud u yoki bu dalilni rad qilishda asoslangan xulosalari, shuningdek, nizoli munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq me’yorlari (fuqarolik, oila, yer, mehnat, uy-joy to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar) keltirilmog‘i, qonunning nomi, moddasi, bandi hamda protsessual huquq me’yorlari ko‘rsatilmog‘i lozim. Zarur holatlarda, sud O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining tegishli qarorlarini ham qo‘llashi lozim bo‘ladi. Hal qiluv qarorining xulosa qismida taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi to‘liq keltirilishi, da’vo talablarini qanoatlantirilganligi (to‘liq yoki qisman) haqidagi sudning qisqa va aniq xulosasi aks ettirilishi lozim. Shuningdek, sud xarajatlarining taqsimlanishi, sirtdan hal qiluv qarori ustidan shikoyat va protest keltirish muddati va tartibi aniq ko‘rsatilishi lozim.

XULOSA
Yuqoridagilarga ko‘ra xulosa qiladigan bo‘lsak, hozir fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda sudyalarning ish yuklamalarini kamaytirish, sudlarda ishlarni soddalashgan tartibda hal etish tizimini takomillashtirish maqsadida fuqarolik protsessual qonunchiligida sud buyrug‘i chiqarish asoslari ro‘yxatini kengaytirish lozim deb o‘ylaymiz.
Sirtdan hal qiluv qarorini chiqarish uchun ikki shart vujudga kelgan bo'lishi talab qilinadi. Birinchidan, javobgar qonunda belgi­langan tartibda sud majlisida ko'riladigan ish haqida xabardor qilingan bo'lishi va bu haqda ishda tegishli ma'lumot bo'lishi talab qilinadi. Bunday talab FPKning 224-moddasida berilgan, bu qoidaga ko'ra, sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, da'vogar e'tiroz bildirmasa, ish sirtdan ish yuritish tartibida ko'rilishi mumkin. Ishni bunday tartibda ko'rish haqida sud ajrim chiqaradi. Javobgar tegishli tartibda xabardor qilinganligi haqida ishda ma'lumot bo'lishi lozim. Sud majlisiga barcha javobgarlar kelmagan taqdirda, ish sirtdan ish yuritisfi tartibida ko'rilishi mumkin. Demak, bu qoida-ning mazmuniga ko'ra, sudya qanday sabablarga asosan javobgar sud majlisiga kelmaganlik sabablarini aniqlashi lozim, chunki bu masalalarni aniqlash sirtdan ish ko'rib, hal qiluv qarorini chiqarish uchun bog'liq bo'ladigan holatlardan biri hisoblanadi.


Download 29,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish