70
so’rovlar jamoatchilik nazoratini shakllantiradi va aksilijtimoiy
xarakterga ega
bo’lgan xatti-harakatlarni tartibga soladi[14; 16-б.].
Boshqa bir amerikalik sotsiolog Charlz Kuley (Charles Horton Cooley) ham
mazkur fikrni davom ettirgan holda, jamiyatdagi illatlarni bartaraf etishda
jamoatchilik nazorati muhim o’rin tutishi, mavjud
huquqbuzarliklarning oldini
olishda u samarali xizmat qilishini ta’kidlaydi. Bu hodisa jamiyatda o’ziga xos
raqobat muhitini vujudga keltirishi bilan birga, o’ziga xos tarzda ijtimoiy vijdonni
shakllantirishga ham xizmat qiladi. Ayni vaqtda, jamoatchilik nazoratini amalga
oshirishda davlatning roli ham juda muhimligini esda tutish lozim.
Garchi asosiy
nazorat obyekti davlat bo’lishiga qaramasdan, davlat umummilliy manfaat nuqtai
nazaridan jamoatchilik nazoratiga yo’l bermasa, uning samara berishi qiyin. Qudratli
milliy yetakchilar rahbarlik qilayotgan ba’zi
mamlakatlarda jamoatchilik
nazoratining samaradorligini ta’minlaydigan omil aynan davlat rahbaridir. Bu
borada amerikalik antropolog Rut Benedikt (Ruth Benedict) shunday yozadi:
“Yakuniy jamoatchilik nazoratini kishilarning o’zlariga tashlab qo’yishning o’zi
kishilarga erkin hayot kechirishlari uchun kafolat bo’la olmaydi. O’zlarini erkin,
demokratik jamiyatda his etayotgan, ammo kuchli yetakchi yoki qirolga ega bo’lgan
jamiyatlar barcha fuqarolar uchun umumiy bo’lgan ba’zi erkinliklarni
kafolatlashdek umumiy xususiyatga ega”[13; 49-б.].
Ba’zi olimlar jamoatchilik nazorati borasida suiiste’molchilikka yo’l
qo’yilishini misol keltirishadi. Jumladan, taniqli amerikalik olim S.Xantington
AQShda qurolli kuchlar ustidan fuqarolik nazorati o’rnatish
masalasida doimo
Kongress va Prezident o’rtasidagi munozaraga e’tibor qaratadi. Prezident
jamoatchilik nazoratini Prezident nazorati bilan tenglashtiradi va Kongressda
a’zolarning ko’pligi qurolli kuchlar ustidan o’rnatiladigan
nazoratning
samarasizligiga olib kelishini ro’kach qiladi. Kongress esa, o’z navbatida, bu fikrga
qarshi chiqib, Prezident harbiy maslahatchilarga tobe ekanligini ta’kidlagan holda,
o’zini Prezidentdan ko’ra xalqqa yaqin “his” etadi va jamoatchilik nazoratini
kongress nazorati bilan tenglashtiradi.
71
Yuqoridagi ta’riflarga asoslangan holda, vakolatli
fuqarolik institutlari
tomonidan davlat hokimiyati organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash
maqsadida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazoratni davlat hokimiyati ustidan
jamoatchilik nazorati sifatida tushunish mumkin. Ya’ni, jamoatchilik nazorati
fuqarolar va fuqarolik jamiyati vakolatli institutlarining tizimli faoliyati bo’lib, u
davlat boshqaruv organlari faoliyatining me’yoriy-huquqiy
mezonlarga mosligini
belgilash, yuzaga kelgan qonunbuzarlik holatlarini davlatning tegishli organlariga
murojaat qilish orqali yoki jamoatchilik fikriga tayangan holda bartaraf etishdan
iborat.
Davlat organlari ustidan amalga oshiriladigan
jamoatchilik nazoratining
umumiy jihatlari quyidagilar:
– hokimiyat tomonidan joriy etilmaydi;
– huquqiy ko’rinishda yoki majburiy xususiyatga ega emas;
– davlat boshqaruvi organlari jamoatchilik nazorati subyekti bo’la olmaydi;
– jamiyat va fuqarolar nomidan amalga oshiriladi[17; 48-б.].
Jamoatchilik nazoratining o’ziga xos jihatlariga quyidagilarni ko’rsatish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: