72
Jamoatchilik nazorati ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida:
oilaviy
munosabatlar, madaniyat, an’analar, axloqiy munosabatlar, shuningdek,
davlat
hokimiyatini shakllantirish va amalga oshirish jarayonida amal qilishi mumkin.
Jamoatchilik nazoratining bunday turi ko’p jihatlari bilan boshqalaridan farq qiladi.
Jumladan, jamoatchilik nazorati o’z funksional vazifasi, amalga oshirilish shakli,
ijtimoiy-huquqiy tabiati bilan davlat nazoratidan farq qiladi.
Jamoatchilik nazorati organlari o’zlariga bevosita berilgan alohida vakolatga
ega emas. Ular, odatda, davlat organlari orqali yoki ijtimoiy fikrga tayangan holda
harakat qilishadi. Bu jamoatchilik nazorati subyektlari ham huquqiy, ham ijtimoiy
nazorat mexanizmlaridan teng ma’noda foydalanishlari mumkinligini ifoda etadi.
Dastlabki holatda jamoatchilik nazorati subyektlari davlat organlari yoki mansabdor
shaxslar tomonidan yo’l qo’yilgan qonunbuzarlik aniqlangan taqdirda huquqiy
mexanizmlardan foydalanadi.
Muxtasar qilib aytganda Davlat nazorati va jamoatchilik o’rtasidagi o’zaro
chambarchas aloqadorlik nazoratning bu ikki turi bir-birining o’rnini
egallay
olmasligini ko’rsatadi, ayni vaqtda, nazoratning yagona maqsadi yo’lida o’zaro
ta’sirlashishni ta’minlaydi. Ushbu aloqadorlik davlat hokimiyati, uning markaziy
idorasi va fuqarolar o’rtasidagi nizolarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Davlat
organlari o’z faoliyatida ko’pincha jamoatchilik nazorati
subyektlari tomonidan
berilgan ma’lumotlardan foydalansa, jamoatchilik nazorati o’z vazifasini davlatning
tegishli organlariga murojaat etish orqali bajaradi. Davlat va jamoatchilik nazorati
o’rtasidagi o’zaro hamjihatlik jamiyat va hokimiyatga davlat boshqaruvi sohasida
mavjud bo’lgan va yechimini kutayotgan ziddiyatlar to’g’risida obyektiv ma’lumot
olishga hamda ularning maqbul yechimini topishga xizmat qiladi. Bu esa fuqarolik
jamiyati va demokratik davlatchilikning ehtiyojlariga javob beradigan davlat
organlari tizimini rivojlantirishning yangi yo’llarini izlab topish va mavjudlarini
takomillashtirishga yordam beradi.
73
Mamlakatni
boshqarish
tizimini
demokratlashtirishning muhim mexanizmlaridan
biri bu davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari
faoliyatining
ochiqligini
ta’minlashdir. Bu jarayonning huquqiy asosi
Konstitutsiyamiz va “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi to’g’risida”gi qonunda mustahkamlab qo’yilgan. Ushbu hujjatlarda ular
faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan qoidalar belgilab berilgan.
Ayniqsa, 2014 yili qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi qonun bilan axborotdan foydalanuvchilarning
ijtimoiy ahamiyatga molik axborotlardan foydalanishi
kafolatlangan, unda faoliyat
ochiqligini ta’minlashning shakl va uslublari, davlat organlari va jamiyat o’rtasidagi
o’zaro axborot almashishning aniq mexanizmlari ko’rsatilgan.
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi to’g’risida”gi
Qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad:
Do'stlaringiz bilan baham: