75
huquq va erkinliklari tenglik asosida vujudga kelib, ular bir xil huquqiy maqomga
ega bo’ladilar.
O’zbekistonda ijtimoiy sheriklikni davlat va “uchinchi sektor” o’rtasidagi
hamkorlikning yangi shakli sifatida e’tirof etilishini
jamiyat hayotida nodavlat
notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolining yuksalib
borayotganligi, ularning davlat organlari bilan o’zaro hamkorligiga ehtiyoj ortib
borayotganligi bilan izohlash mumkin. Hozirgi kunga kelib nodavlat tashkilotlari
ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy sohada davlat va uning organlari bilan teng huquqli
hamkorlikka kirisha oladigan subyekt darajasiga chiqib bormoqda.
Ijtimoiy sheriklik tomonlarining qonuniy manfaatlari muzokaralar jarayonida
muvofiqlashtiriladi, bunda mehnat sharoitlari va mehnatga haq to’lash,
xodimlarning ijtimoiy himoyasi va boshqa kafolatlar hamda ularning korxona
faoliyatidagi roli va boshqa hayotiy muhim masalalar o’zaro kelishib olinadi.
Ijtimoiy sheriklikning eng muhim natijasi –
uning jamiyatda ijtimoiy
kelishuvga asoslangan tinch-totuv hayotni ta’minlashga qaratilganligidadir. Shu
jihatdan olganda, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etish va adolatli
fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ijtimoiy sheriklikning tashkiliy-
huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda fuqarolik jamiyati institutlarining jamiyat
hayotidagi o’rni va rolini yanada oshirish masalalari muhim vazifalardan biri bo’lib
hisoblanadi. Zero, ushbu institutlar “kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati”ga
o’tishda o’ziga xos ko’prik vazifasini o’taydilar[42; 15-б.].
Ijtimoiy sheriklikning ahamiyati shundaki, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish,
mamlakatimiz
aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda
nodavlat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o’zaro
munosabatlarini
kuchaytirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy sheriklikdan uning barcha subyektlari,
xususan, davlat, nodavlat notijorat va tijorat sektori birdek manfaatdordir. Davlat
sheriklik
orqali muayyan, ayniqsa, mahalliy ahamiyatga ega dasturlar ijrosini
ta’minlashda kam kuch sarflab, yuqori samaraga erishishi mumkin.
76
O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik tizimida ijtimoiy sheriklikka oid
munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan 50 dan ortiq huquqiy me’yorlar
mavjud. Ular 10 dan ortiq amaldagi qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy
hujjatlarda o’z ifodasini topgan. Ular jumlasiga O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi (1992 yilda 8 dekabr), O’zbekiston
Respublikasi Mehnat kodeksi
(1995 yil 21 dekabr) va “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi (1991 yil 15 fevral),
“Kasaba uyushmalari, uning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi
(1992 yil 2 iyul), “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi
(1993 yil 6 may), “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi
(1993 yil 2 sentyabr), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi (1999 yil 14
aprel), “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi (2000 yil 14 dekabr), “Nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g’risida” (2007 yil 3 yanvar)
O’zbekiston Respublikasi qonunlarini kiritish mumkin.
Xulosa qilib aytganda “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da
ilgari
surilgan takliflar asosida 2014 yil 25 sentyabrda “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi
Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunda ijtimoiy sheriklikning tashkiliy, huquqiy,
institutsional, moliyaviy jihatlari o’z ifodasini topgan. Navbatdagi muhim masala
ushbu Qonunning amalga samarali tatbiq etishdir. U
orqali davlat va fuqarolik
jamiyati institutlari o’rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko’tarishga
erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: