Fuqarolik huquqi savollar javoblar



Download 205,45 Kb.
bet40/44
Sana24.02.2022
Hajmi205,45 Kb.
#247133
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
fuqarolik huquqi18

birinchidan, bu shartnoma sonsensual, ya’ni taraflar o'rtasida o'zaro
kelishuvga erishilgan va shartnomada tuzilgan paytdan boshlab taraflarda
huquq va burchlarni vujudga kelt.iradigan shartnomalar guruhiga
mansabdir;
ikkinchidan, haq baravariga tuziladigan shartnomadir;
uchinchidan, qurilishga oid pudrat shartnomasi har ikki taraf uchun
ham muayyan va burchlar belgilaydigan ikki tomonlama shartnoma
hisoblanadi. Shartnomaning subyektlari sifatida buyurtmachi va pudratchi
ishtirok etadi. Buyurtmachi sifatida har qanday jismoniy va yuridik
shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, asosiy buyurtmachilar
teg ish li o b y ek tn in g lozim d a ra ja d a q u rilish in i, t a ’m irlan ish in i,
jihozlanishini ta ’minlash uchun zaruriyat tug'ilganda o'zining barcha
huquqlarini boshqa shaxslarga o'tkazishlari mumkin. Buning uchun ular
mazkur shaxslarga tegishli tarzda vakolat berishlari shart bo'ladi Masalan,
davlat o'z ehtiyojlari uchun quriladigan obyektlarning belgilangan muddatda qurib topshirilishi va ekspluatatsiya qiliishini to‘g‘ri ta ’minlash
maqsadida ma’lum bir vazirlik, agentlik yoki muassasaga o'z vakolatini
berishi mumkin. Bunday tarzd a vakolatini o'tzkazishga fuqarolik
huquqining barcha subyektlari ham haqlidirlar.
Shartnomaning ikkinchi tomoni hisoblangan pudratchi sifatida
bunday harakatlarni amalga oshirish huquqiga tegishli tarzda mutasaddi
tashkilotlardan maxsus litsenziya olgan, tadbirkorlik faoliyati bilan
shug'ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish
va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to'g'risida” gi O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-sentabrdagi 186-sonli qarori'ga
asosan litsenziyalar kamida 5 yil muddatga berilishi nazarda tutilgan
bo'lib, ta ’mirlash qurilish-montaj ishlariga litsenziyani Davlat arxitektura
va qurilish qo'mitasi tomonidan beriladi.
176. Loyiha va qidiruv ishlari loyihasi shartnomasi nima maqsadda tuziladi? Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi o'zining predmetiga
ko'ra pudrat shartnomalarining mustaqil turi hisoblanadi.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi o'zining mohiyatiga ko'ra
qurilish shartnomasi bilan uzviy bog'liq hisoblanadi, chunki loyiha va (qidiruv
ishlari pudrati shartnomasi bo'yicha pudratchi loyihalovchi, qidiruvchi)
buyurtmachining topshirig'i bo'yicha shamomada belgilangan muddatda loyihasmeta
hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini,
buyurtmachi esa uni qabul qilib olish va haq to'lash majburiyatini oladi
(FKning 686-moddasi). Bu shartnoma ko'p hollarda qurilish pudrati shartnomasi
tuzilishidan oldin tuziladi Ba’zi hollarda loyiha va qidiruv ishlari pudrati va qurilish pudrati shartnomasi bo'yicha pudratchi bo'lib bir shaxs ishtirok etishi
ham mumkin. Bunda qurilish pudrati shartnomasini tuzishda taraflardan
biri-pudratchi yoki buyurtmachi zimmasiga kelishilgan muddatda qurilishning
loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash va ikkinchi tomonga tanishib chiqish va
tasdiqlash uchun taqdim qiladi Odatda loyihalash va qidiruv ishlari tegishli
obyektni qurishga nisbatan murakkab va alohida malaka hamda bilim talab
qilganligi uchun bunday faoliyat bilan maxsus muassasalar shug'ullanadilar.
177. Fuqarolik-huquqiy shartnomalar tizimida ilmiy-tekshirish, tajriba-konstrutorlik va texnologiya ishlari pudrati (ITTKTP) shartnomasining ahamiyati nimada? FKning 693-moddasiga muvofiq, ilmiy-tekshirish ishlari pudrat
shartnomasi bo'yicha pudratchi (ijrochi) buyurtmachi bergan vazifada
ko'rsatilgan ilmiy tekshirishlarni amalga oshirish, tajriba-konstruktorlik
va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi bo'yicha esa - yangi buyum
namunasini, unga tegishli konstruktorlik hujjatlarini, yangi texnologiyani
ishlab chiqish yoki namuna nusxasini tayyorlash majburiyatini oladi. Bunda
buyurtmachi pudratchiga (ijrochiga) texnikaviy topshiriq berish, ishni
qabul qilib olish va uning haqini to'lash majburiyatini oladi. Mazkur shartnomada bir vaqtning o'zida bir-biridan farq qiluvchi,
lekin muayyan umumiylikka ega bo'lgan bir necha faoliyat turi va u
asosida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar ko'rsatib o'tilgan. Ya’ni:
- ilmiy-tekshirish ishlari;
- tajriba-konstrutorlik ishlari;
- texnologiya ishlari.
Fuqarolik qonunchiligida faoliyat mazkur turlarining tushunchasi
berilmagan. Biroq, ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik, texnologiya,
ilmiy-tadiqoqot faoliyatiga quyidagicha ta ’rif berish mumkin:
ilmiy (ilmiy-tadqiqot) faoliyat - yangi bilimlar yaratishga va ularni
tatbiq etishga yo'naltirilgan faoliyat bo'lib, ular jumlasiga:
- fundamental ilmiy tadqiqotlar - inson, jamiyat va atrof tabiiy
muhitning tuzilishi, amal qilish va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari
to'g'risidagi yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan eksperimental va
nazariy faoliyat;
- amaliy ilmiy tadqiqotlar — amaliy maqsadlarga erishish va aniq
amaliy vazifalar yechimini topish bo'yicha eng maqbul, yangi bilimlarni
qo'llashga qaratilgan faoliyat.
Ilmiy-texnikaviy faoliyat - texnologik, injenerlik, iqtisodiy, ijtimoiy,
insonparvarlik va boshqa muammolarning yechimini topish, fan, texnika
va ishlab chiqarishni yagona tizim sifatida amal qilishini ta’minlash bo'yicha
yangi bilimlarni yaratish va qo'llashga qaratilgan faoliyat.
ITTKTP shartnomasi o'zning huquqiy tabiatiga ko'ra, ikki tomonlama,
konsensual va haq baravariga tuziladigan shartnoma hisoblanadi.
ITTKTP shartnomasini tartibga solishda intellektual mulk huquqi
qoidalari qo'llaniladi. Zero, mazkur shartnoma asosida pudratchi amalga
oshirayotgan ishlar ilmiy-ijodiy faoliyat hisoblanadi, yaratilgan natijalar
esa aksiriyat hollarda intellektual mulk obyektlari jumlasiga kiradi. FKning
702-moddasiga muvofiq, ilmiy-tekshirish ishlari yoxud ta jrib a -
konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomalari asosidagi munosabatlar
FK bilan bir qa to rd a , ilmiy-tekshirish, tajrib a-k o n stru k to rlik va
texnologiya ishlari shartnomalari to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan ham
tartibga solinadi.
Ushbu shartnomada pudratchi sifatida odatda ilmiy-tekshirish
institutlari, universitet va institutlar, tajriba-konstruktorlik, ixtirochilik
byurolari, ilmiy xodimlar, muayyan bilim va malakaga ega bo'lgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Hozirgi kunda mamlakatimizda ilmiytadqiqot
ishlari asosan O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
qoshidagi ilmiy-tekshirish institutlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga Fanlar akademiyasi, uning tasarrufidagi tashkilotlar va
muassasalar amaldagi qonunchilik asosida aksiyadorlik jamiyatlari va
boshqa xo'jalik jamiyatlari va shirkatlaming muassislari bo'lish huquqiga
egadirlar (O'zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi Ustavining 66-
bandi).
178. Ijara shartnomasini tuzishdan maqsad nima? Hozirgi bozor munosabatlariga o'tish sharoitida mulk ijarasi bilan bog'liq
munosabatlar tobora rivojlanib, uning ko'lami yanada kengayib bormoqda.
Lekin ijara bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida kelib chiqadigan
butunlay yangi huquqiy munosabat emas, albatta. Ijara mamlakatimizda
ilgari ham mavjud bo'lgan va u tegishli qonun-qoidalar bilan tartibga
solib turilgan edi. Ammo bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayoni mulk ijarasi
bilan bog'liq munosabatlarning yanada kengayishiga sabab bo'ldi.
Endilikda ijara, ijarachi va ijaraga beruvchi degan so'zlar va tushunchalar
k u n d a lik tu rm u sh im iz d a ken g q o 'lla n ilm o q d a , ch u n k i ija ra
turmushimizning hamma sohalariga tobora chuqur kirib bormoqda.
Ijara bu mulk egasining ishlab chiqarish vositalari va boshqa
buyumlarini muayyan to'lovlar evaziga vaqtincha foydalanish uchun
boshqa birovga o'zaro kelishuviga muvofiq topshirishdir. Mulk egasi (ijara
beruvchi) o'z mulkini boshqa birovga (ijarachiga) vaqtincha egalik qilish
yoki foydalanish uchun beradi.
Ijara munosabatlarini ijaraga beruvchi ijaraga olingan ishlab chiqarish
vositalarining mulkdori bo'lib qolaveradi. Ijarachi esa shartnomada
ko'rsatilgan muddat davomida mulkdorning ba’zi huquqlarini oladi va
buning uchun ijara haqini to'laydi. Shu bilan birga, ijarachi ijara faoliyati
davomida ishlab chiqarish vositalarining vaqtincha egasi, olingan mahsulot
va daromadlaming esa mustaqil egasi hisoblanadi.
179. Ijara shartnomasining shakli qanday? 539-модда. Мулк ижараси шартномасининг шакли
Мулк ижараси шартномаси бир йилдан ортиқ муддатга мўлжалланган бўлса, тарафлардан биронтаси юридик шахс бўлган ҳолларда эса, муддатидан қатъи назар, ёзма шаклда тузилиши шарт.
Кўчмас мулк ижараси шартномаси давлат рўйхатидан ўтказилиши лозим.
Мулк ҳуқуқининг келгусида ижарачига ўтишини назарда тутувчи мулк ижараси шартномаси, бундай мулкнинг олди-сотди шартномаси учун назарда тутилган шаклда тузилади.
180. Ijara shartnomasini bekor qilish uchun qanday asoslar mavjud? Mulk ijarasi shartnomasi shartnoma muddati tugab, ijara mulki
qaytarilishi bilan bekor bo'ladi. Ayrim hollarda shartnoma ijaraga
beruvchining talabi bilan ham ijaraga oluvchining talabi bilan ham bekor
bo'lishi mumkin. Jumladan, Fuqarolik Kodeksining 551-moddasida
belgilanganidek, mulk ijarasi shartnomasi ijaraga beruvchining talabi
bilan sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar
ijaraga oluvchi:
-ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramasdan molmulkdan
shartnoma shartlarini yoki mol-mulkning vazifalarini jiddiy
ravishda buzgan yoxud bir necha marta buzgan holda foydalansa;
-mol-mulkni jiddiy yomonlashtirsa;
-shartnomada belgilangan to'lov muddatini ketma-ket ikki martadan
ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to'lamasa;
-qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq kapital ta ’mirlash
ishlarini bajarish ijaraga oluvchi zimmasidagi majburiyat bo'lgan hollarda
shartnomada belgilangan muddatlarda, shartnomada bunday muddat
b e lg ilan g an b o 'lm a sa , oqilona m u d d a tla rd a mol-mulkni k ap ita l ta ’mirlashni amalga oshirmasa.
Mulk ijarasi shartnomasida Fuqarolik Kodeksining 382-moddasi 2-
qismiga muvofiq ijaraga beruvchining talabi bilan shartnomani muddatidan
oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini yozma ravishda ogohlantirganidan
va unga o‘z majburiyatlarini bajarish uchun imkoniyat berganidan
keyingina shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilishga
haqli.
Ijaraga oluvchining talabi bilan esa mulk ijarasi shartnomasi sud
tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar:
-ijaraga beruvchi mol-mulkni foydalanish uchun ijaraga oluvchiga
bermasa yoki mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoxud mol-mulkning
vazifasiga muvofiq foydalanishga to'sqinlik qilsa;
-ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkda undan foydalanishga
to'sqinlik qiladigan kamchiliklar bo'lib, ularni ijaraga b e ru v ch i
shartnoma tuzish vaqtida aytib o‘tmagan, ijaraga oluvchiga oldindan
ma’lum bo'lmagan va shartnoma tuzayotganda mol-mulkni ko‘zdan
kechirish yoxud uning sozligini tekshirish vaqtida aniqlanishi mumkin
bo'lmagan bo'lsa;
-ijaraga beruvchi shartnomada belgilangan muddatlarda, agarda
shartnomada muddat belgilangan bo'lmasa, oqilona muddatlarda o'z
zimmasidagi mol-mulkni kapital ta ’mirlash majburiyatini bajarmasa;
-ijaraga oluvchi javobgar bo'lmagan holatlar tufayli mol-mulk
foydalanishga yaroqsiz bo'lib qolsa.
Mulk ijarasi shartnomasida Fuqarolik Kodeks 382-moddasining ikkinchi
qismiga muvofiq ijaraga oluvchining talabi bilan shartnomani muddatidan
oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin
Agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lmasa, mulk ijarasi shartnomasining muddatidan oldin bekor qilinishi
unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomasining bekor bo'lishiga
olib keladi. Bu holda ikkilamchi ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraning qolgan
muddati davomida ikkilamchi ijara shartnomasiga muvofiq o'zi foydalanib
kelgan mol-mulkni bekor bo'lgan mulk ijarasi shartnomasining tegishli
shartlari asosida ijaraga olish haqida shartnoma tuzishi mumkin.
Agar mulk ijarasi shartnomasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
asoslar bo'yicha haqiqiy emas deb topilsa, unga muvofiq tuzilgan
ikkilamchi ijara shartnomalari ham haqiqiy emas deb topiladi (FKning
550-inoddasi).
181. Qaysi hollarda ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin? 180-savolda

Download 205,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish