Fuqarolik huquqi savollar javoblar


мулкий ҳуқуқлар билан боғлиқ бўлмаган шахсий номулкий ҳуқуқлар мерос таркибига кирмайди



Download 205,45 Kb.
bet39/44
Sana24.02.2022
Hajmi205,45 Kb.
#247133
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
fuqarolik huquqi18

мулкий ҳуқуқлар билан боғлиқ бўлмаган шахсий номулкий ҳуқуқлар мерос таркибига кирмайди.


Мерос қолдирувчига тегишли бўлган шахсий номулкий ҳуқуқлар ва бошқа номоддий бойликлар меросхўрлар томонидан амалга оширилиши ва ҳимоя қилиниши мумкин.
170. Umumiy birgalikdagi mulk meros obyekti bo’la oladimi? 1114-модда. Умумий биргаликдаги мулк бўлган мол-мулкни мерос қилиб олиш
Умумий биргаликдаги мулк иштирокчисининг ўлими умумий мол-мулкка бўлган ҳуқуқдаги унинг улушини аниқлаш ва ушбу Кодекснинг 226-моддасида белгиланган тартибда умумий мол-мулкни тақсимлаш ёхуд ундан вафот этган иштирокчининг улушини ажратиш учун асос бўлади. Бу ҳолда мерос вафот этган иштирокчининг улушига тўғри келадиган умумий мол-мулкка нисбатан очилади, мол-мулкни натура ҳолида тақсимлашнинг имкони бўлмаганида эса — бундай улушнинг қийматига нисбатан очилади.
Умумий биргаликдаги мулк иштирокчиси умумий мол-мулкка бўлган ҳуқуқдаги ўз улушини васият қилишга ҳақлидир, бу улуш унинг вафотидан кейин ушбу модданинг биринчи қисмига мувофиқ аниқланади.
171 Meros mulki tarkibiga kirmaydigan obyektlar deganda nimani tushunasiz?164-savolda
172. Pudrat shartnomasi bo’yicha ishning bahosi to’g’risidagi qoidalarni to’liq tahlil qiling 636-модда. Ишнинг баҳоси
Пудрат шартномасида бажариладиган ишнинг баҳоси ёки уни аниқлаш усуллари кўрсатилади. Улар шартномада кўрсатилган бўлмаса, ишнинг баҳоси ушбу Кодекс 356-моддасининг тўртинчи қисмига мувофиқ белгиланади.
Пудрат шартномасидаги ишнинг баҳоси пудратчининг чиқимларини ва унга тўланадиган ҳақни ўз ичига олади.
Ишнинг баҳоси смета тузиш йўли билан аниқланиши мумкин.
Иш пудратчи томонидан тузилган смета бўйича бажарилган тақдирда, смета буюртмачи томонидан тасдиқланган пайтдан бошлаб кучга эга бўлади ва пудрат шартномасининг бир қисми бўлиб қолади.
Ишнинг баҳоси (смета) тахминий ёки қатъий бўлиши мумкин. Пудрат шартномасида бундай кўрсатма бўлмаса, ишнинг баҳоси (смета) қатъий ҳисобланади.
Агар қўшимча ишларни бажариш зарур бўлиб қолса ва шу сабабли ишнинг тахминан белгиланган баҳосини (тахминий сметани) анча оширишга тўғри келса, пудратчи бу ҳақда буюртмачини вақтида огоҳлантириши шарт. Буюртмачи пудрат шартномасида кўрсатилган ишнинг баҳосини (сметани) оширишга рози бўлмаган тақдирда, шартномадан воз кечишга ҳақли. Бундай ҳолларда пудратчи буюртмачидан ишнинг бажарилган қисмининг баҳосини тўлашни талаб қилиши мумкин.
Буюртмачини пудрат шартномасида кўрсатилган ишнинг баҳосини (сметани) ошириш зарурлиги тўғрисида ўз вақтида огоҳлантирмаган пудратчи иш учун шартномада кўрсатилган баҳо бўйича ҳақ олиш ҳуқуқини сақлаб қолган ҳолда шартномани бажариши шарт.
Пудратчи, қоида тариқасида, қатъий баҳо (қатъий смета)ни оширишни, буюртмачи эса уни камайтиришни талаб қилишга, шу жумладан бажарилиши керак бўлган ишнинг тўла ҳажмини ёки бунинг учун зарур харажатларни пудрат шартномаси тузилаётган пайтда назарда тутиш имконияти бўлмаган ҳолларда ҳам, ҳақли эмас. Пудратчи томонидан тақдим қилиниши керак бўлган материаллар ва ускуналар, шунингдек учинчи шахслар томонидан унга кўрсатиладиган хизматлар баҳоси анча ошган ва буни шартнома тузиш вақтида назарда тутиш мумкин бўлмаган ҳолларда ушбу Кодекснинг 383-моддасига биноан пудратчи белгиланган иш баҳосини (сметани) оширишни талаб қилишга, буюртмачи бу талабни бажаришдан бош тортган тақдирда эса, шартномани бекор қилишни талаб қилишга ҳақли.
Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash
usullari ko'rsatiladi. Pudrat shartnomasida baho nazarda tutilmagan bo'lsa
shartnomani bajarganlik uchun o'xshash vaziyatlarda odatda shunday
tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho bo'yicha haq
to'lanishi lozim bo'ladi.
Pudrat shartnomasidagi ishning bahosi pudratchining chiqimlarini va
unga to'lanadigan haqni o'z ichiga oladi. Pudratchining chiqimlari ish
natijasini yaratish uchun buyurtmachi biror material bermaganlik natijasida
pudratchi tomonidan ishni bajarish uchun qilgan sarf xarajatlari kiradi.
Masalan, poyafzalni ta ’mirlashda usta tomonidan ishlatilgan yamash, tikish
uchun materiallar, mix qoqishi, yelimlashi natijasida ularning qiymatini
o'z-o'zidan pudrat qiymatiga kiritib yuboradi. Ish bajarganlik uchun to'langan
haq pudratchining mehnatida rag'batlantirish hisoblanadi. Bu ikkisi bir
bo'lib shartnoma bahosini tashkil etadi. Ayrim hollarda pudratchining
chiqimlarisiz ham shartnomaning bahosi belgilanishi mumkin. Bunda
buyurtmachi pudratchini barcha materiallar bilan ta’minlashi lozim bo'ladi
Ishning bahosi smeta tuzish yo'li bilan aniqlanishi mumkin.
Ish pudratchi tomonidan tuzilgan smeta bo'yicha bajarilgan taqdirda,
smeta buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga
ega bo'ladi va pudrat shartnomasining bir qismi bo'lib qoladi.
Ishning bahosi (smeta) taxminiy yoki qat’iy bo'lishi mumkin. Pudrat
shartnomasida bunday ko'rsatma bo'lmasa, ishning bahosi (smeta) qat’iy
hisoblanadi.
173. Pudrat to’g’risidagi umumiy qoidalar, pudrat munosabatlarining turdosh munosabatlaridan farqi va o’ziga xos xususiyatlarini mushohada eting? Pudrat shartnomasi tushunchasi FKning 631-moddasida berilgan.
Pudrat shartnomasi deb pudratchi hisoblangan bir tarafning buyurtmachi
(ikkinchi taraf) topshirig'iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning
natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini,
buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilish va buning uchun haq to'lash
majburiyatini olish bilan bog'liq shartnomaga aytiladi.
Pu d ra t shartnomasining ayrim turlari (maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajribakonstruktorlik
va texnologiya ishlari pudrati)ga, agar FKning bunday
turdagi shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan
bo'lmasa, pudrat to'g'risidagi umumiy qoidalar qo'llaniladi.
Pudrat shartnomasini boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalardan
farqlash lozim.
Pudrat shartnomaviy munosabati mol-mulkni yoki boshqa ashyoviy
huquqqa bo'lgan mulk huquqini boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq
munosabatlardan kelib chiqadigan shartnomalar (oldi-sotdi (chakana oldisotdi,
mahsulotni yetkazib berish, tovarlar yetkazib berish to'g'risidagi
davlat kontrakti, kontraktatsiya, energiya ta ’minoti, ko'chmas mulkni
sotish, uy-joy binolarini (k v artirala rn i) sotish, korxonani sotish),
shuningdek ayriboshlash, hadya, renta, umrbod ta ’minlash sharti bilan
uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish)1 dan farqi shu bilan belgilanadiki,
pudrat munosabatlari muayyan ishni bajarish va uning natijasini topshirish
bilan bog'liq bo'lsa, mol-mulkni yoki boshqa ashyoviy huquqqa bo'lgan
mulk huquqini boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq shartnomaviy
munosabatlarda mulk tayyorlash, bajarish qayta ta ’mirlash mutlaqo
ahamiyatsiz bo'lib, kelishuvga asosan kreditorga mulk topshirilishining
o'zi kifoya bo'ladi. Shuningdek, p u d ra t shartnomasining predmeti
pudratchi mehnatining ijobiy natijasi hisoblanib, u buyurtmachining
topshirig'iga asoslanadi va buyurtma asosida yaratiladi.
Xizmat ko'rsatish bilan bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan
shartnoma (masalan, haq evaziga amalga oshiriladigan turli xil, shuningdek
yuridik xizmatlar, turi xil transport vositalarida yo'lovchi, bagaj va yuk
tashish, transport ekspeditsiyasi, omonat saqlash, moliyaviy xizmatlar
( s u g 'u r ta , q a rz va k re d it) re p itito rlik , say y o h lik xizmati
shartnomalari)larning predmeti moddiy (pudrat shartnomasi kabi)
ko'rinishda bo'lmasdan, xizmat ko'rsatish shartnomalarining natijasi
odatda, g'oyaviy, nomoddiy ko'rinishda bo'ladi.
P u d ra t shartnomasi mehnat shartnomalaridan ham farqlanadi.
M a zk u r fa rq m u n o sa b a t s u b y e k tla r id a , o b y e k tla r id a h am d a
munosabatning vujudga kelish asosida ko'rinadi. Mehnat munosabatlarida
tuziladigan mehnat shartnomalarining taraflari ish beruvchi hamda
xodim hisoblanib, topshiriqni bajaruvchi xizmatchi-xodim faqatgina
jismoniy shaxs hisoblanadi. Pudrat shartnomasida esa pudratchi fuqarolar
bilan bir qatorda yuridik shaxslar ham bo'lishi mumkin. Mehnat shartnomasi obyekti xodimning mehnat faoliyati hisoblansa, pudrat
shartnomasida esa pudratchining mehnat natijasi hisoblanadi. Mehnat
shartnomasida xodim tashkilotga qo'shilgan holda u belgilagan ichki
tartib qoidalarga bo'ysungan holda mehnat faoliyatini amalga oshirsa,
pudrat shartnomasida pudratchi o'z faoliyatini o'zi mustaqil belgilaydi
va ish natijasi yuzasidan butun mas’uliyatni zimmasiga olgan holda
n uqsonli ish n in g oq ib a ti fu q a ro lik -h u q u q iy ja v o b g a rlik bilan
yakunlanishini e ’tiborga olib, faoliyat yuritadi.
Shuningdek, mehnat shartnomasi mehnat munosabatlaridan kelib
chiqsa, p u d rat shartnomasi fuqarolik huquqiy munosabatni yuzaga
keltiradi. Mehnat shartnomasi shartlarini buzganlik uchun O'zbekiston
Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asoslangan holda
intizomiy javobgarlikka tortilsa, pudrat shartnomasi fuqarolik-huquqiy
moddiy javobgarlikka tortiladi.
Mehnat shartnomasi bo'yicha uyida ish bajaradigan xodimning
mehnati bilan pudrat shartnomasi bir-biriga o'xshab ketsa-da, lekin
ular farqlanadi. Uyda ish bajaruvchi aniq bir buyurtmani ishxonadan
olib uyida bajarib beradi. Lekin garchi u korxona mehnat tartib qoidalaridan
yiroqda bo'lsa-da korxonaning ishchisi hisoblanadi va unga nisbatan
ijtimoiy kafolatlar qo'llaniladi.
174. Pudrat shartnomalari nima maqsadda tuziladi? M.LBraginskiy ushbu holat haqida fikr yuritar ekan, turli xil ish va
xizmatlarga ehtiyojni qondirishning asosiy usuli qullarning harakati
shartnomalaming bunday birlashuviga asos bo'lgan. Agar ish bajarish
uchun qul yollangan bo'lsa, ashyolarni ijaraga berish shartnomasi tuzilgan,
agar ijrochi erkin rim fuqarosi bo'lsa, u holda pudrat yoki xizmatlar
ijarasi shartnomasi tuzilgan. Lekin xizmatlar ijarasi va pudrat shartnomalari
bir-biridan ajratilgan. Bular orasidagi farq pudrat shartnomasi bo'yicha
har doim ma’lum iqtisodiy natija (opus) ga erishilgan, xizmatlar ijarasida
esa bunday natija kelib chiqmasligi bilan belgilangan1.
Shunday qilib pudratchi ishining bajarilishi ma’lum bir natijaga
erishishni ko'zda tutgan. Masalan, ashyolarni ishlab chiqarish, uning
t a ’mirlanishi, uning iste ’mol xususiyatlarining yaxshilanishi yoki
o'zgarishi yoxud ijrochidan aniq ashyoviy yoki moddiy natijani olishga
yo'nalgan. Pudrat shartnomasi bo'yicha shaxslarning mehnat natijalari tovar
topshirish yoki xizmat ko'rsatish emas, muayyan ishni bajarishga
qaratilgan bo'ladi. Pudrat shartnomasi orqali bir necha turdagi ishlar
bajariladi. Aynan mana shu bajariladigan ishlar pudrat shartnomasining
predmeti hisoblanadi. Pudrat shartnomasiga maishiy ta ’minlash, muayyan
obyektni qurish va ta ’mirlash, loyihalash va rejalashtirish, ilmiytekshirish,
tajriba konstruktorlik va tajriba ishlari kiradi.
175. Qurilish pudrati shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va shartnomani tuzish tartibini yoriting? Qurilish pudrati shartnomasi pudrat shartnomasining bir turi
hisoblanadi. Chunonchi, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining
666-moddasida qurilish p u d ra ti shartnomasi bo'yicha p u d ratch i
shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig'i bilan
muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini
oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit
yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to'lash majburiyatini
oladi. Qurilish pudrati shartnomasi mamlakat iqtisodiyotida ko'p qo'llanishi
bilan va o'ziga xos jihatlarga egaligi bilan maishiy pudrat, loyiha va
qidiruv ishlari pudrati, ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik va
texnologiya ishlari pudrati shartnomalaridan ajralib turadi.
Qurilish pudrati shartnomasi murakkab tuzilishga ega. Chunonchi
ushbu shartnoma boshqa pudrat shartnomalaridan farqli ravishda tartibga
solish doirasi keng qamrovli hamda boshqa shartnomalarning ham
elementlarini o'zida mujassam etadi.
Qurilish pudrati shartnomasi korxonalami, turar-jorylami bino va
inshootlarni qurish, qayta tamirlash va rekonstruksiya qilish, montaj
ishlarini amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Pudrat shartnomalari ichida qurilish pudrati huquqiy tartibga solish
manbalariga boyligi bilan ajralib turadi. Chunki bu shartnomaviy
munosabatlarni, uning subyektlarini huquqiy tartibga soluvchi bir qator
qonun hujjatlari qabul qilingan. Qurilish pudrati shartnomasini o'ziga xos xususiyatlaridan biri
shundaki, unda ta ra fla r o'rtasidagi munosabatlar bajarilgan ishlar
yakunlangandan keyin ham davom etadi. Bunda pudratchi shartnomaga
ko'ra qurilish yakunlangandan so'ng ushbu obyektga xizmat ko'rsatish,
jumladan, b u y u rtm a ch in in g xodimlarini obyektdan foydalanishni
o'rgatish, foydalanish uchun turli ko'rinishdagi yo'riqnomalarni ishlab
chiqish va boshqa majburiyatlami o'z zimmasiga olgan holatlar nazarda tutiladi. Odatda bunday xizmatlar hajmi, qiymati va boshqa tavsiflari
haqidagi kelishuv qurilish pudrati shartnomasida ko'rsatib o'tiladi. Demak,
pudratchining majburiyatlariga obyektni qurib bitkazishgina emas ushbu
obyektdan maqsadli foydalanish uchun buyurtmachiga texnik va
boshqaruv ko'nikmasi va bilimlarini berish majburiyati ham kiradi. Pudrat
shartnomasini tuzishda yuqorida ko‘rsa tib o 'tilg an tara fla rn in g
majburiyatlarini kiritish bilan o'z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda
e’tiborli bo'lish va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda kelgusida
shartnoma tarafi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishga ko'mak beradi.
Qurilish pudrati shartnomasining asosiy huquqiy belgilari:

Download 205,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish