Fuqarolarning pensiya ta’minotini amalga oshirishda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va uning hududiy



Download 44,56 Kb.
bet16/18
Sana28.10.2022
Hajmi44,56 Kb.
#857592
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
hisbotot tayyor 3-kurs

Oldingi tahrirga qarang.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-maydagi 121-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 227-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 35-bandi “d” kichik bandida nazarda tutilgan davr Qonunning 8-moddasi talablariga rioya etgan holda ish stajiga kiritiladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
381. Qonun 12-moddasining “a” bandiga muvofiq urush nogironlariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga pensiya tayinlashda pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan talab etiladigan ish staji Qonunning 7-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
(381-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 189-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 24-son, 281-modda)
39. Stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadi:
a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida;
Oldingi tahrirga qarang.
b) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish va ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan xizmatdan tashqari, harbiy xizmat — ikki hissa barobarida;
(39-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
v) Qonun 10-moddasining “a” va “b” bandlariga hamda 11-moddasining “a” bandiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan — erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil — ikki hissa barobarida;
g) moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunitet tanqisligi virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash — ikki hissa barobarida;
d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq — bir yarim hissa barobarida;
e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatag‘on qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti — bir yarim hissa barobarida.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda nazarda tutilgan ish stajini imtiyozli hisoblash tartibi Qonun bo‘yicha tayinlanadigan pensiyalarning barcha turlari uchun qo‘llanadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda)
40. Pensiyaga bo‘lgan huquqni belgilashda pensiya olish huquqini beradigan ish staji ushbu Nizomning 39-bandida belgilangan qoidalar qo‘llanmasdan aniqlanadi.
41. Talab qilinadigan ish stajidan ortiq staj mavjud bo‘lgan taqdirda umumiy ish staji yaxlitlanishi kerak. Bunda ish stajining umumiy 15 kalendar kundan ortiq davri to‘liq oygacha yaxlitlanadi, 15 kalendar kungacha bo‘lgan davr esa (15-kalendar kunning o‘zi ham) hisobga olinmaydi.
42. Uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiyalar tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblab chiqish tartibi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan.
43. Sanoatning mavsumiy tarmoqlari tashkilotlarida band bo‘lgan xodimlarga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq to‘liq mavsum mobaynidagi ish bir yildagi ish uchun, to‘liq bo‘lmagan mavsum mobaynidagi ish — amalda band bo‘lgan davr bo‘yicha hisobga olinadi.
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yer osti ishlaridagi stajni hisoblab chiqishda (Qonun 10-moddasining “a”, “b” bandlari va 11-moddasining “a” bandi) mehnatda mayiblanish yoki ushbu ishda olingan kasb kasalligi oqibatida nogironlikda bo‘lish vaqti ushbu Nizom 39-bandining “v” bandida belgilangan qoidalar qo‘llanmasdan ko‘rsatib o‘tilgan stajga kiritiladi.

Download 44,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish