Oldingi tahrirga qarang.
oila a’zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, u bo‘lmagan taqdirda — fuqarolik holati dalolatnomalaridagi yozuvdan ko‘chirma, vakolatli tashkilotlarning yoki xorijiy davlatlar mansabdor shaxslarining ma’lumotnomasi);
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
boquvchining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki uning bedarak yo‘qolganligi to‘g‘risida sudning qarori;
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
vafot etgan boquvchining ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vafot etgan boquvchining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
(14-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda)
Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
ta’lim muassasasining vafot etgan boquvchining oila a’zolari 16 — 18 yoshdagi o‘quvchilar hisoblanishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
baxtsiz hodisa va sog‘liqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi to‘g‘risidagi hujjat yoki agar boquvchining vafoti mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa — boshqa rasmiy hujjat;
ushbu Nizomning 12-bandi “a”—”p” kichik bandlarida ko‘rsatilgan, vafot etgan boquvchining nomiga rasmiylashtirilgan (yozilgan) hujjatlar.
Boquvchi-pensioner vafot etgan taqdirda ushbu bandda ko‘rsatilgan zarur hujjatlar taqdim etilishi kerak, vafot etganning pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi arizaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqi nogironlik oqibatida beriladigan oilaning katta yoshdagi a’zosiga TMEKdan olingan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning tegishli qismini ilova qiladi.
15. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ushbu hujjatlarni tegishli tashkilotlardan talab qilish yuzasidan yordam ko‘rsatadi.
16. Pensiyaga ustama haq (qo‘shimcha) belgilash huquqi mavjud bo‘lgan taqdirda pensiya tayinlash to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
a) ariza beruvchi I yoki II guruh urush nogironi ekanligini tasdiqlaydigan hujjat;
b) I guruh nogironlikni belgilash to‘g‘risida TMEKning nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasining tegishli qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) II guruh nogironlikni belgilash to‘g‘risida TMEKning nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasining tegishli qismi;
(16-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
g) ariza beruvchining urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydigan hujjat;
Do'stlaringiz bilan baham: |