Oldingi tahrirga qarang.
e) oliy ta’lim muassasalarida (shu jumladan ularda o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy ta’lim muassasalarida), aspiranturada (stajorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida) kunduzgi o‘qish, shu jumladan chet elda o‘qish;
(35-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
j) bola 3 yoshga to‘lgunga qadar, bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, biroq jami ko‘pi bilan 3 yil.
Misol: Agar 30 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan ishlayotgan ayol ish stajining 8 yili mobaynida jami 3 bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lgan bo‘lsa, u holda pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblashda unga jami 25 yil ish staji hisoblanadi (30 yil — 8 yil + 3 yil = 25 yil).
Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish davri (shu jumladan puli to‘lanadigan ta’tilda bo‘lish) yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qo‘shilmaydi;
z) ofitsyerlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, biroq ko‘pi bilan 10 yil.
Oldingi tahrirga qarang.
i) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr;
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan “i” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Agar ushbu Nizomning 35-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar bir vaqtning o‘zida bir davrga to‘g‘ri kelsa, u holda pensiyani hisoblab chiqish uchun ish stajiga pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra ushbu Nizomning 35-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan faqat bir davr qo‘shib hisoblanadi. Ish stajini hisobga olishning shunday tartibi ushbu Nizomning 35-bandi “d” — “i” kichik bandlari uchun ham qo‘llaniladi.
Ushbu Nizomning 35-bandi “a” — “g” va “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar bir vaqtning o‘zida bir davrga to‘g‘ri kelsa, u holda pensiyani hisoblab chiqish uchun ish stajiga ushbu Nizomning 35-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlardan biri qo‘shib hisoblanadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 429-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 591-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ushbu Nizomning 35-bandi “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar ish stajiga ushbu Nizomning 35-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan kamida 7 yil umumiy ish staji mavjud bo‘lganda qo‘shib hisoblanadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyuldagi 230-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 28-son, 336-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlashda ushbu Nizomning 35-bandi “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu Nizomning 35-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ish staji mavjud bo‘lganda, uning qancha davom etganligidan qat’i nazar, qo‘shib hisoblanadi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II guruh nogironlikda bo‘lish vaqti yoshga doir va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashda stajga qo‘shib hisoblanadi.
Yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ishlangan vaqt pensiya tayinlash uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi. Ertaroq muddatdan boshlab yoshga doir pensiya tayinlashda staj pensiya tayinlangan kungacha hisobga olinadi.
38. Nogironni sakkiz yoshgacha tarbiya qilgan bolalikdan nogironning onasiga pensiya tayinlashda talab qilinadigan 20 yillik ish stajiga ushbu Nizomning 35-bandi “a”—“d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar qo‘shib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |