(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan “z1” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
i) ariza beruvchi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs hisoblanishini tasdiqlaydigan hujjat;
k) davolash-profilaktika muassasasining ariza beruvchi gipofizar nanizm bemori (liliput) yoxud disproporsional pakana ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
l) familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
m) TMEKning nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasining tegishli qismi — mehnatda yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida I va II guruhlar nogironi bo‘lgan vaqt stajga hisoblanadigan hollarda;
Oldingi tahrirga qarang.
n) shuningdek bola 8 yoshgacha nogiron bola deb e’tirof etilishini tasdiqlaydigan TMK tomonidan berilgan tibbiyot xulosasi, yoki TMK tomonidan berilgan nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan kasallik bo‘yicha davolash-profilaktika muassasasida hisobda turganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
(12-bandning “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
o) oqlov hukmi yoki ish to‘xtatilganligi to‘g‘risida sudning ajrimi (qarori) yoki prokuror (tergovchi)ning ish to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi qarori, shuningdek oldini olish chorasi sifatida shaxsni tergov izolyatoriyada (turmada) qamoqda saqlash, qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish shaklida jazoni o‘tash davri to‘g‘risida tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi, shuningdek reabilitatsiya to‘g‘risidagi hujjatlar (sud organlari, prokuratura organlari, surishtiruv va tergov organlarining oqlov hukmi chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi yoki reabilitatsiya qiluvchi asoslar bo‘yicha jinoyat ishi to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi qarori (ajrimi);
Oldingi tahrirga qarang.
p) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining shaxsni ishsiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi taqdimnomasi;
(12-bandning “p” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
r) o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 566-sonli qaroriga asosan “r” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2019-y., 07/19/566/3396-son)
13. Nogironlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 294-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
baxtsiz hodisa va sog‘liqning ishlab chiqarishda boshqa shikastlanishi to‘g‘risidagi hujjat yoki agar nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa — boshqa rasmiy hujjat.
Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
ushbu Nizomning 12-bandi “a”—“o” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar.
14. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
pensiya tayinlanayotgan shaxsning yoshini tasdiqlovchi tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport;
Do'stlaringiz bilan baham: |