Huquqlar va asosiy erkinliklarni himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasida (1950) aytiladiki, asosiy erkinliklarga chuqur ishonch yer yuzidagi adolat va tinchlik qaror topishining kafolatidir, bu bir tomondan, samarali demokratiya, boshqa tomondan, inson huquqlarini umuman tushunish va ularga rioya etish orqali eng afzal darajada qo‘llab-quvvatlanadi.
Yevropa Kengashi 1978 yil 25 oktyabrda Yevropa Kengashi Vazirlar qo‘mitasi qabul qilgan Rezolyusiyasidagi (78) 41 “Inson huquqlarini o‘qitish” loyihasini o‘quvchilarni inson huquqlari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ustuvor hujjat deb atadi. O‘shandan beri inson huquqlari ruhida tarbiyalash muammosi Yevropa Kengashi va Yevropa hamjamiyatining doimiy e’tibor ob’ektiga, ular faoliyatining muhim qismiga aylandi.
Shu maqsadda, Parlament Assambleyasining “Zo‘ravonlikni kamaytirishni madaniyat va ta’limning ahamiyati” Tavsiyalarida 963/1983 zo‘ravonlikdan xoli xulq-atvorni muntazam ravishda tarbiyalash, axborotni tanqidiy qabul qilish, jamiyat hayotida real ishtirok etish va javobgarlik amalda tajribadan o‘tkazilishi kerakligi ta’kidlangan24.
Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi tomonidan 1997 yil 26 sentyabrda qabul qilingan Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi ta’lim masalalari bo‘yicha Tavsiyalarda barcha maktab dasturlariga, o‘qituvchilar tayyorlash dasturlaridan boshlab, jurnalistlar uchun kurslar, yuridik institutlar doiralarida malaka oshirish kurslarining dasturlariga ham inson huquqlarini o‘rgatish kiritilishi zarurligi haqida gap boradi. Sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, qamoqxonalar xodimlari, harbiylar, kasaba uyushmalari vakillari, siyosatdonlar, jurnalistlar kabi turli professional guruhlarning, shuningdek himoyaga muxtoj guruhining, keksa yoshdagilar va boshqalarning inson huquqlari sohasidagi bilimini rivojlantirish fuqarolik hamjamiyati uchun muhimdir. 2005 yilda Yevropa Kengashi “Ta’lim orqali Yevropa fuqarolik his-tuyg‘usi yili” Dasturini e’lon qildi.
Inson huquqlari madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan inson huquqlari sohasidagi ta’lim tizimini yaratish MDHga a’zo mamlakatlarning barchasi uchun oliy darajadagi dolzarb muammodir. 90-yillarning boshida MDH davlatlarida inson huquqlari sohasidagi ta’lim tizimi shakllantirila boshlandi. Dastlabki o‘quv dasturlari va qo‘llanmalari paydo bo‘ldi25.
MDH tarkibiga kirgan mamlakatlar inson huquqlari ruhida tarbiyalash zarurligi masalasiga yaqinlashdilar. MDHga a’zo davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham o‘z konstitutsiyalarida asosiy xalqaro hujjatlarda ifoda etilgan huquqlar va erkinliklarni mustahkamlab qo‘ydilar. So‘nggi vaqtda MDH doirasida qabul qilingan hujjatlar orasida MDHga a’zo davlatlar ta’lim vazirlarining 2009 yil 14 mayda bo‘lib o‘tgan (Minsk) XVI konferensiyasida “MDHga a’zo davlatlarining katta yoshdagilar ta’limi va ma’rifiy faoliyati bazaviy tashkilotining ishi to‘g‘risida”gi Qarorini eslatib o‘tish o‘rinli.
Hozirgi paytga kelib, MDH doirasida MDHga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda katta yoshdagilar ta’limini rivojlantirish konsepsiyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning qabul qilinishi istiqbolda katta yoshdagilar ta’limi tizimini rivojlantirishni belgilab beradi. Keyinchalik ushbu reja bajarilishining tahlili yakunlariga qarab, 2020 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini ishlab chiqish taxmin qilinmoqda.
Yuqorida tilga olingan hujjatlar xalqaro hamjamiyatga ham, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan mintaqaviy va milliy tashkilotlarga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur hujjatlar shunchaki xohish-istaklar bo‘lmay, balki ularda davlatlar va huquqni himoya qilish hamjamiyatining boshqa ishtirokchilari tomonidan inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim milliy rejalarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, ta’lim jahon madaniyati va inson huquqlarini rivojlantirish borasida aniq maqsadni ko‘zlab olib boriladigan faoliyat shakli sifatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar qo‘yilgan26.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida, inson huquqlari bo‘yicha boshqa xalqaro hujjatlarda BMTning ishtirokchi-mamlakatlarga qaratilgan inson huquqlari sohasidagi ta’limni rivojlantirish da’vati o‘z ifodasini topgan. Bundan ko‘zlangan maqsad – ta’lim inson shaxsi to‘liq rivojlanishiga, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishiga, inson o‘z qadr-qimmati hissini anglab yetishiga, pirovard natijada keng qamrovli inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi kerak.
So’nggi yillarda 0‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilikka oid va institutsional asoslarini mustahkamlash, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish (implementatsiya qilish) va xalqaro majburiyatlami bajarish, sliuningdek, inson huquqlarini himoya qilish borasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikm jadallashtirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugunga kclib 0‘zbekiston Respublikasi inson huquqlariga doir 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining oltita asosiy shartnomasi va to‘rtta ixtiyoriy protokoliga qo'shildi BMT ning Inson huquqlari bo4yicha kengashi va shartnomalar bo‘yicha qo‘mitalariga ulaming bajarilishi yuzasidan doimiy ravishda milliy hisobotlar taqdim etib kclmoqda27. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrda chiqarilgan “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF4850-son farmonida “ xorijiy tajribani chuqur ohganish” vazifasi qo'yildi2. Shu nuqtai nazardan, inson huquqlarini sud orqali himoya qilish bo‘yicha xorijiy tajribani, shuningdck, bu sohada sud hujjatlarini qabul qilish amaliyotini ohganish alohida ahamiyat kasb etadi. Sud hujjatlari – inson huquqlarini sud orqali himoya qilishning o‘zagi va tayanchidir. Shu bilan birga, bugun O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy islohotlar, sud tizimidagi yangilanishlar sharoitida sud hujjatlarining shaxs huquqlarni himoya qilish va ta’minlash vositasi sifatidagi roll ortib bormoqda. G'arb huquqiga mansub hozirgi davlatlarda inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari konstitutsiyalarda yoki konstitutsiyaviy hujjatlarda mustahkamlangan. Anglo-sakson huquq tizimi mamlakatlarida esa hozirgi vaqtda konstitutsiyalar deyarli hammasida qabul qilingan. Konstitutsiya mamlakatning asosiy qonun hujjati bo‘lib, davlatning inson huquqlari masalalari bo'yicha pozitsiyasini aks ettiradi. Yaqin vaqtlargacha g’arb ta’limotidagi inson huquqlari g‘oyasining o‘ziga xos jihati individualistik yondashuv edi. Inson o‘z harakatlarida erkin bo‘lib, boshqalarning huquqlarini buzmaganicha o’z manfaatlarim qondinsh Uchun harakat qilishi mumkin edi. Biroq hozirgi paytda shaxsiy manfaatdan ko’proq, jamiyat manfaatlarining ustunhgi tobora katta ahamiyat kasb ctmoqda28. Bunda csa insonning shaxsiy huquq va erkinliklarini himoya qilish va tikiash vositasi sifatida sud hujjatlarining ahamiyati ortib bormoqda. Chet davlatlar qonunchiligida sud qarorining shakli turlicha belgilangan. Qoida tariqasida sudya uni yozma ravishda tayyorlashi kerak. Biroq, bir qator davlatlarda qaror og'zaki qabul qilinishi belgilangan. Masalan, Angliyada sud jarayonining og’zaki o'tishi prinsipi izchil amalga oshiriladi, sud qarorini sudya og'zaki e’lon qilinadi, mazmuni sud muhokamasining stenogrammasida aks ettiriladi. Ispaniyada mehnat munosabatlariga oid sudlarda sud qarorining shakli da’voning qiymatiga bog‘liq bo'lib, mayda da’volar bo'yicha qaror og‘zaki ravishda qabul qilinadi. Avstriyada aralash variant qo'llaniladi, ya'ni qaror og‘zaki e’lon qilinadi, keyin csa qonun hujjatlarida belgilangan muddat ichida sud devonxonasi tomonidan yozma ravishda tayyorlanadi2.Tadqiqolimiz mavzusi doirasida roman-german huquq lizimining asosi bo'lgan Italiya tajribasi qiziqish uyg‘otadi. U yerda, o‘tgan asrdayoq doktrinada “sub’ektiv huquqlar va qonuniy manfaatlar” konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u bugungi huquq ta’limotida ham e’tirof etilgan. Ushbu konsepsiyaga ko‘ra, subektiv huquq shaxsning o‘ziga tegishli bo*lib, jamoat manfaatlariga ta’sir qilmaydi. Binobarin, xususiy shaxs bilan ma’muriy boshqaruv organi o'rtasida nizo faqat davlat uning qonuniy manfaatlarini buzishi yuzasidan kelib chiqishi mumkin. Insonning huquqlari va qonuniy manfaatlari sud orqali ishonchli himoya qilinishini ta’miniash uchun Davlat kengashining maxsus bo‘limi boshqaruv idoralarining o“z vazifalarini bajara olmasligi, vakolatlarini suiiste’mol qilishi va xatti-harakatlari (qarorlari) bilan qonunlarni buzishi to‘g‘risidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. Italiya Konstitutsiyasi (103-moddasida Davlat kengashi va boshqa ma’muriy adliya organlari fuqarolaming ma’muriyat bilan bo‘ladigan munosabatlarida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun yurisdiksiyani amalga oshirishi nazarda tutilgan. Ma’muriy sudyaning keng yurisdiksiya Vakolatlariga egaligi Italiya tizimining o’ziga xosligini tashkil etadi Italiyada u nafaqat ma’muriy organ ning har qanday hujjatini (qarorini) bekor qilish, balki ma’muriyatdan yangi qaror chiqarishni talab qiladigan sud hujjatini chiqansh vakolatiga ham ega29.
1 . Buyuk Britaniya sudlari o'ziga xosdir, chunki ular umumiy, Pretsedent tizimida ishlaydi. Masalan, Angliya umumiy huquqiga oid sud hujjatlariga Habeas korpus buyrug‘i va imtiyozli (prerogativ) buyruqlar kiradi. Habeas korpus buyrugri – Yuqori sudning noqonuniy hibsga olingan, ozodlikdan inahrum qilingan va tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsni zudlik bilan ozod qilish to‘g‘risidagi buyrug‘idir. imtiyozli (prerogativ) buyruq – o‘z vakolatlarini amalga oshirishda adolatsizlikka yo‘l qo'ygan quyi bosqichdagi sudga nisbatan chiqarilgan buyruqdir30. Masalan, agar sud jarayom (jinoyat protsessi) ishtirokchisi protsessual qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ysa, Angliya sudi o‘ziga xos “sharlli Buyruq” (unlessorder) chiqansh huquqiga ega. Uni belgilangan muddatda bajarmagan tomon o‘zi uchun salbiy xususiyalga ega oqibatlarga duchor bo'1adi. Masalan, Pharmagona Ltd v Taheri&Anor [2020] EWHC 66 (Ch) da sudya javobgarlar barcha kcrakli dalillami oshkor qilmaganidan keyin ana shunday buyruq chiqargan. Da’vo ish benivchi tomonidan berilgan bo’lib, javobgarlar uning pullarini o’zlashtirgan deb hisoblagan. Bunda chiqarilgan shartli buyruq juda original edi. Buyruqda javobgarlar o’zlashtirganligida gumon qilinayotgan pul mablagUari o‘tkazilgan banklar nomiga o‘zlari imzolagan xatni, da’vogarga topshirish majburiyati yuklangan edi. Bunday maktub (letterofauthority)da banklarga o'z mijozi bo‘lmagan boshqa shaxsga (da’vogarga) hisobvaraqlar haqidagi ma’lumotni taqdim etish vakolati beriladi. Xat shakli shartli buyruqqa ilova qilingan. Ushbu buyruq bajarilmasa chora tariqasida, sud da’vogaming foydasiga qaror chiqarishi ko'rsatilagan1.Ingliz huquq tizunining asosiy xususiyati boUgan «Rule of Law” (huquq ustuvorligi) tushunchasining ahamiyatini ham ta’kidlab o‘tish joiz. huquqiy ruhning hukmronligi haqidagi g‘oya Amerika huquq tizimiga ham xosdir. Tarixiy jihatdan “Rule of Law” g‘oyasi sudyalarning pretsedent huquqiga (sud amaliyotiga) bo‘ysunishini, shuningdek sud mustaqilligini anglatgan. “Rule of Law” ta’limoti sudyalarning roll haqidagi konsepsiyaga ta’sir ko‘rsatgan, sud pretsedenti uchun ham, sudni huquq yaratuvchisi sifatida qabul qilish uchun ham istiqbollari
kengaytirgan2 . Shunday ekan, bu prinsip umuman sud faoliyati uchun ham, sud qarorlarini qabul qilayotgan sudyalar uchun ham kata ahamiyalga cga. Ushbu prinsip sudyalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha harakatlar huquqga asoslangan bo»lishi va undan kelib chiqishi kcrakligini bildiradi. Vcnesiya komissiyasi hisobotida bu prinsipning ahamiyali haqida shunday dcyilgan: “Sudning qarorlari samarali ijro etilishi hamda yakuniy qarorini (faqat eng istisnoli hollarda) o‘zgartirib bo'lmasligi (rcsjudicata prinsipiga amal qilinishi) kerak” 31. Germaniyada fuqarolarning huquqlari “davlat hokimiyati” tomonidan buzilgan taqdirda ulaming huquqlarini sud orqali himoya qilishning umumiy prinsipi GFR Konstitutsiyasida (19-modda) mustahkamlangan. Ma’muriy sudlaming vakolatiga ommaviy huquq
xususiyatiga ega bo'lgan (konstitutsiyaviy huquqdan tashqari) barcha nizolar kiradi. Ular fuqarolarning davlat organlariga bo’lgan da’volarini, shuningdek, davlat xizmatchilarining huquqlari haqidagi barcha nizolami ko‘rib chiqadi32. Germaniya sud hujjatlari sud jarayonlari ishtirokchilarning huquq va manfaatlarini hurmat va himoya qilish prinsipiga qat’iy amal qilinishi bilan ajralib turadi. Nemis olimlari ta’kidlaganidek, sud hujjatlarinmg qonuniy kuchining funksiyasi – nizo taraflari uchun uning mazmunining huquqiy barqarorligini ta’minlash hamda davlat hokimiyati tomonidan qabul qilmgan qarorga rioya qilish orqali huquqiy vaziyatni oydinlashtirish va nizo taraflari o'rtasida huquqiy tinchlik qaror topishi, xususan, ushbu huquqiy vaziyatga yo‘naltirishga yordam berishdir3 . Shuningdek, Finlyandiya tajribasi ham katta qiziqish uyg'otadi.
Masalam 1999-2005-yillarda Finlyandiyaning Rovaniemi shahri apellyatsiya sudi “Sudlarda ishlarning hal qilinish sifatini baholash. Prinsiplar va tavsiya etilgan sifat mezonlari” loyihasini amalga oshirdi. Loyiha jahon huquqshunoslar hamjamiyati tomonidan yuksak baholandi. U sud hujjati sifatining yettita mezonini o‘z ichiga olgan:
Adolat va qonuniylik;
Sud qarorining huquqiy motivatsiyasi;
v) sud qaron asoslarinmg shaffofligi;
g) sud qarori asoslash qismining batafsil va tizimli1igi;
Sud qarorining tushunarli va aniq-ravshanligi;
Sud hujjatining shakli va tuzilishi, shuningdek lingvistik va grammatik jihatdan
to‘g‘ri tuzilishi; qarorning to‘g‘ri e’lon qilinishi, sud jarayonining barcha ishtirokchilariga yetkazilishi35. Niderlandiyada sud ma’muriy organ qarori ustidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqayotganida nizoni mohiyatiga ko'ra hal qilish huquqiga ega, ayni vaqtda sudning hujjati ma’muriy organ qarorining O’rnini bosadi. Ammo ana shu muayyan vaziyatda qonunda faqat bitta (yagona mumkin bodgan) qaror qabul qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan bodsagina bunday huquqdan foydalanish mumkin bodadi. Aks holda, bahsli masala ma’muriy organga sud xulosalarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqish uchun qaytarilishi kerak. Aslida, bunday sud hujjati, xuddi boshqa vaziyatdagi oddiy qonuniy akt kabi, huquq yoki erknilikni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. Shvetsiya Markaziy sudi ma’muriyati (Domstolsverket) sud qarorining siIat jihatlarini bclgilab berdi. Masalan, sifatli qarorning birinchi xususiyati uning qonunga muvofiqlik nuqtai nazaridan to'g'niigidir. Bundan tashqari, qarorda faktlaming todiq va tushunarli asoslari bodishi hamda mantiqiy izchil va aniq bayom benlishi kerak33. Qaror (hujjat) til va imlo nuqtai nazaridan ham benuqson bodishi lozin Masalan, sud hujjatlarining hal qiluv qarorlari va qaroriari kabi turlari farqlanadi. Arbitral haqidagi qonunnmg 27-moddasi birinchi qismiga muvofiq, barcha masalalarni nizoning mohiyati bo‘yicha hal qilish hal qiluv qarori shaklida amalga oshirilishi kerak. Boshqa hujjatlar esa qaroridir. Hal qiluv qarori va qaror o'rtasidagi farq katta ahamiyatga ega, chunki biror masala bo‘yicha qaror qabul qilish shakli uning huquqiy oqibatlanga ta’sir etadi .Sobiq sovet mamlakatlari orasida Qozog‘iston alohida qiziqish uyg'otadi. Bu yerda sudyaning kasbiy faoliyatini baholash bo'yicha metodik qo‘llanma tasdiqlangan34. Unga muvofiq, sud hujjatlarining sifati sudyaning kasbiy faoliyatini, bilimim va sudlovni amalga oshirishda uni qo'llash qobiliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Masalan, sud liujjatlarining bekor qilinishi va o‘zgartirilishi sabablari komissiya tomonidan protsessual qonun hujjatlarida belgilangan asoslar hamda ularning muhimlik darajasidan kelib chiqib baholanadi. Sud hujjatlarini tuzish sifati komissiya a’zolari tomonidan sudyaning uch va undan ortiq qarorlari, hukmlari va yakuniy qarorlarin o‘rganish orqali tahlil qilish sud hujjatlarini o rganish jarayonida komissiya a’zolari quyidagilami baholaydilar:
Sud hujjatining qonun talablariga, shuningdek Oliy sudning normativ qarorlari talablariga muvofiqligini;
Sudyaning quyidagi qobiliyatlarini:
a)Ish bo'yicha qaror qabul qilish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlami aniqlash va baholash;
b)Muayyan ish bo'yicha huquqiy munosabatlami tartibga soluvchi huquq normalarini aniqlash va qo‘llash;
v) tegishli toifadagi ishlar uchun yuridik pozitsiyani shakllantirish;
g) fikrlarni aniq ifodalash, mantiqiy xulosa chiqarish va tahlil qilish;
Ayni vaqtda, biz akademik M.K.Sulaymonovning sud hujjatlarining asosiy vazifasi fuqarolaming, davlat va yuridik shaxslarning buzilgan yoki bahsli, nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tikiash, belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etgan holda adolatli sud qarori chiqarishdir1, dcgan fikriga qo‘shilamiz.Ma’lumki, AQShda umumiy yurisdiksiya sudlari davlat organlari va mansabdor shaxslaming qarorlari hamda harakatlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. Ularning faoliyatidagi muhim yo‘nalish – mansabdor shaxslar harakatlarining (yoki, aksincha, harakat qilishdan bosh tortishining) konstitutsiyaviyligini tekshirish. Qoida tariqasida, sudda muassasaning noto‘g‘ri xatti-harakati to‘g‘risidagi ish boshqa barcha ishlardan ustun turadi, o‘ta muhim ishlargina bundan mustasno hisoblanadi. Sud ishni mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqadi, o’zining aybsizligini isbotlash vazifasi esa muassasa zimniasiga yuklatiladi. AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan beshinchi tuzatish qoidalariga ko‘ra, hech kim qonuniy tartib-taomilga (dueprocessclause) noya etmay turib hayoti, crkinligi va mulkidan mahrum etilishi mumkin cmas35.
Masalan, AQSh Oliy sudi o'z qarorlaridan birida, agar soliq xabarnomasi mulkdorga pochta orqali yuborilgan bo'lsa-yu, egasiga topshirilmay qaytib kelsa, hukumat lining mulkini soliqlar bo'yicha qarzlarini undinsh uchun sotish maqsadida olib qo yishdan awal unga xabar berish uchun qo'shimcha oqilona choralarni ko‘rishi shartligini tan oldi, sud, aks holda mol-mulkni majburiy sotish tartib-taomili dueprocessclause talablariga javob bcrmaydi, deb hisobladi2. Habeasdata tartib-taomili xususiy hayotning hurmat qilinishi huquqini va shaxsiy ma’lumotlami noto‘gri ishlatishdan himoya qilishga qaratilgan, Bu lartib ilk bor Braziliya Konstitutsiyasida nazarda tutilgan, shundan keyin Lotin Amenkasidagi bir qator davlatlaming ta’sis hujjatlarida mustahkamlangan, Masalan, Dominikan Respubiikasi
Konstitutsiyaviy sudi «“habeasdata xususiy hayotga ega bo‘lish huquqlari himoya qilinishining muhim kalblati deb biladi. Habeasdata sud buyrug‘ining chiqarilishi uning davlat organlari va muassasalari ixtiyoridagi ma’lumotlar biIan tanishish huquqini ta’minlaydi 2. Buyruq chiqarish haqidagi ariza biIan manfaatdor shaxs murojaat qilishi mumkin. Sudga ariza berish uchun tegishli harakatlar ustidan ma’muriy tartibda shikoyat qilingan bo‘lisliishart emas.Lotin Amerikasi davlatlarining o‘ziga xos jihatini shaxsning konstitutsiyada kafolatlangan huquqlari davlat organlari va mansabdor shaxslari tomonidan buzilganligi sababli ularni himoya qilish to‘g‘risidagi sud buyrug‘ini chiqarish yuzasidan sudga ariza bilan murojaat etishidan iborat amparo protsedurasi tashkil etib, u mazkur huquqlaming kechiktirmay himoya qilinishini ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda bunday sud qaror har qanday huquqlami, jumladan, ijtimoiy, ekologik huquqlar va tub aholi huquqlarini himoya qiladi. Ba’zi (Kosta-Rika, Argentina, Ekvador, Meksika, Venesuela, Boliviya kabi) mainlakatlarda xalqaro sharlnomalarda mustahkamlangan inson huquqlariga nisbatan ham ariza bersa bo'ladi36. Qonunchilikka muvofiq, davlat hokimiyati organlarining bunday shartnomalarda va milliy Konstitutsiyada nazarda tutilgan huquq va kafolatlariga zarar yetkazgan, ulami buzgan har qanday qaron, liarakati yoki harakatsizligi yuzasidan ariza berilishi mumkin. Boshqa mainlakatlarda inson huquqiariniiig jamoaviy kafolatlari to‘g‘risida buyruq chiqarish haqida murojaat ctsa bo'ladi. Masalan, Braziliyada huquqni himoya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan, mamlakat parlamcntida vakillari bo‘lgan siyosiy partiya, shuningdek qonunga muvofiq tuzilgan va kamida bir yil faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmasi yoki birlashmasi o‘z a’zolarming manfaatlanm himoya qilish uchun murojaat clishi mumkin. Argcntinada o‘z faoliyati jamoat manfaatlariga zid emasligini ustav hujjatlari asosida lasdiqlaydigan jamoat birlashmasi ariza bilan murojaat eta oladi 1. Bir qator davlatlarda (Argentina, Braziliya, Paragvay va Peruda) qonunlarga yoki (Argentina, Kolumbiya, Kosta-Rika, Ekvador, Paragvay, Urugvayda) sud qarorlariga nisbatan huquqni himoya qilish talabi bilan ariza berish mumkin emas. Odatda, bu mamlakatlarda tegishli hujjatlar ustidan shikoyat qilishning maxsus tartib-qoidalari (actiopopolaris, konstitutsiyaviylik to‘g‘risida ariza berish, inson huquqlarini buzadigan sud qarorlaridan himoya qilishning maxsus tartibi) mavjud. Shunday qilib, amparo protsedurasining uchta modifikatsiyasi bor. Ba'zi mamlakatlarda mazkur protsedura doirasida har qanday konstitutsiyaviy huquq va kafolatlar himoya qilinadi, boshqa himoya usullari (tartib-taomillari) – habeascorpus, habeasdata – lining maxsus turlari hisoblanadi Ayrim mamlakatlarda amparo tartib-taomili konstitutsiyada ko'zda tutilgan boshqa maxsus sud protseduralari bilan himoyalanmagan konstitutsiyaviy huquqlami himoya qilishni o'z ichiga oladi. Yana boshqa mamlakatlarda bu chora faqat konstitutsiyada nazarda tutilgan ayrim huquqlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Shunday qilib, amparo huquqiy protsedurasi shaxsga har qanday birinchi instansiya sudiga murojaat qilish hamda buzilgan huquqlarini tikiash va himoya qilish maqsadida sud buyrug'ini chiqarish to’g‘risidagi arizani tezda ko‘rib chiqish imkonini beradi. Ushbu protsedura doirasida sababini aytmay rad ctishga, sudlov bilan bogdiq nizolarga, protsessual rad etishlar hamda shikoyat mavzusini o’zgartirishga, yangi shaxslarni jalb qilish uchun iltimosnoma berishga yo‘l qo'yilmaydi. Inson huquqlarining sudlov kafolatlaridan biri luqarolarni ma’muriy boshqaruv organlari va mansabdor shaxslaming harakatlaridan samarali himoya qilishni ta1minIash uchun modjallangan sudlarga murojaat qilish imkoniyatidir. Sud jarayoni doirasida fuqaro quyidagilarni talab qilishga haqli: ma’muriyatning harakatlarini to‘xtatib turish, ularni noqonuniy yoki ahamiyatsiz deb e’lon qilish; normativ-huquqiy hujjat chiqarish, uni o’zgartirish yoki bekor qilish. Ixtisoslashgan ma’muriy sudlaming tashkil etilishi Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Avstriya uchun xosdir. Masalan, Ispaniya Konstitutsiyasiga muvofiq, sudlar ma’muriyat harakatlarining qonuniyligini nazorat qiladi (106-m. 1-q.)37. Asosiy maqsad – fuqarolar hamda davlat organlari o’rtasidagi nizolarni hal qilish. Bir tomonlama hokimiyat vakolatlari ko’pincha turli suiiste’molliklar manbai bo‘lgani bois sudyalaming vazifasi noqonuniy harakat qilayotgan amaldorlami javobgarlikka tortib, ushbu suiiste’molliklami bartaraf etishdir. Qoida tariqasida, bu sudyalar nafaqat boshqaruv choralarining qonuniyligini tekshirishga, balki ulaming inaqsadga muvofiqligini baholashga ham haqlidir. Germaniya qonunchiligiga binoan, ma’muriy hujjat taalluqli bo'lgan har bir kishi ma’muriy sudda ushbu hujjatning qonuinyligiga e’tiroz bildirish orqali uni qayta ko'rib cluqish huquqiga ega38. Sudlar, odatda, ma’muriy aktm bekor qilish va davlat boshqaruvi organim uni qabul qilishga yoki muayyan ma’muriy harakatlami bajarishga majburlash to’g’risida sud qarori qabul qiladi. Bu yerda sud qarorlari (nizoni sudning hokimiyat vakolatidan foydalangan holda hal qilishni nazarda tutadigan) kontradiktor va (da’vogarning da’vodan voz kechishiga yoki javobgarning da’voni tan olishiga asoslangan) tortishuvsiz boUinadi. Sud qarorlarini da’vo turiga qarab ajratish keng tarqalgan: e’tirof ctish, qondirish va huquqiy munosabatlar o'matish to g'risida. Qonunchilikda sirtdan ish yuritish tartibi ham nazarda tutilgan, shu bois “sirtdan chiqarilgan hukm” tushunchasi mavjud bo‘lib, u odatda “sudning yakuniy qarori” tushunchasiga qarama-qarshi qo'yiladi. Italiyada ma’muriy boshqaruv faoliyatiga oid nizolar umumiy yurisdiksiya sudlarida ham, ma’muriy yurisdiksiya organlarida ham ko‘rib chiqilishi mumkin (Konstilutsiyaning 24, 103, 113-moddalari)1. Yurisdiksiyani oddiy va ma’muriy sudya o‘rtasida ajratish manfaatdor shaxsning davlat boshqaruviga nisbatan huquqiy holatiga qarab amalga oshiriladi. Umumiy qoidaga ko‘ra, umumiy yurisdiksiya sudlari sub’ektiv huquqlarni himoya qilish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqadi, ma’muriy sudlar esa davlat boshqaruvining harakatlan bilan bog’liq qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. Konstitutsiyaviy nazorat funksiyasi umumiy yurisdiksiya sudlariga yuklatilgan amerikacha model doirasida xususiy shaxslar tomonidan qo'zg'atilgan, qonunning konstitutsiyaviyligi masalasi ko'tarilgan fuqarolik va jinoyat ishlanni ko‘rib chiqish jarayonida ma’no va mazmunan o‘xshash huquqlarning himoya qilinishi ta’minlanishi mumkin. Masalan, AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan XIV tuzatishning birinchi bo'liniida tenglik pnnsipi ifodalangan boMib, unga ko‘ra hcch bir davlat o‘z vakolatlari doirasida hech kimni qonun asosida teng himoya qilishdan bosh torta olmaydi. Bu qoida shtatlar ma’muriyatlari tomonidan qo'llab-quwatlansa yoki rag'batlantirilsa, hokimiyat va mansabdor shaxslaming, shuningdek, jismoniy shaxslaming harakatlariga ham qo‘llaniladi . Inson huquqlarni himoya qilish sohasida sud qarorlarini qabul qilishning xorijiy tajribasini tahlil qilar ekanmiz, quyidagi holatga c’tibor qaratish zarur deb hisoblaymiz. Roman-german huquq oilasiga kiruvchi 0‘zbekiston huquq tizimida sud qarorlari, jumladan yuqori sudlarning hujjatlari rasman pretsedent sil'atida tan olinmaydi. Anglo-sakson yuridik oilasidan farqli odaroq, sudlaming roll mamlakatimizda ikkinchi darajali – sudlar birinchi navbalda qonunlarga asoslanadi. Ayni vaqtda, ta’kidlash joizki, O’zbekistonda cheklangan tarzda bo'lsa-da, amalda sud pretsedenti mavjud39.
Birinchidan, mamlakatimizda ikkala yuqori sud organi ham qonunchilik tashabbusini ko‘rsatish huquqiga ega. Darvoqe, Yevropa qit’asidagi mamlakallaming ko‘plab yuqori sud organlari bunday vakolatlarga ega emas. Ikkinchidan, bizda Oliy sud plenumlarining qarorlarini qabul qilish orqali sud amaliyotini umumlashtirishning maxsus tartibi ko‘rinishidagi sud huquq ijodkorJigi amalga oshiriladi. Bu qarorlar, aslida, quyi sudlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan normative xususiyatga ega hujjatlardir. Bu holatga xalqaro ekspertlar ham e’tibor qaratishgan. Masalan, venesiya komissiyasi ekspertlarining ta’kidlashicha, “sovet huquqshunosligi muayyan ishlar bo‘yicha sud qarorlarini qabul qilishda sud pretsedentning kuchini tan olmagan bo‘lsa-da, ko‘plab sobiq ittifoq mamlakatlarining Oliy sudlari (Markaziy Osiyo davlatlari ham bundan mustasno emas …) “qonunlaming rasmiy sharhlovchisi” funksiyasini saqlab qolgan: ular vaqti-vaqti bilan qonun hujjatlarini qo‘llashning ba’zi masalalari bo'yicha amalda majburiy va normativ kuchga ega bo‘lgan qarorlar chiqaradi”1. Shuning uchun, ushbu dissertatsiyada ta’kidlaganimizdek, Konstitutsiyaviy sud hujjatlari va O‘zbekiston oliy sudi Plenum! Qarorlarining normativ-belgilovchi xususiyatini inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish vositalaridan biri sifatida tan olish zarur. O‘zbekiston sud tizimini rivojlantirish borasida xorijiy davlatlarning tajribasini muvaffaqiyatli o'zlashtirmoqda. Masalan, bizda xuddi Fransiya, Gcrmaniya, Gresiya va Italiyada bo‘lgani kabi ma’muriy sudlar tashkil etilgan. Shu bilan birga, Germaniya va Italiyada mehnat nizolari bo‘yicha sudlarning ishlash amaliyoti bunday sudlami bizning mamlakatda ham tuzish mumkin degan fikrga olib keladi. Mehnat Huquqlarmi himoya qilish va tikiash bo‘yicha sud qarorlari iloji boricha tez va asosli ravishda qabul qilinishi kerak, bu esa ana shunday ixtisoslashtirilgan sudlar faoliyat ko‘rsatganida ancha osonlashadi. Shuningdck Gresiya tajribasi ham qiziqarli bo'lib, u yerda fuqarolar ma’muriy organlarning asossiz harakatlaridan himoya qilish uchun, sud himoyasi vositalari bilan bir qatorda, suddan tashqari protseduralari bilan huquqlarini himoya qilish mexanizmini to‘ldiruvchi boshqa institutlar ham bor Avvalo, bu yerda tashkil etilishi Konstitutsiyada belgilangan o‘ziga vakolatlarga ega emas. Ikkinchidan, bizda Oliy sud plenumlarining qarorlarini qabul qilish orqali sud amaliyotini umumlashtirishning maxsus tartibi ko‘rinishidagi sud huquq ijodkorJigi amalga oshiriladi. Bu qarorlar, aslida, quyi sudlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan normative xususiyatga ega hujjatlardir. Bu holatga xalqaro ekspertlar ham e’tibor qaratishgan. Masalan, Venesiya komissiyasi ekspertlarining ta’kidlashicha, “sovet huquqshunosligi muayyan ishlar bo‘yicha sud qarorlarini qabul qilishda sud pretsedentning kuchini tan olmagan bo‘lsa-da, ko‘plab sobiq ittifoq Mamlakatlarining Oliy sudlari (Markaziy Osiyo davlatlari ham bundan mustasno emas …) “qonunlaming rasmiy sharhlovchisi” funksiyasini saqlab qolgan: ular vaqti-vaqti bilan qonun hujjatlarini qo‘llashning ba’zi masalalari bo'yicha amalda majburiy va normativ kuchga ega bo‘lgan qarorlar chiqaradi”40. Shuning uchun, ushbu dissertatsiyada ta’kidlaganimizdek, Konstitutsiyaviy sud hujjatlari va O‘zbekiston Oliy sudi Plenum! Qaiorlarining normativ-belgilovchi xususiyatini inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish vositalaridan biri sifatida tan olish zarur. O‘zbekiston sud tizimini rivojlantirish borasida xorijiy davlatlaming tajribasini muvaffaqiyatli o'zlashtirmoqda. Masalan, bizda xuddi Fransiya, Gcrmaniya, Gresiya va Italiyada bo‘lgani kabi ma’muriy sudlar tashkil etilgan. Shu bilan birga, Germaniya va Italiyada mehnat nizolari bo‘yicha sudlarning ishlash amaliyoti bunday sudlami bizning mamlakatda ham tuzish mumkin degan fikrga olib keladi. Mehnat huquqlarmi himoya qilish va tikiash bo‘yicha sud qarorlari iloji boricha tez va asosli ravishda qabul qilinishi kerak, bu esa ana shunday ixtisoslashtirilgan sudlar faoliyat ko‘rsatganida ancha osonlashadi. Shuningdck Gresiya tajribasi ham qiziqarli bo'lib, u yerda fuqarolar ma’muriy organlarning asossiz harakatlaridan himoya qilish uchun, sud himoyasi vositalari bilan bir qatorda, suddan tashqari protscduralari bilan huquqlami himoya qilish mexanizmini to‘ldiruvchi boshqa institutlar ham bor Awalo, bu yerda tashkil etilishi Konstitutsiyada belgilangan o‘ziga xos mustaqil ma’muriy institutlar nazarda tutiladi. Bunda gap markaziy hukumatdan tashqarida bo*lgan hamda asosiy vazifasi davlat faoliyatini kuzatish, davlat organlarining qonunbuzarliklarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyanomalar qabul qilish orqali
fuqarolarning huquq va erkinliklarini oldindan ta’minlash bo‘lgan institutlar haqida bormoqda41. Ular o‘zlarining ma’muriy organlardan butunlay ajralib turadigan mustaqil tuzilmalariga ega bo‘lib, ma’lum ma’noda o‘zini o'zi boshqaradi (bunday organlaming tarkibi asosan parlament tomoindan belgilanib, alakali ko‘pchilik tomonidan saylansa-da, odatda ularning amal qilish muddati pariament va uning rahbarlari chaqirilish davridan oshadi), ularning faoliyati siyosiy nazoratda emas, balki faqat sud nazoratida bo'ladi. Bu organlaming a’zolari, deyarli sudyalar kabi, shaxsiy kafolatlarga ega, shuning uchun ularning ijro etuvchi hokimiyatdan mustaqilligi kafolatlangandir. Ular sudnikiga o‘xshash tartib va shaklda nizom va qarorlar qabul qilishga hamda sanksiyalar qo'llashga haqlidir. Umuman olganda, chet el amaliyotini tahlil qilish, asosiy shikoyatda e’tiroz bildinlgan ma’muriy dalolatnomaning bajarilishini to‘xtatib turish orqali, muvaqqat himoya qilish kabi sud himoyasi vositasining ahamiyati kattaligini ko'rsatadi. Amaldagi shikoyat bo'yicha sud qarori chiqarilguniga qadar uning ijrosi to‘xtatib qo‘yiladi. Albalta, ta’minlovchi himoya ma’muriy organning harakatsizligiga emas, balki faqat faol harakatlariga taalluqlidir. Bunday himoyani ta’minlash uchun tcgishli ariza shikoyatni ko‘rib chiqayotgan sudga asosiy shikoyatdan alohida hujjatda taqdim etiladL Sud nizolashilayotgan hujjatning bevosita bajarilishi natijasida arizachiga zarar yctkazilishi mumkin deb hisoblagan taqdirdagina uning ijrosi ish mohiyati bo’yicha ko‘rib chiqilguniga qadar to‘xtatib turiladi42. 0‘z-o‘zidan ma’lumki, ijroni to'xtatib qo‘yish jamoatchilik manfaatlariga zid bo‘lmasligi hamda adliya tizimining to'sqinliksiz ishlashiga xalal bcrmasligi kcrak1. Shunday qilib, sud himoyasi hamda inson huquqlari va crkinliklari sohasida sud hujjatlarini qabul qilish borasidagi xorijiy tajribani tahlil qilish quyidagilarni ko'rsatdi. Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish institutida butun mamlakat huquq tizimining vazifasi va xususiyatlari jamlangan hoIda ko‘rsatilgan. Agar qonun indamas sudya bo‘Isa, sud harakatdagi qonundir, degan ma’noda sud hujjatlari o‘ziga xos tirik huquqdir. Sud hujjatlari – inson huquqlarini himoya qilishning eng samarali vositasi.
Xorijiy davlatlar sud hujjatlarining, juinladan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida qabul qilingan hujjatlarining tur va shakllan xilma-xilligmi namoyish qilmoqda. Ko’pgina xorijiy davlatlarning yuridik fani, amaliyoti va qonunchiligida “sud hujjati” degan yuridik atama ishlatiladi. Boshqa huquqiy hujjatlardan farqli o‘laroq, sud hujjatlariga bir qancha xususiyat va atribullar xosdir. Ular
birinchidan, sud hokimiyatining o‘zidan kelib chiqadi;
ikkinchidan, sudning xohish-irodasini bildiradi; uchinchidan, sud hokimiyati qarorlanni o’z ichiga oladi;
to‘rtinchidan, ko‘rinishining tashqi shakligaega;
beshinchidan, huquqiy oqibatlarga olib keladi ammo sud hujjatlarining barchasini birlashtiruvchi umumiy xususiyat – ularning inson huquqlarini himoya qilish vazifasidir, ya’ni ular inson huquqlarini himoya qiladi yoki tiklaydi .
Do'stlaringiz bilan baham: |