Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda sud organlarining o‘rni reja: kirish i-bob


O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlashda sud himoyasining rivojlanish bosqichlari



Download 160,83 Kb.
bet4/14
Sana30.05.2022
Hajmi160,83 Kb.
#619851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
БМИ ИЗЗАТУЛЛАЕВ

1.2 O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlashda sud himoyasining rivojlanish bosqichlari

O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish vazifasining Amalga oshirilishi inson huquqlari va erkinliklari tizimi hamda odd sudlov Institutining evolyusiyasini anglash va tahlil qilish, shuningdek ulaming rivojlanish bosqichlarini o‘rganish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu munosabat bilan, o‘zbek xalqi taqdiridagi muhim huquqiy hodisa (fenomen) bo'lmish inson huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilish institutining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganish katta aksiologik Ahamiyatga ega. Hozirgi 0‘zbekiston hududida islom dini tarqalishidan avval odat huquqi va odat sudlari amal qilgan. Sud ishlarini yuritish sohasidagi birinchi va eng muhim huquqiy manbalardan biri – “Avcsto”. Sud ishlari rivojlanishining zardushtiylik davrida manbalar, ya’ni sud jarayonining Huquqiy asosi tizimlashtirilgan. Bunga misol qilib “Avcsto”da huquqiy Da’volarning to‘planishi va tizimlashtirilishini, ularga sharhlar, ya’ni “chashtaklar” – sud ishlarini yuritish va ayrim masalalarni hal qilish Bo‘yicha yo'riqnomalarmng, “kartaklar”, ya’ni sud ishlarini yuritishga oid Protsessual masalalarni hal qilish bo‘yicha izoh va yo‘riqnomalaming Paydo bo‘lishini keltirish mumkin Jamoada sud jarayonlari oehiq xususiyatga ega bo*lib, u jamoa A’zolarining umumiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan, urug a’zolarining umumiy manfaatlariga tahdid soladigan jinoyatlaming oldini olish vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Sud tadbirlarida jamoaning barcha a’zolari qatnashgan, bu esa sud jarayonining demokratik asoslarini mustahkamlagan. sudlov jarayoni rivojlanishining keying! davrida islom qoidalari, ya’ni shariat kiritilgan. Abulays as-Samarqandiy ta’kidlaganidek, qozi, ya’ni sudya o‘z faoliyatida kasb odobi va muvozanat qoidalariga asoslamb, sud muhokamasi ishtirokchilarining huquqiy jihatdan tengligi qoidasiga qattiq amal qilishi shart . Faqihlar odil sudlovni amalga oshirishda yuksak kasbiy fazilatlar zarurligini, qozilar inson huquqlarin hurmat qilishlari lozimligini ta’kidlaganlar. Bu borada Sh. A. Ishanova qozilar o'qimishli ulamolar bo‘lib, islom huquqi (fiqh)ni yaxshi bilganliklarini alohida qayd ctgan , Taniqli mutaxassis L. R. Syukiyaynen ta’kidlaganidek, islom huquqshunoslari, islom konsepsiyasining asosiy xususiyati shundaki, huquqning manbaini odamlar tabiatidan izlaydigan va insonning sub’ektiv huquqlarini qonun manbai deb hisoblaydigan g’arb tabiiy huquq nazariyasiga qarama-qarshi ravishda, islom uchun, aksincha, inson huquqlari va erkinliklarining manbai shariat, “ilohiy qonundir . Shu bois, inson huquqlarini qonunlarda mustahkamlashning asosiy ma’nosi ularni davlat tajovuzlaridan himoya qilishda deb biladigan g'arb liberal konsepsiyasidan farqli o‘laroq, islom hokimiyatni shariat bilan bog‘liq bo’lgan va uning ko‘rsatmalarini, jumladan inson huquqlari va erkinliklariga taalluqlarini ham amalga oshirishda katta rol o'ynaydigan institut deb biladi. Sud hokimiyati, islom qonunlariga ko‘ra, davlat hokimiyati istituti sifatida davlat boshqaruvi tizimida alohida o‘rin egallagan, zero qonun ustuvorligini va ijtimoiy adolatni ta’minlash sohasidagi davlat funksiyalarming bajarilishi ko'p jihatdan uning samaradorligiga bog‘liq . Shu bois, adolatli boshqaruv g‘oyasi faqihlaming oqilona davlat boshqaruvi haqidagi ta’limotida asosiy o’rin egallaydi. Qozi tortishayotgan ikkala tomonga, ya’ni da’vogar (muddati)ga ham, javobgar (muddaialeyhi)ga ham tamomila xolisona munosabatda borishi, ya’ni ularni bir xilda “muddat” (“jabrlanuvchilar”) deb nomlanishi kerak. Sud jarayoni tugab, hukm chiqarilganidan keyingina mahkum aybdor deb atala boshlagan. Shu tariqa aybsizlik prezumpsiyasiga rioya qilingan. dastlabki sud jarayonining (eshituvininig) yana bn o‘ziga xos jihati – sud jarayonining uzluksizligi va yozma ish yurituvining yo'qligidir, ish og‘zaki, ochiq (oshkora), ortiqcha rasmiyatchiliksiz ko‘rib chiqilgan va uning natijasi batamom qoziga bog'liq bo'lgan3. Imom Dora Qulniy «Sunan» kitobida shunday yozgan: «Albatta, qozilik ishlari muhkain farzdir va bardavom sunnatdir. Qachon senga hujjat keltirilsa, uni yaxshi fahmlab olib haqiqatni ravshan bo’lgan chog’da uni yuzaga chiqar. O‘tmaydigan haq uchun (oraga tushib) gapirish manfaat bermaydi. Ikki tomon orasida yuzingm, majlisingni va adolatli bir xil qil, toki, sharaf scning javringga tama’ qilmasin va zaif sening adolatingdan noumid bo'Imasin. Da’vogarlik qilganga hujjat keltirish, inkor qilganga qasam ichish lozim bo‘ladu Musulmonlar orasida sulh joizdir. Magar haromni halol qilgan, halolni harom qilgan sulh joiz emas.Kecha chiqargan hukmning uni o zingcha qayta ko‘rib, to‘g‘rilikka hidoyat qilinib, so'ngra haqqa qaytishingdan man qilmasin… Kim hujjat keltirishni da’vo qilsa, unga yetarlicha vaqt agar u hujjat keltirsa, haqqini olur. Magar uning ziddiga hukm chiqarasan. Albatta, o'shandoq bo’lishing aniqlikni yo otuvchiroq va uzrni o‘tkazuvchiroqdin Albatta, Alloh ichki sirlarni bilishni O’ziga olgan va sizga hujjatlari qaytargan . Burhoniddin Marg’inoniyning «Hidoya» asarida «Qozining Maqomi» deb nomlangan maxsus bo‘lim boiib, unda shariat sudlari – qozilaming burch va majburiyatlari, ularga berilgan vakolatlar, qo‘yilgan talablar, hukm chiqarish qoidalari kabi masalalar o‘z ifodasini topgan3. Qozilar hukmdor tomonidan tayiiilanadigan shaxslar bo'lib, ularga shariat ilmini yaxshi bilish, ozod shaxs boyish, mustaqil qarorlar qabul qila bilish, adolat tarafdori bo'lish, huquq va muomala layoqatiga ega boyish hamda aqli raso shaxs bo‘lish kabi talablar qo‘yi1gan. Inqilobdan avvalgi davrda 0‘zbekistondagi sud ishlarini yuritish tartibi odatlar va shariatda o‘z aksini topgan, chunki ularda jamiyat a’zosining maqomi belgilab qo‘yilgan, sud tartib-taomili esa hamma uchun ochiq va tushunarli bo‘lgan, jamiyatning har bir a’zosiga uning sub’ektiv huquqlari sud orqali adolatli himoya qilinishini ta’minlagan. Islom qaror topishi bilan u o’zbek jamiyatining deyarli butun hayoti va faoliyatiga ta’sir qilgan, natijada shariat mahkama sudi paydo bo‘lgan. Sud tuzilmalari siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda tashkil qilingan, bir vaqtning o’zida shariat asosida ishlovchi qozilik sudlari ham, sovet qonunlari asosida ishlaydigan sho‘ro sudlari ham faoliyat ko‘rsatgan. Tadqiqot mavzusiga muvofiq, ayollarga tahqirlovchi shafqatsiz jazolar berilishi ham aynan o‘sha paytda taqiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi hududida sud himoyasi institutining paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqish zarurati O‘zbekiston sud tizimiga xos xususiyatlarni aniqlash ehtiyojidan kelib chiqadi. O‘zbekistonda sud tizimi va sud ish yurituvining shakllanishi hamda Qaror topishi inqilobdan oldingi davrdayoq boshlangan. VII asrga qadar O‘zbekistonda odil sudlov odat huquqi bo‘yicha amalga oshirilgan, ayni paytda sud amaliyotida ulammg qo’llanish doiralari aniq ajratilmagan va muhim vaqt o'tishi biIan almashib turgan. 0‘zbekistonda o‘ziga xos hakamlik sudi, ya’ni ishlami kehshuv bitimlari orqali, nizolashayotgan tomonlar tanlagan vositachilar orqali hal qilish ham bo‘lgan. Shu bilan birga, ishni yoki nizoni odat yoki shariat bo‘yicha ko'rib chiqishdan oldin xususiy kelishuvga yoki tomonlaming yarashuviga erishishga urinib ko‘rish lozim bo‘Igan. Odil sudlov tortishuvh, jamoaviy, oqilona va xolisona bo’gan, sud tartib-taomili esa hammabop va tushunarli, jamoaning har bir a’zosiga sub'ektiv buquqlari sudda adolatli himoya qilinishini ta’minlaydigan bo‘lgan. Odil sudlovni odat huquqi bo‘yicha amalga oshiradigan odat sudlari tarkibiga “urug‘ yoki qabila dohiylari, yuqori tabaqa vakillari, boy qabiladoshlar, oqsoqollar va hurmatli qariyalar” kirgan. Sudlar nafaqat bahs va nizolar bo‘yicha, balki hamma manfaatdor bo’lgan barcha masalalar bo‘yicha ham qarorlar qabul qihshgan. Sudlaring qarorlari qat’iy bo‘lgan va qayta ko‘rilmagan. Odil sudlovni oqsoqollar, xalq yig‘inlari va qozilar amalga oshirgan. Agar tomonlar himoya qilishini so’rab hukmdorlarga murojaat qilsalar, ular xohish-irodasi bilan sud qarori chiqarishi yoki sud jarayoniga aralashishi va sudga ta’sir qilishi mumkin bo’1gan. Rossiya imperiyasi O‘zbekiston (o‘sha paytda Turkislon) hududini egallab olganidan keyin odat va shariat qoidalarming qo'llanishini chcklashga ilk urinishlar bo‘ldi4. Chor hokimiyati manfaatlariga mos keladigan sud tuzilmalarini yaratish sudlov sohasidagi siyosatning asosiy yo‘nalishi cdi. Biroq, sud sohasidagi va ma’muriy islohotlar mahalliy odat huquqi va qisman islom huquqini modernizatsiya qilish asosida amalga oshirildi. Odat va shariat bo‘yicha sudlar Rossiya davlatining ajralmas qismiga aylandi. Mustamlaka davrida imperiya huquqi qoMlana boshlashi bilan sudlov manbalari o'zgardi, bu davrda mavjud bo‘lgan sudlar: mirovoy sudlar, uezd (okrug, tuman) sudlari, viloyat boshqarmalari, hukumat Senatiga bo’lingan. Turkiston general-gubernatorligining amaldagi normativ huquqiy hujjatlarida yagona qozilik sudi (u “xalq sudi” deb yangicha nomlandi) joriy etildi, ular saylanadigan va keyinchalik tasdiqlanadigan bo‘ldi, har birining amal qilish doirasi belgilandi. Qozilik sudlari faoliyatining o'ziga xosligi shunda ediki, yigirma yildan ko’proq vaqt davomida, 1887-yilgacha sudlarga harbiylar raislik qilgan, harbiy gubernator esa xalq sudlari – qozilaming qarorlari (ajrimlari) va hukmlarini tasdiqlagan. 1864-yildagi sud-huquq islohotiga muvofiq, Turkistonda Rossiya ma’murlari harbiy gubematororqali uezd (tuman) sudyalarining ishlariga aralashishi, ularga hayfsan va tanbch berisbi mumkin cdi. Amalda general-gubernatorlik devonxonasi sudga nisbatan shunday huquqlarga ega ediki, hatto Adliya vazirligi ham o'ziga qarashli sudlarga nisbatan bunday huquqlarga ega emas edi5. 1867-yildagi Nizom loyihasiga muvofiq quyidagi sud organlari tuzildi:

  1. Uezd sudlari (ularga mirovoy sudyalar huquqlari berilgan);

  2. Vaqtinchalik (muvaqqat) harbiy sudlar;

3. Jinoyat va Fuqarolik sudlarining viloyat boshqarmalari (1898-y.da tugatilgan);

  1. Mirovoy sudyalar qurultoyi (s’ezdi);

  2. Xalq sudlari.

XIX asrning 90-yillari oxirigacha Turkislon o‘lkasida islohotgacha bo‘lgan sud organlari tizimi ishlagan. “Sirdaryo, Samarqand, Farg'ona, Yettisuv, Oqmola, Semipalatinsk, Ural va To‘rg‘ay viloyatlarida sud Nizomlarini qoTlash bo icha vaqtinchalik qoidalar” (1898) joriy qilinganidan boshlab Turkistonda umumrossiya sudlari ish boshladi, bu esa huquqiy va ma’muriy ziddiyatlarga ohb keldi. Shariat qonunlariga tayanadigan va mahalliy aholining manfaatlarini aks ettiradigan xalq sudlarini Turkiston sud tizimiga birlashtirish, adliya institutlari ustidan nazorat qilish sohasida, mansabdor shaxslarni sud lavozimlariga tayinlashda o’tka ma’muriyati yoki adliya vazirligining ustunligi masalalari hal qilinmay qoldi. Bu Turkiston general-gubernatori va adliya vazirligi o'rtasida nizolarga olib kelardi. 1898-yilda Toshkent sud palatasi tashkil etilib, unga butun Turkiston uchun asosiy sud instansiyasi huquqlari berilgan. Ta’kidlash kerakki, Yevropa sudlari har doim ham aholining ehtiyojlarini qondira olmagan, bunga asosiy sabab sudyalaming mahalliy tillarni bilmasligi va sud ishlarining taijimonlarga qattiq bog’lanib qolgani edi. Bu haqda gazetalardan biri shunday deb yozgan edi: imperator Aleksandr II ning sud qonunlari umuman olganda ideal bo’lsa-da, mahalliy aholining manfaatiga zid ravishda, ushbu o’lkadagi sud institutlarimizning hozirgi mavqeini hisobga olsak, ular oldiga qo’yilgan buyuk maqsadga, ya’ni “hammaga teng munosabatda bo‘lib, tez hukm chiqarish” maqsadiga mos kelmaydi. …Sud muassasalarida tarjimonlaming suiiste’niolliklari shu darajaga yetmoqdaki, ta’rifga til ojiz. … Mahalliy xalq orasida “Sud va sudyadan emas, tarjimonlardan qo’rq”, degan naql paydo bo’ldi. Mahalliy Fuqarolar graf K. Palen senatorlik taftishi o‘tkazishi uchun shikoyat qilib, O‘z qozilari istisnosiz barcha ishlarni koTib chiqishlarini va cheklanmagan miqdordagi mablag'ga oid har qanday hujjatlami hal qilishlari uchun ruxsat bcrilishini so‘rab liaqli murojaat qilgan edilar”. Ta’kidlash joizki, O‘rta Osiyo hududida 1917-yilgacha qozilik sudlari, odat huquqi sudlari, shuningdck chor sudlari mavjud edi. Qozilik sudlari (“xalq” sudlari) Turkiston viloyati aholisining 90 foizidan ko‘prog’iga xizmat ko'rsatgan va ular chor sudlaridan ancha ko‘p bo’lgan. Sud ishlarining ko‘p qismi “xalq” sudlarida ko'rilgan. Masalan, 1907- yilda koTilgan 2931 ta jinoyat va 11 732 ta fuqarolik ishidan 2612 ta jinoyat ishi (89 foizi) va 10 755 ta fuqarolik ishini (91 foizi)ni “xalq” sudlari hal qilgan’. Shu bilan birga, tan olish kerakki, mustamlaka Turkistonda chorizm qo’llagan barcha shafqatsiz zulmlarga qaramay, Rossiya imperiyasi qonunchiligi xonliklarda amal qilgan shariat huquqiy qoidalaridan ancha ilg‘or edi. masalan, qozilik sudlari tomonidan qo’llanilgan mahkumlami tiriklayin yerga ko'mib, toshbo'ron qilish, baland minoralardan tashlash kabilar orqali bajariladigan o‘lim jazosi bekor qilindi. qo‘l-oyoqlami kesib, qaynab turgan yog‘ga botirish, darra bilan urish, quloq va burunni kesish, ko‘zlami o‘yish kabi jismoniy jazolar ham bekor qilindi. Ammo, umuman olganda, islomda inson huquqlari va erkinliklari ko‘p jihatdan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidagi kabi juda keng qamrovli tarzda mustahkamlab qo‘yilgan. Masalan, Inson huquqlari Islomiy deklaratsiyasida shunday deyilgan: “Barcha uchun sudga murojaat Qilish huquqi kafolatlangan” (19-moddaning b-bandi) , Sovet davrida respublikada shariat sudlarini birin-ketin xalq sudlariga almashtirish orqali ularning amal qilish doirasini bosqichma-bosqich cheklash siyosati boshlandi; sotsialistik hukumat mamlakatning davlat va huquq tizimiga sud jarayonining demokratik prinsiplarini joriy qilishni boshladi. Ayni vaqtda sovet huquq tizimi, umuman olganda, insonning davlat oldidagi majburiyatlan g‘oyasiga asoslangan edi. Bu davrda qonun himoyasini amalga oslnrish va nizolann hal qilishda sudning roli keskin kamaydi. Davlat va jamoa mulki birlamchi ahamiyatga ega bo'lib, uchinchi shaxslardan cheksiz himoyada edi6.
Sovet davrida respublikada dastlabki bosqichda shariat sudlarini joriy ctish siyosati olib borildi, keyin esa shariat sudlarini asta-sckin xalq sudlari bilan almashtirish kampaniyasi boshlandi; hukumat mamlakat huquqiy tizimiga sudlovning dcmokratik prinsiplarini joriy ctish siyosalini yurita boshladi. Ayni vaqtda sovet huquqiy tizimi, umuman olganda, insonning davlat oldidagi majburiyatlan g‘oyasiga asoslangan edi. Fuqarolarning qonunda bcvosita nazarda tutilgan huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid ishlar sudlar vakolatiga kirardi. Ma’muriy vazifalar va sud funksiyalarining dcyarli barcha darajalarda harbiy-byurokratik apparat qo'lida to‘g‘ridan-to‘g‘ri birlashtirilishi sud qarorlarining ushbu apparat irodasiga, kompctcnsiya va talabchanlik darajasiga bog'liqligiga olib keldi. Turkiston xalqlari bunday sudlar qarshisida, o‘zlari ko’nikib qolgan an’anaviy qonun-qoidalar va urf odatlardan yiroq bo’lgan tushunarsiz kazuistik huquqiy normalar tufayli, o‘zlarini ishonchsiz, himoyasiz his qilardilar. 1917-yildan keyin Turkistonda qozilik sudlari vaqtincha saqlanib qoldi, biroq endi ulaming maqomi va vakolatlan avvalgilaridan farq qilardi. Ularning faoliyati Adliya xalq komissarligi va mahalliy kengashlar nazoratida amalga oshirilar, o‘z sudloviga tegishli ishlarni ko‘rib chiqish vakolati esa cheklangan edi. Ammo, 1928-yil 18-fevralga kelib O’zSSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining qarori bilan qozilik sudlari tugatildi, ulaming barcha hujjatlari negishli tuman sudlariga topshirildi. Shunday qilib, sovet adliya tizimi qozilik sudlandan inqilobiy tribunallarga va xalq sudlariga aylanish yo‘lida edi. Partiya organlari va ijro etuvchi hokimiyat sudlami o’zlarining partiya va hukumat siyosatini amalga oshirishga majbur bo'lgan qo'shimcha qismi deb hisoblardi, 1991- yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, huquqlar va qonuni bilan himoyalangan manfaatlami himoya qilish bo'yicha barcha ishlar hech bir cheklovsiz 0‘zbekiston Respublikasi sudlarnung tasarrufiga o’tkazildi . Shunday qilib, Umumjahon islom deklaratsiyasida mustahkamlangan inson huquqiari dunyodagi ko’plab mamlakatlaming xalqaro hujjatlarida bclgilangan xudi shunday huquqlarning vorisiyligidan dalolat beradi. Islom konsepsiyasi Inson huquqiari va erkinliklari umumjahon dcklaratsiyasi hamda Huquqlar va asosiy crkinliklarni himoya qilish konvensiyasida keltirilgan erkinlik konsepsiyasidan katta farq qilmaydi. Umumjahon islom deklaratsiyasida keltirilgan asosiy erkmliklar Spektri – bu islom huquqi tizimini xalqaro huquq tizimiga yaqinlashtirish yo‘lida tashlangan sifat jihatidan yangi qadam. Unda musulmonning eng Muhim huquqi – odil sudlovdan foydalanish huquqi alohida qayd etilgan 0‘zbekiston mustaqillikka erishgach avvalgi tizimdan unga chinakamiga mustaqil bo'lmagan va shaxs huquqlarini sud orqali himoya qilishga yo‘naltirilniagan mafkuralashgan sud-huquq tizimi meros bo‘lib o’tdi. Boshlangan sud-huquq islohotlarining asosiy yo'nalishlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilandi, unga ko‘ra sud hokimiyati davlat hokimiyatining mustaqil tarmog’i hisoblanadi. mamlakatimiz Konstitutsiyasiga muvofiq, sud hokimiyatini shakllantirish asoslari 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni bilan mustahkamlangan. Unda sud tizimining zamonaviy xalqaro standartlar va xalqaro huquq normalariga javob beradigan eng muhim prinsiplan, jumladan fiiqarolaming qonun va sud oldida tengligi, aybsizlik prezumpsiyasi, sud jarayonining tortishuvliligi, himoyalanish huquqi va boshqalar aks etgan. O‘zbekiston Rcspublikasi Konstitutsiyasining 108-moddasiga muvofiq, ilk bor konstitutsiyaviy sud ish yurituvini joriy etish ko‘zda tutildi. 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi o'shandan buyon qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlami ko‘rib chiqmoqda. 1994-yilda Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari va Ma’muriy javobgarlik to'g risidagi kodeksning qabul qilinishi sud-huquq islohoti yo'lidagi muhim qadatn bo‘ldi. Bu kodckslarda ushbu sohada chiqarilgan avvalgi hujjatlardan ajratib turadigan qonun ustuvorligining demokratik prinsiplariga mos normalar o‘z ifodasini topdi. Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni liberallashtirish, insonparvarlashtirish va dekriminallashtirish sud-huquq sohasini isloh qilishning asosiy yo'nalishiga aylandi. Insonparvarlik va kcchirimlilik kabi o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’analariga muvofiq yarashish institutining joriy ctilishi tizimni modernizatsiyaning yangi bosqichiga olib chiqdi. 2000-yi1 dckabr oyida “Sudlar to’g’risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilinishi sud tizimini isloh qilishning muhim bosqichi bo‘ldi7. Unda sudlov sohasidagi islohotlarning xalqaro tajribasi hamda mustaqillik yillarida to‘plangan sud-huquq tizimini isloh qilish tajribasidan foydalanildi, shuningdek sudlarning faoliyatini yanada demokratlashtirish va takomillashtirish uchun sharoit yaratildi. Qonunning 2-moddasida “0‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to’g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolaming huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishga da’vat etilgan”8 degan qoida bevosita belgilab qo‘yilgan. 2008-yil boshidan buyon sud-huquq sohasidagi tub o‘zgarishlarni aniq aks ettiruvchi ikkita eng muhim qonun kuchga kirdi. 2008-yil yanvardan boshlab 0‘zbekistonda o'lim jazosi butunlay bekor qilindi va qamoqqa olish uchun sanksiya bcrish huquqi csa sudlarga o’tkazildi. mazkur tub o‘zgarishlar jinoyat qonunchiligini liberallashtirishning yangi bosqichini hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O'zbekiston Konstitutsiyasida e’lon qilingan asosiy inson huquqlaiini, shu jumladan, yashash huquqi va shaxsiy daxlsizligini himoya qilislming yangi bosqichini boshlab berdi. Qamoqqa olish uchun sanksiya berish huquqi avvalgidek prokuraturaga emas, sudlarga tegishli bo'ladigan Habeas corpus institutining jinoyat-ijroiya amaliyotiga kiritilishi shaxsning asosiy huquqlaridan biri bo‘lgan shaxsiy daxlsizlik va erkin bo’lmish huquqini himoya qilishning huquqiy asoslarini sczilarli darajada mustahkamladi. Shu nuqtai nazardan, 2017-yil 21-fevralda “0‘zbekiston Rcspublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmon qabul qilinishi sudlar ishining sifatini sczilarli darajada oshirdi, odil sudlovni amalga oshirishda haqiqiy adolat prinsiplariga amal qilinishini ta’minladi. Oliy sud va Oliy xojalik sudining fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va xo‘jalik ishlarini yuritish sohasidagi yagona oliy organ – O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirilishi ushbu hujjatning muhim qoidasi bo‘Idi. Bu islohot sud tizimini boshqarish funksiyalarming takrorlanishiga chek qo‘yish va yagona sud amaliyotini shakllantirish imkonini berdi. Sud hokimiyati mustaqilligi, sudlaming moddiy-texnik va moliyaviy ta’minot masalalarini mustaqil hal qilishi prinsipiga rioya qilish maqsadida Farmon bilan O‘zbekiston Respubhkasi Oliy sudi huzunda Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi. Yangi O'zbekistonni rivojiantirishning muhim strategik dasturi – qonun ustuvorligini va sud-huquq tizimining yanada isloh qilinishini ta’minlash – “2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojiantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi’da ikkinchi ustuvor yo'nalish sifatida belgilangan. Bu yo’nalish qonun ustuvorligini va sudning haqiqiy mustaqilligmi ta’minlash choralari ko‘rilishini nazarda tutadi. Masalan, sudyalarning qaror qabul qilishda mustaqilligini ta’minlash, professional sud tizimini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbnlari amalga oshirilishiga xizmat qiladigan Sudyalar oliy kengashi tuzildk Ma’muriy sudlar, iqtisodiy sudlar tizimida viloyat Apellyatsiya sudlarini tuzish orqali sudlami yanada ixtisoslashtirish va Ularning apparatini mustahkamlash choralari qoyildi, sudya yordamchisi lavozimlari ta’sis etildi. Sansalorlikka hamda ishlarning sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi asossiz kechikishiga yo’lqo‘ymaslik maqsadida protsessual qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi, yuqori turuvchi sudlaming quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil ravishda bartaraf etish va yakuniy qaror qabul qilish vakolatlari kcngaytirildi. Huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining xalq (aholi, odamlar) bilan to‘g‘ridan-to’g’ri muloqotini yo’lga qo‘yish, ularning aholi uchun qulay bo‘lishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaat va xabarlarni o‘z vaqtida qabul qilish choralari ko‘rildi. Axir, davlat va jamiyatni tubdan modernizatsiya qilishda, avvalo, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlash, odil sudlovga erishish, qonuniylikni mustahkamlash alohida ahamiyatga ega8. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilishning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida islomgacha bo’lgan davr, islom huquqi hukmronlik qilgan davr, mustamlaka davri, sovetlar davri va hozirgi davrni ajratish mumkin. Shunday qilib, yuqorida bayon etilganlar mustaqillik yillarida mamlakat sud tizimini takomillashtirish bo'yicha boshlangan jadal ishlar Bugun O'zbekistonda yangi bosqichga ko’tarilganidan dalolat beradi.

Download 160,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish