Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda sud organlarining o‘rni reja: kirish i-bob



Download 160,83 Kb.
bet7/14
Sana30.05.2022
Hajmi160,83 Kb.
#619851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
БМИ ИЗЗАТУЛЛАЕВ

Butunjahon harakat rejasida (1993) fuqarolik jamiyatini barcha inson huquqlari hurmat qilinadigan tinch va jamiyat hayotida ishtirok etuvchi modelga aylantirish maqsadida kuch-g‘ayratlarni global miqyosda safarbar etish, ya’ni bu ishga muayyan inson, oila, jamiyat, davlatdan tortib, xalqaro tashkilotlargacha, shu jumladan, BMTni ham jalb qilish zarurligi haqida gap boradi. Ta’limning barcha bo‘g‘inlariga inson huquqlarini o‘qitishni jadal va samarali joriy etish sohasidagi va bu faoliyatni barcha rejalashtirilgan, kafolatlovchi tadbirlar ana shu maqsadga bo‘ysundirilgan. Butunja­hon rejasi alohida olingan inson yoki odamlar guruhiga o‘z muammo­lari va qarama-qarshiliklarni kuch ishlatmagan holda hal qilish im­konini beradigan inson huquqlari madaniyatini shakllantirishni va demokratik jamiyatlarni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu rejani ro‘yobga chiqarish uchun ta’limning barcha tizimida inson huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini o‘qitishni tashkil etish taklif qilinadi22.
Vena Deklaratsiyasi va Harakat dasturi (1993) BMTga a’zo-davlatlarga inson huquqlari sohasidagi ta’limning eng keng miq­yosini ta’minlovchi strategiyani belgilab olishni va aniq dasturlar ishlab chiqishni tavsiya qiladi. Vena Deklaratsiyasi va Harakat dastu­ri, eng avvalo, inson huquqlari sohasidagi ta’lim, kadrlar tayyor­lash va jamoatchilikni xabardor qilish masalalariga bag‘ishlangan. Xususan, Deklaratsiyada barcha davlatlar va muassasalarga inson huquqlari, gumanitar huquq, demokratiya va qonuniylik masalalari­ni barcha rasmiy va norasmiy ta’lim muassasalarining o‘quv dastur­lariga kiritish tavsiya qilinadi (79-band).
Inson huquqlari sohasidagi ta’limni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga ko‘maklashish va ularni yagona o‘zanga yo‘naltirish maqsadida, BMT Bosh Assambleyasi 1995 yildan 2004 yilgacha bo‘lgan davrni BMTning inson huquqlari sohasidagi ta’lim o‘n yilligi deb e’lon qildi. Assambleyada inson huquqlari sohasidagi ta’lim shunchaki axborot tarqatish doirasidan chiqishi va kompleks hamda muntazam jarayonga aylanishi kerakligi bayon qilindi, binobarin uning doirasida rivojlanishning turli darajalarida bo‘lgan va jamiyatning barcha qatlamlariga mansub odamlar boshqa kishilarning insoniy qadr-qimmatini hurmat qilishni, barcha jamiyatlardagi bunday hurmat ta’minlanishining vositalari va uslublarini o‘rga­nadi.
O‘n yillikka mo‘ljallangan Harakat dasturida xalqaro hamja­miyat bilan muvofiqlashtirilgan va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar qoidalariga asoslangan inson huquqlari sohasidagi ta’lim tushunchasiga ta’rif beriladi.
Mazkur qoidalarga muvofiq inson huquqlari sohasidagi ta’limga: bilimlar va ko‘nikmalarni singdirish hamda mavqelarni shakllantirish orqali butunjahon inson huquqlari madaniyatini vujudga keltirish uchun qo‘llaniladigan va: inson huquqlari va aso­siy erkinliklariga nisbatan hurmatni mustahkamlashga; inson shax­sini va insoniy qadr-qimmatni his qilishni har tomonlama rivoj­lantirishga; jinslar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish, sabr-toqat va teng­likka hamda barcha millatlar, tub xalqlar va irqlar, milliy, etnik, diniy va tilga mansublik bo‘yicha guruhlar o‘rtasidagi do‘stlikka ko‘maklashishga; barcha odamlar uchun erkin jamiyat hayotida samarali ishtirok etish imkoniyatini ta’minlashga; Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash bo‘yicha tadbirlariga ko‘makla­shishga qaratilgan ta’lim, tarqatish va xabardor qilishga doir sa’y-harakatlar, deb ta’rif berish mumkin23.
O‘n yillikka mo‘ljallangan Harakat rejasida ehtiyojlarni ba­holash va strategiya ishlab chiqish orqali inson huquqlari sohasidagi ta’limga ko‘maklashish strategiyasi; xalqaro, mintaqaviy, milliy va mahalliy darajalardagi dasturlar ishlab chiqish va salohiyatni mustahkamlash; o‘quv materiallari ishlab chiqilishini muvofiqlash­tirish; ommaviy axborot vositalarining rolini mustahkamlash va Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasini global miqyosda tarqatish nazarda tutiladi. Inson huquqlari sohasidagi ta’lim o‘n yilligi BMTning global loyihasi bo‘lib, unda keng qamrovli in­son huquqlari madaniyatini rivojlantirish uchun umumiy ish asos­lari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tavsiya qilingan Inson huquqlari sohasidagi butunjahon dasturi­ning maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi va inson huquqlari sohasi­dagi ta’lim inson huquqlari madaniyatini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo‘shayotganligini ta’kidlaydi.
BMT Bosh Assambleyasi 2000 yil 18 dekabrda o‘zining Oltmish ikkinchi sessiyasida Inson huquqlari sohasidagi ta’lim xalqaro yili to‘g‘risida rezolyusiya qabul qildi. Ushbu hujjatga muvofiq 2008 yil 10 dekabrdan boshlanadigan bir yillik davr Inson huquq­lari sohasidagi xalqaro ta’lim yili deb e’lon qilingan. Bu davr insonning barcha huquqlari va asosiy erkinliklarini, shu jumladan, rivojlanish huquqini yanada faol rag‘batlantirish va himoya qilish maqsadida, siyosiy, iqtisodiy va madaniy tizimidan qat’i nazar, davlat zimmasidagi insonning barcha huquqlari va asosiy erkinlik­larini rag‘batlantirish hamda himoya qilish majburiyatlarini, shu­ningdek milliy va mintaqaviy xosliklarni hamda turli tarixiy, madaniy va diniy jihatlar ahamiyatini hisobga olgan holda univer­sallik, jipslik, o‘zaro bog‘liqlik, beg‘arazlik, xolislik va umumiy­lik prinsiplari, amaliy muloqot va hamkorlik asosida inson huquqlari sohasida yanada kengroq va chuqurroq ta’limni ta’minlov­chi tadbirlar o‘tkazishga bag‘ishlangan.
2000 yili Senegalda bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim anjumani ham inson huquqlari sohasidagi ta’lim uchun muayyan ahamiyatga ega bo‘ldi. Xalqaro hamjamiyat vakillari 90-yillarda erishilgan taraq­qiyotni ko‘rib chiqish va ta’limga hamma tarafdor ekanligini tas­diqlash maqsadida to‘plangan edilar. Butunjahon anjumani doira­sida 2015 yilga kelib barcha uchun sifatli boshlang‘ich ta’limni ta’minlashni nazarda tutuvchi Dakar harakatlar doirasi ma’qul­landi. YuNESKO zimmasiga barcha xalqaro ishtirokchilarning harakatlarini uyg‘unlashtirib borish va dunyo miqyosida erishilgan sur’atlarni qo‘llab-quvvatlash vazifasi yuklatildi.
Yevropa Kengashi Ustavining (1949) 3-moddasida inson huquq­larini hurmat qilish nafaqat muayyan qadriyatlarni tantanali e’lon qilish, balki Yevropa Kengashiga a’zo bo‘lish sharti ham ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.

Download 160,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish