Mavzuning o‘rganilish darajasi. O‘zbeksiton Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov asarlarida, shuningdek bir nechta siyosatshunos olimlarning ilmiy ishlarida sud huquq tizimi va uning shakllari haqida nazariy jihatdan chuqur tahlil qilingan ishlarni olib borishgan. Jumladan olimlarimizdan A.A.Azizxo‘jaev, N.Jo‘raev, T.Fayzullaev , O.T.Husanov, V.A.Kostetskiylar ilmiy ishlarida bu mavzu yuzasidan tadqiqot olib borib ilmiy maqolalar yozishgan. Biz sud organlarini inson huquqlarini ta’minlash borasidagi roli va ahamiyati masalasi yaxlit konseptual tadqiqot ob’ekti bo'lmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, inson huquqlarini sud orqali himoya qilishning nazariy asoslarining ayrim jihatlari esa umuman ko’rib chiqilmaga, shu ma’noda ushbu bitiruv malakaviy ishda ma’him darajada 0‘zbekiston Rcspublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni (2021-yil), 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21 oktabrdagi PF-4850-son “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi PF-4947-son “0‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Stratcgiyasi to‘g‘risida”gi, 2020-yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada Takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to'g‘risida”gi PF-6034-son farmonlari; 2020- Yil 3-sentabrdagi “Sud hokimiyati faoliyatini raqamlashtirish choratadbirlari to tg‘risida”gi PQ-4818-son qarori, 2020-yil 7-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6127-sonli “Sudyalaming Chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to*g‘risida”gi farmoni kabi hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalami har tomonlama amalga oshirishga xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy va amaliy ahamiyati shundaki, unda ifodalangan ilmiy-nazariy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar yuridik fanni, jumladan davlat va huquq nazariyasi, inson huquqlari nazariyasi, shuningdek, qator tarmoq fanlarini yanada boyitishga xizmat qilishida ko'rinadi. Ilmiy tadqiqotning nazariy jihatlari inson huquqlarini sud orqali Himoya qilish faoliyatini huquqiy tartibga solish va bunda sud hujjatlarining qo'llanishini takomillashtirish bo’yicha yangi ilmiy tadqiqotlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishning mavjud amaliy tavsiya va takliflardan amaldagi qonunchilik va sud amaliyotini takomillashtirishda, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda, davlat va huquq nazariyasi Konstitutsiyaviy huquq, inson huquqlari kabi fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda, shuningdek, o‘quv-metodik qo‘Ilanmalar ishlab chiqib foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |