Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda sud organlarining o‘rni reja: kirish i-bob


-BOB. SUD HUQUQ TIZIMI VA UNING TASHKIL ETILISHI



Download 160,83 Kb.
bet3/14
Sana30.05.2022
Hajmi160,83 Kb.
#619851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
БМИ ИЗЗАТУЛЛАЕВ

1-BOB. SUD HUQUQ TIZIMI VA UNING TASHKIL ETILISHI


1.1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD HOKIMYATINING HUQUQIY ASOSLARI

So‘nggi to‘rt yil ichida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan tub ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar va sud-huquq sohasidagi islohotlar sud hokimiyatining va odil sudlov tizimidagi ko'plab institutlarning roli va ahamiyati jiddiy ravishda o'zgarishiga olib keldi. Bunday muhim, hayot uchun zarur institutlar qatoriga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlab qo'yilgan inson huquqlari va erkmliklarini sud orqali himoya qilish instituti ham kiradi. Mamlakat Prezidenti Sh. Mirziyoev Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “qonunchilikni takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’miniash borasida navbatdagi muhim qadam qo'yish zarurligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda”. Konstitutsiya ijtimoiy tuzumning asosiy prinsiplari va shaxsning huquqiy maqomi mustahkamlangan siyosiy-huquqiy hujjatdir, u demokratik davlatlammg konstitutsiyaviy rivojlanish tajiibasini aks ettirgan holda, konstitutsiyaviy tartibga solishning xalqaro standartlariga to‘liq mos keladi hamda shaxsning asosiy huquq va erkmliklari himoya qilinishini kafolatlaydi. Uning qoidalari Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda boshqa xalqaro hujjatlarga mos keladi. Mamlakatning asosiy qonunida ifodalangan inson huquqlari va erkmliklari instituti O'zbekiston Respublikasining huquqiy tizimida munosib o'rin egalladi, Konstitutsiyada shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlari va mexanizmlari mustahkamlab qo‘yilgan. Masalan, insonning odilona sudlanish huquqi Konstitutsiya darajasida (O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26, 106-moddalari, 107-moddasining 3-qismi va 116- moddasida), tarmoq Kodekslari darajasida (O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual kodekslanda) hamda bevosita amal qiluvchi qonunlar darajasida (O'zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunida mustahkamlangan. Huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaallarni sud orqali himoya qilish va ularning buzilishi oqibatlarini bartaraf etish insonning asosiy


huquqlaridan bo'lib, konstitutsiya darajasida kafolatlanadi (Sloveniya konstitutsiyasining 14-moddasi 4-qismi, Turkiya Konstitutsiyasining 40- moddasi, Chexiya Konstitutsiyasining 4-moddasi). Bir qancha mamlakatlaming ta’sis hujjatlarida odd sudlovdan foydalanish erkinligi va ushbu sohada har qanday cheklovning taqiqlanishiga (Ruminiya konstitutsiyasining 21-moddasi, Luksemburg konstitutsiyasining 13-moddasi), huquq va erkinliklarni himoya qilish borasidagi ishlar ustuvor va shoshilinch tartibda ko*rib chiqilishiga (Ispaniya konstitutsiyasining
24-moddasi, Shimoliy Makedoniya Konstitutsiyasining 50-moddasi 1- qismi, Andorra Konstitutsiyasining 41-moddasi) alohida urg‘u berilgan. Portugaliyada ishlami ustuvor tartibda ko'rib chiqish va sud jarayonini tezlik bilan o'tkazish insonning shaxsiy huquq va erkinliklari buzilgan yoki buzilishi xavfi tug‘ilgan taqdiida ular sud tomonidan samarali va o‘z vaqtida himoya qilinishining kafolati hisoblanadi (Konstitutsiya 20-moddasining 5-qismi). Bu mamlakatda hech kim mablag’ yetishmagani bois odil sudlovdan foydalanish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas (20-moddaning 1-qismi) . Bir qancha asosiy qonunlarda insonning asosiy huquq va erkinliklariga taalluqli davlat boshqaruvi qarorlarining sud tomonidan tekshirilishini sud vakolatlaiidan chiqarishga (Slovakiya konstitutsiyasining 46-moddasi 2-qismi) yoki shikoyat qilishning maxsus vositalari yoxud muayyan toifadagi hujjatlar bilan cheklashga (Italiya konstitutsiyasining 113-moddasi 2-qismi) yo‘l qo‘yilmasligi qayd etilgan. italiya Konstitutsiyasida davlatning va jamoat muassasalarining mansabdor shaxslari va xizmatchilari jinoyat, fuqarolik va ma’muriy qonunlarga muvofiq, kimnningdir huquqlarini buzgan xatti-harakatlari uchun bevosita javobgar bo‘lishlari alohida qayd etilgan; fuqarolik javobgarligi esa bunday hollarda davlatga ham, jamoat muassasalariga ham taalluqli bo'ladi (28-modda) xorijiy mamlakatlarda habeas corpus tartib-taomili eng ko‘p tarqalgan. U anglo-sakson huquq “oilasida” (tizimida) paydo bo’ lgan bo‘lib, “shaxsning ushlanish sabablaridan va buni qaysi davlat organi amalga oshirganidan qat’i nazar, o‘zining ozodlikdan mahrum qilinishini noqonuniy deb topishni qat’iy talab qilgan har qanday shaxs ozodlikdan mahrum qilinishi qonuniyligini sud tartibida tasdiqlashni talab qilib sud idorasida muhokama qilinish huquqini” ta’minlaydi. Bugunga kelib bunday tartib ko‘p mamlakatlarda konstitutsiya darajasida ta’minlangan (Shveytsariya Konstitutsiyasining 31-moddasi 4-qismi, Braziliya Konstitutsiyasining 5-moddasi, Peru Konstitutsiyasining 200-moddasi) Habeas corpus tartibi davlat organlari yoki boshqa shaxslaming buyrug’i bilan noqonuniy, o'zboshimchalik bilan va qonunga (huquqqa) xilof tarzda ushlab turilganlarning erkinligini tiklashga, shuningdek qamoqdagi odamlaming hayoti va jismoniy xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan (Ekvador Konstitutsiyasining 89-moddasi). Quyidagi hollarda ariza bilan murojaat etish mumkin: noqonuniy xatti-harakatlar yoki hokimiyatni suiiste’mol qilish natijasida harakat erkinligi cheklangan taqdirda (Braziliya); erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi cheklanganida yoki ushbu huquq buzilishi, qamoqda saqlash sharoitlari qonunga xilof tarzda yomonlashishi, odamlaming zo’ravonlik bilan g‘oyib boiishi xavfi bo'lganida (Argentina); bar qanday hokimiyat organi, ma’muriyat mahbus (ushlangan)laming qadr-qimmati, jismoniy, aqliy yoki axloqi qadriyatlaiiga tajovuz qilganida (El-Salvador) ma’lumki, shaxs huquq va erkinliklarining mustahkamlanganligi, kafolatlanganlik darajasi Konstitutsiyaning demokratik va insonparvar chekanganligini ko‘rsatuvchi eng muhim mezon hisoblanadi. Konstitutsiyaning muqaddima qismidayoq 0‘zbekiston xalqi inson huquqlariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilishi, xalqaro huquqning umum e’tirof ctgan qoidalari ustunligini tan olishi qayd etilgan, Asosiy qonunning kirish qismida ushbu qoidalaming qayd etilganligi inson huquqlari va erkinliklari instituti yuksak konstitutsiyaviy qadriyat ekanligini hamda mazkur institute xalqaro prinsip va standartlarga aoslanganligini tasdiqlaydi.
Inson huquqlari – inson erkinIigining o’lchovi(mc’yori), shaxsning xalqaro va davlat ichki huquq normalarida mustahkamlab qo‘yilgan ajralmas xususiyatidir. Ular inson rivojlanishining eng zarur imkoniyatlarini, manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlaydi. M.Turg‘unov to‘g‘ri qayd etganidek, insoniyat sivilizatsiyasining butun tarixini inson huquqlari uchun kurash tarixi deb hisoblash mumkin. 0‘zbekiston uchun so'nggi yillarda inson manfaatlari, huquq va erkinliklari g‘oyasi birinchi darajali ahamiyat kasb etib, davlat siyosatining ajralmas qismiga aylandi. Biroq, fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklaridan erkin foydalanish imkomyatini mustahkamlovchi huquqiy normalaming mavjudligi har bir insonga ulaming bajarilishi yoki muhofaza va himoya qilinishi o'z-o’zidan kafolatlanishini anglatmaydi, chunki qonun qabul qilinganidan to amal qilguniga qadar juda katta masofa bor. Bu nafaqat shaxsning huquqi Konstitutsiyada e’lon qilinishini, balki ushbu huquqning moddiylashishini- uning bu huquq mazmunini tashkil etuvchi ne'matni olishini ham talab qiladi. Qonun, agar uning qoidalari hayotda o‘z ifodasini topmasa, uni amalda qo‘llash mexanizmi ishlamasa, “jonsiz” holda qolaveradi. Endi atamalarga aniqlik kiritib olishimiz kerak. Ayni chog'da “sud himoyasi” tushunchasini ko’rib chiqishdan oldin, huquqlarni “himoya qilish” va “muhofaza etish” atamalarining ma’nosiga qisqacha to'xtalib o'tamiz, chunki ular adabiyotlarda va ba'zi normativ-huquqiy hujjatlarda ko'pincha bir ma’noli tushunchalar sifatida qoHlanilgan. Bizningcha, ularni aynanlashtirish uchun hech bir asos yo‘q. Zero, insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfeatlarini sud orqali himoya qilish ehtiyoji ushbu huquqlarning buzilishidan, qonuniy majburiyatlaming bajarilmasligidan kclib chiqadi. Ya’ni, sud himoyasi mexanizmi huquq va qonuniy manfaatlami amalga oshirish yo‘lida yuzaga keladigan to'siqlari bartaraf etish zarur bo‘lganida huquqiy tartibga solish sohasiga kirib kcladi. Inson huquqlari va erkinliklarining muhofaza qilinishiga esa huquq amalga oshirilishining normal kcchishini, sub’ektiv huquqqa xos bo‘lgan imkoniyatlarning voqelikka aylanishini ta’minlaydigan huquqiy choralarni qo'llash orqali crishiladi. Ya’ni, huquqlarni muhofaza qilish vakolatli shaxsning o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini erkin amalga oshirishiga ko‘maklashadigan qonuniy choralami ko‘rishdan iborat. Huquq va erkinliklarni amalga oshirish mexanizmi deganda harakatda dinamikada ko'rib chiqiladigan ularni ro‘yobga chiqarish vositalari, shakl va usullari tizimini, shuningdek ushbu tizimning ishlashiga ta’sir ko'rsatadigan shart-sharoit va omillar majmuini tushunish kerak. Bizning fikrimizcha, inson huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilish mexanizmi ushbu huquq va erkinliklarning odil sudlov orqali himoya qilinishi va tiklanishini ta’minlaydigan institutsional (sudlar, advokatura va boshqa inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari, qonun hujjatlari va boshqa) hamda funktsional (sud jarayoni, sud ish yurituvi, sud orqali himoyalanish va shikoyat qilish huquqi kabi) elementlar, vositalar, shakl va tartiblar tizimini ifodalaydi. Bunda birinchi qismi statik tuzilma bo‘lsa, ikkinchisi dinamik, faol qismidir. Ular birga ishlasagina huquq va erkinliklarning sud orqali to'laqonli himoyalanishini ta’minlaydi nazarimizda, sud tomonidan nizo va ishlami hal qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan protsessual faoliyatdan boshqa narsa emas. Bunday faoliyat nazariyalari odil sudlov hujjatlari (hukm, ajrim, hal qiluv qarori va sh.k.) bo‘lgan tegishli sud qarorlarida mustahkamlanadi.Endi mazkur mcxanizmning muhim dementi bo‘lgan sud orqali himoyalanish huquqini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Garchi ba’zi mutaxassislar sud orqali himoyalanish huquqini tabiiy huquqlarga kiritsalar-da, bizningcha, bu ko‘p jihatdan davlatning jadal faoliyatiga, buning uchun munosib shart-sharoitlar yaratishiga bog’liq. Shuning uchun biz bu huquqning tabiiy huquqlarga kiritilishini bahsli masala deb hisoblaymiz. Konstitutsiyaning 44-moddasida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqining o‘ziga xos jihati shundaki, ushbu huquq ro‘yobga chiqadigan konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarda asosiy rolni majburiyatli tomon, ya’ni davlat o'ynaydi.Uning vazifalariga sud jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini normativ hujjatlarda belgilab qo‘yish, sud orqali himoya
qilishning huquqiy tartibini mustahkamlash, shuningdek inson huquqlari va erkinliklanm sud orqali himoya qilishdek konstitutsiyaviy huquq amalga oshirilishining kafolatlarini yaratishdir. Shaxs o‘z huquqlarini sudda samarali himoya qilishi uchun zarur bo‘lgan barcha shartsharoitlaming yaratilishiga aynan davlat mas’uldir. Shunday qilib, Konstitutsiyada belgilangan sud himoyasida bo‘lish huquqini pozitiv huquqlarga kiritish mumkin. Konstitutsiyada belgilangan sud himoyasida bo'lish huquqi – bu shaxsning buzilgan yoki bahsli huquq va erkinliklariiii tikiash, shuningdek sud himoyasi orqali ular asossiz va noqonuniy chcklanishining oldini olish uchun mamlakat konstitutsiyasi bilan va davlat tomonidan kafolatiangan universal imkoniyatdir. Demak, bu huquq har bir kishiga, ya’ni fuqaroga, chet el fuqarosiga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga tegishli. U asosiy (konstitutsiyaviy)
huquqIar tizimiga kiradi. Konstitutsiyada belgilangan sud himoyasida bo'lish huquqi konstitutsiyaviy huquq nuqtai nazaridan mutlaqdir, chunki u favqulodda holat davrida chcklanmaydi. Har qanday shaxs va har bir inson sud himoyasida bo‘lish huquqidan foydalana olishiga ishonishi mumkinligi (bunga haqli ekanligi) sababli, konstitutsiyada belgilangan sud himoyasida bo‘lish huquqi ko‘proq shaxsiy huquqlarga kiradi. Holbuki, uni jamoaviy huquq deb hisoblash uchun zarur shart-sharoitlar mavjud, chunki yuridik shaxslar ham ushbu huquqqa ega. Tadqiq etilayotgan huquq birinchi avlod huquqlariga mansub bo’lib, ayni vaqtda mustaqil guruhni tashkil etuvehi boshqa huquqlarni himoya qilish huquqlariga kiradi. Sud himoyasida bo'lishdek konstitutsiyaviy huquqning o’ziga xosligi shundaki, biror nc’matdan foydalanish yoki uni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa sub’ektiv huquqlardan farqli o‘laroq, sud himoyasida bo’lishdek konstitutsiyaviy huquqning ob’ektini boshqa mustaqil sub’ektiv huquqiar, erkinliklar va qonuniy manfaatlar tashkil etadi. Sud himoyasida bo’lishdan iborat konstitutsiyaviy huquq sub'cktiv huquqdir. U moddiy huquqlaming ham, protsessual huquqlaming ham xususiyatlarini o‘zida birlashtirgani uchun uni aniq qilib na moddiy, na protsessual huquqqa kiritib bo'ladi. Chunk! U ikkita talabni qo‘yadi: bular – javobgarga qaratilgan va ayni vaqtda da’vo predmeti bo‘lgan moddiy huquqiy talab, ikkinchisi – huquqlami himoya qilish bo‘yicha sudga qaratilgan protsessual talab.
Huquq va erkinliklami himoya qilish – konstitutsiyaviy huquqning eng muhim sub-instituti. O‘z navbatida, u yanada kattaroq konstitutsiyaviy-huquqiy institut bo‘lmisli shaxs huquqiy maqomi institutming tarkibiy qismidir. Ushbu holda himoya davlat-huquqiy kategoriya bo‘lib, huquqiy himoya – uning eng muhim element!, huquq va erkinliklami himoya qilish instituti huquqiy kafolatlar hamda ulami ta’minlash va amalga oshirish vositalari tizimidir. Insonning asosiy huquq va erkinliklari shaxsdan ajralmas bo‘lib, har kimga tug‘ilganidan tegishlidir. Shunday qilib, Konstitutsiyada inson huquqlari va erkinliklarming keng majmui mustahkamlangan, ayni vaqtda ulari ta’minlash kafolatlar! Ham ko’rsatilgan. Masalan, 0‘zbekiston Konstitutsiyasining 44-moddasida inson huquqlari va erkinliklari sud orqali himoya qihnishi kafolatlangan. Ko’pgina MDH davlatlari bu huquqni konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘ygan. Xususan, Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga binoan, “har kim o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqiga ega” . Shu bois, biz B. Ismoilovning 0‘zbekiston Konstitutsiyasini “Har kim o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlanni sud orqali himoya qilish huquqiga ega” dcgan mazmundagi qoida bilan to‘ldirishga doir taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bunday qo‘shimcha konstitutsiyaviy konstruktsiyani mantiqan to‘g‘ri qurishga, ya’ni dastavval sud himoyasiga bo’lgan huquqni mustahkamlab, keyin Asosiy qonunning 44-moddasida uning kafolatini belgilab qo‘yishga imkon beradi. Bunday yondashuv 1948-yilgi Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 10-moddasida mustahkamlangan sud orqali himoyalanish va sudda adolatli muhokama etilish huquqi prinsipiga mos keladi. Har kimning Konstitutsiya bilan kafolatlangan sud himoyasida bo'lish huquqi huquqlari buzilgan har qanday shaxs bu haqda shikoyat xati yozib, uni tegishli sud idorasiga taqdim etishi mumkinligida, sud esa, o‘z navbatida, ushbu shikoyatni ko‘rib chiqib, qonuniy va asosli qaror chiqarishga majburligida ifodalanadi. Sud himoyasi shaxsni huquqiy hinioya qilislming ishonchli mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu huquq “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunda quyidagicha mustahkamlangan: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chcl el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar davlat organlari hamda boshqa organlaming har qanday g'ayriqonuniy qarorlari, Ularning mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan), shuningdek hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni hamda qadr-qimmati, shaxsiy erkmligi va mol-mulkL, boshqa huquq va erkuiliklariga tajovuzlardan sud himoyasida bo‘lish huquqiga ega. Yuridik shaxslar ham sud himoyasida bo‘lish huquqiga egadir” (14-modda . Sud himoyasida boriish va sudda adolatli muhokama qilinish huquqi umumiy xususiyatga ega bo'lgan quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:

  1. Fuqarolik huquqlari va majburiyatlari masalasida bahs-munozara bo'lgan va fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilgan har qanday holatda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash1 ;

  2. Ishni oqilona muddat ichida, ya’ni asossiz kechikishlarsiz ko‘rib chiqish va hal qilish zarurati;

v) qonun asosida yaratilgan rivojlangan sud tizimi mavjudligi (bu esa ishni sudloviga tegishli sud tomonidan ko‘rib chiqish huquqi sifatida tushunishimizga imkon beradi); sud faoliyati prinsiplari tizimi: sud muhokamasining ochiqligi; sudning xolisligi; jinoyat protsessi ishtirokchilarining sha’ni va qadrqimmatini kamsituvchi ma’lumotlami oshkor qilishga yo’l qo‘yilmasligi va boshqalar1.Shunday qilib, sud himoyasi, davlat hokimiyati organi bo‘lmish sud tomonidan amalga oshirilgani sababli, davlat himoyasining bir tun bo'lsa, sudlar inson huquqlarini himoya qilish funksiyalarini bajarishda qonunni ifodalashning asosiy shakli sifatida normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgani bois, huquqiy himoya turi hisoblanadi. Sud himoyasi davlat himoyasi sifatida ham, huquqiy himoya sifatida ham fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini Ta’minlashning eng samarali usuli hisoblanadi. Sud himoyasi o‘ziga xos tashkiliy-huquqiy mexanizmga ega. Sud ishlarini yuritish prinsiplari inson huquqlarini sud orqali himoya qilishning huquqiy kafolatlari sifatida Konstitutsiyaning va “Sudlar to‘g‘risida”gi 0‘zbekiston Respublikasi qonuninmg bir qator moddalarida mustahkamlab qo'yilgan. Sud hokimiyatining mustaqilligi (“Sudlar to'g'risida“gi qonunnmg 1-moddasi) odatda ikkita asosiy elementning, ya’ni sudlarning institutsional (tashkiliy) va funksional mustaqilligi hamda sudyalar mustaqilligining birligidir. Sudlar qonun chiqaruvchi hokimiyatga ham, ijro eluvchi hokimiyatga ham bo ysunmasligi, xolis va mustaqil bo'lishi kerak. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga har qanday aralashuvga yo‘l qo‘yib bo lmaydi va bu qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi (“Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasi). Bu ikki modda awalgi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasida mujassamlashtirilgan cdi. Sudya mustaqilligining muhim kafolati bo‘lgan sudyalarning o‘zgarmasligi prinsipi ushbu prinsip bilan chambarchas bog’liqdir. Prinsipning mohiyati shundaki, sudyalar o‘zgarmas bo’lib, ularning vakolatlari faqat qonunda nazarda tutilgan tartibda va asosda tugatilishi mumkin. Afsuski, bu prinsip Konstitutsiyada ham, mazkur qonunda ham mustahkamlanmagan.
Sud hujjatlarining majburiyligi prinsipi (“Sudlar to‘g’risida”gi qonunning 10-moddasi) qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiy bo'lib, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shartligida namoyon boUadi.Qonun va sud oldidagi tenglik prinsipiga ko'ra, “Barcha
Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir” (“Sudlar to‘gtrisida”gi qonunning 10-moddasi). O’zbekiston Konstitutsiyasining 112-moddasida mustaqil odil sudlovning yana bir kafolati – sudyaning daxlsizligi o‘z aksini topgan. Sudyalaming daxlsizligiga ularning shaxsi va mustaqilliginmg qo‘shimcha kafolatlari, sudyalarga noqonuniy ruhiy va jismoniy bosim o’kazishni taqiqlash, ulaming faoliyatiga aralashish, sudyalarni o‘zboshimchalikdan va odil sudlovni amalga oshirishida ularning huquqlari buzilishidan himoya qilish vositasi sifatida qarash kerak. Sudyalaming daxlsizligi sud immunitetining muhim elementidir. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi prinsipi (“Sudlar totg‘risida”gi qonunning 12-moddasi) odil sudlovning tarbiyaviy va profilaktik funksiyalarini ta’minlashda katta ahamiyatga ega boUib, sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo'ysunishi prinsipining kafolati, shuningdck ishni ko‘rib chiqayotgan sud faoliyatini nazoral qilish vositasi hisoblanadi. Shunday qilib, inson hamda fuqaro huquq va crkinliklari sud orqali himoya qilinishi kafolatlangani O‘zbekiston Respublikasida sudlar tizimi qaror topganida, sudlaring fuqarolar va boshqa shaxslaming huquq va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha vakolatlari aniq belgilanganida, sudlar mustaqilligining kafolatlari yaratilganida, sud ishlarining turlari (konstitutsiyaviy, fuqarolik, ma’muriy, jinoiy) va prinsiplari belgilanganida, javobgarlik belgilovchi yoki uni og‘irlashtiruvchi yoxud inson huquqlari va erkinliklarini bckor qiluvchi yoki kamaytiruvchi qonunning orqaga qaytish kuchiga yo‘l qo‘yihnasligida, aybsizlik prezumpsiyasida, ayblanuvchi o‘z aybini isbotlashga majbur emashgida, shubhalar ayblanuvchining foydasiga talqin qilinishida, har kimga o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish, sud qarorlari ustidan shikoyat qilish imkoni berilganida o‘z ifodasini topadi. Sud himoyasida bo'lishdek konstitutsiyaviy huquqnmg kafolatlari orasida sud tizimi kafolatlari hamda sud ishlarini yuritish kafolatlaridan tashqari, tashkiliy va himoya kafblatlarini ham ajratib ko'rsatish mumkin. Tashkiliy kafolatlar orasida axborot va elektron mahsulotlami joriy etish (videokonferensaloqa tizimlari, Internet tarmog‘i, SMS-xabarlar va boshqalardan foydalanish) bilan bog'liq kafolatlar hamda ular bilan bog‘liq bo'lmagan kafolatlami (sudlaming geografik jihatdan qulay joylashuvi, sudyalaming maqbul soni, sud binolarini liftlar, panduslar, ko‘tarmalar, nogironlar uchun xodimlarni chaqirish tugmalari va boshqalar bilan jihozlanishini) ajratib ko'rsatish lozim. Muhofaza kafolatlari orasida odil sudlovga qarshi huquqbuzarliklar uchun, shu jumladan davlat organlari va mansabdor shaxslarining 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori qabul qilinganligi sababli qonunlar va boshqa noimativ hujjatlami konstitutsiyaga muvofiqlashtirish majburiyatmi bajarmaganligi uchun fuqaroiik, ma’muriy va jinoiy javobgarlik qo'llanishini ko'rsatib mumkin. Shunday qilib, konstitutsiya bilan kafolatlangan sud himoyasida bo'lish huquqi huquqiy munosabat bo'lib, uning bir tomonida himoya qilishni so’rab murojaat ctgan shaxs, boshqa tarafida csa bu shaxsning shikoyatini kou rib chiqib, qonuniy va asosli qaror qabul qilishga majbur bo‘lgan sud turadi Sudning inson huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyati – sud organlarining inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini
Himoya qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlarga hamda ijobiy natijaga, ya’ni buzilgan yoki tortishuv bo‘layotgan huquq va erkinliklarni majburan tiklashga yo naltirilgan faol ta’siridir. Davlatning konstitutsiyaviy burchi, majburiyati dcganda davlatning (uning organlari va mansabdor shaxslarining) Konstitutsiyada mustahkamlangan hamda hammaning va har bir kishining umumiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan, alohida ijtimoiy ahamiyatdan ob’ektiv ravishda kelib chiqadigan hatti-harakatlarini tushunish kerak. Davlatning konstitutsiyaviy majburiyati – davlatning jamiyat va fuqarolar oldidagi oliy burchidir.2
Bizningcha, davlatning konstitutsiyaviy majburiyatlariga xos quyidagi xususiyatlami ajratib ko'rsatish zarur.
Birinchidan, konstitutsiyaviy majburiyatlar Konstitutsiyada butun davlat faoliyatining asosiy va ustuvor yo'nalishlari sifatida mustahkamlanadi hamda oliy yuridik kuchga ega boTadi.
Ikkinchidan, ular odatda alohida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Zero, shaxs huquqlarini himoya qilish mas’uliyatining konstitutsiyada davlat mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatilishi inson huquqlari va erkinliklari amalga oshishining kafolati bo'lib xizmat qiladi.Davlat konstitutsiyaviy majburiyatlarining mazmuni davlat va
jamiyat, shuningdek turli davlat organlari va mansabdor shaxslar, ijtimoiy tuzilmalar va shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarning siyosiy, axloqiy va huquqiy jihatlarini o‘zida jamlaydi. Ular odatda butun davlatning ham, uning organlarming ham maqsadlari, vazifalari va faoliyatining asosiy yo'nalishlari sifatida ifodalanadi. Shunday qilib, davlatning shaxs huquqlarini himoya qilish borasidagi majburiyatlari davlatning o‘zi normal faoliyat ko'rsatishi hamda jamiyat farovonligi ta’minlanishi uchun asos hisoblanadi. Ushbu majburiyatlar huquqiy munosabatga kirishgan boshqa tomonning huquqlari bilan chambarchas bog’liqdir, chunki har qanday sub’ektiv huquq amalda kimningdir majburiyatlari orqali amalga oshishi mumkin, har qanday
Majburiyat esa doimo uning bajarilishini talab qilish huquqi bo’lishini taqozo etadi ushbu kategoriyalarm o‘zaro aloqadorliksiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bir sub’ektning huquqiy vakolati boshqa bir sub’ektning majburiyatidir. Har qanday huquqiy munosabatning muhim jihati –sub’cktlari huquq va majburiyatlarining mutanosibligidir, sud amaliyotini tahlil qilish natijasida shunday xulosaga kelish
Mumkinki, sud odil sudlovni amalga oshirishda nafaqat qonun ustuvorligiga ijro etilishini ta’minlaydi, baiki huquqni muhofaza etish tizimining rivojlanishi va takomillashuviga, mamlakatda shaxsning asosiy huquq va erkinliklari to‘liq amalga oshishiga hissa qo‘shadi. Ta’kidlash joizki, sud o‘z qarorlari bilan amalda inson huquqlari milliy tizimining yuridik asoslarini mustahkamlashda ishtirok etadi. 2021-yil aprelda qabul qilingan yangi qonunga ko‘ra, “Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qo’llanilgan va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq bo‘lmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlarini ko‘rib chiqadi” . Qonunda aytilishicha, agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning fikricha, ulaming
Konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘Isa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, ular qonunning konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir (27-modda). Ayni vaqtda, bunday shikoyatlar sudda ishni ko‘rib chiqish tugagan kundan
E’tiboran bir yildan kechiktirmay berilishi mumkin (86-modda). Biz yangi tahrirdagi qonunda fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi mustahkamlanganiga ijobiy baho berish bilan bir vaqtda (avvalgi qonunda bu bo‘lmagan), quyidagi ikki jihatni ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Birinchidan, “O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunga murojaatni ko‘rib chiqish uchun qabul qilish sharti sifatida sudda himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo'lishi to‘g‘risidagi qoidaning kiritilgani fuqaroni (yuridik shaxsni ham) Idorama-idora yurishga majbur qilib, Konstitutsiyaviy sudga murojaat etish huquqidan foydalanishini ma’him darajada qiyinlashtiradi. Bizningcha, sudda himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan
Foydalanib bo’lmaydigan deb hisoblanadigan holatlarning to’liq ro‘yxatini (masalan, bu ish bo‘yicha eng yuqori sud qarorining kuchga kirganligi yetarli boUadimi?) qonunda belgilab qo‘yish kcrak. Biroq, bu yerda ham inson barcha sud instansiyalaridan o‘tishi uchun uzoq (taxminan – 2 yilgacha) vaqt kcrak bo’lishini nazarda tulish lozim. Shu bilan birga, qonunga muddat bo‘yicha cheklov kiritilishi ham mumkin (masalan, sudga shikoyat bilan birinchi marta murojaat qilinganidan keyin ikki yil o‘tishi). Ikkinchi tomondan, qonunda ishni sudda ko'rib chiqish tugagan kundan boshlab bir yillik muddat bilan cheklov o‘matilgan. Bu yerda teskari manzara kuzatiladi – shikoyati bo‘yicha oxirgi instansiya sudining qarori chiqarilgan shaxs qaror chiqarilgan kundan boshlab bir yil ichida konstitutsiyaviy sudga shikoyat qilishi kerak. Bizning fikrimizcha, turli hayotiy sharoitlar va vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olgan holda qonunda ko‘rsatilgan muddatni ikki yilgacha uzaytirish mumkin. Yoki shikoyat berish muddati shikoyat beigan shaxsnmg arizasi asosida sud tomonidan tiklanishi mumkinligini qonunda yozib qo‘ysa bo‘ladi. Undan keyin Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari, jumladan inson huquqlariga oid qonunchilik sohasidagi vakolatlari muammosi oxirigacha hal bol lmay kelmoqda. Qonunchilik hujjatlaridagi inson huquqlari va erkinliklariga oid bo‘shliqlarni konstitutsiyaviy baholash uning vakolatiga kirmaydi. Holbuki, normativ-huquqiy hujjattaining mamlakat konstitutsiyasiga muvofiqligini baholashda yoki ulami talqin etishda ana shunday ehtiyoj yuzaga kelishi mumkin. Qonunning 82, 85-moddalarida bu savolga javob berilmagan. Ushbu vakolat Qonunning 5-moddasida mustahkamlangan konstitutsiyaviy sudning qonunchilik tashabbusi huquqida ham qamrab olinmagan. Shu bois, biz bu borada qonun hujjatlaridagi tegishli bo‘shliqlarga konstitutsiyaviy baho bcradigan xorijiy konstitutsiyaviy sudlar tajribasidan foydalanish zarur deb hisoblaymiz. Chet el tajribasini hisobga olgan holda, konstitutsiyaviy sudning bu Boradagi vakolatlarini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqish lozim, bu uning qonunchilikni takomillashtirishda ishtirok etish imkoniyatlarini kcngaytiradi. Bosh Qomusimizning 13-moddasiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasida dcmokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi” . Shu bilan birga, “0‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qafi nazar, qonun oldida
tengdirlar” (18-modda). Yana bir muhim konstitutsiyaviy qoidaga ko'ra, O'zbekiston
Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari bilan o'zaro bog’liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va Qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, Ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas (19-modda). Shu bilan birga,
20-moddada shaxs huquqlarini davlat tomonidan himoya qilishning boshqa tomoni haqida so’z yuntiladi: fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi (22- modda). Eng muhim konstitutsiyaviy qoida shundan iboratki, nafaqat O‘zbekiston fuqarolari, balki O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boJmagan shaxslarning ham huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O'zbckiston Rcspublikasining konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado ctadilar (23-modda). Shaxs huquqlari himoya qilinishining kafolati vazifasini quyidagi konstitutsiyaviy norma ham bajaradi: har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega (35-modda), konstitutsiyaning alohida bo’limi inson huquqlarining himoya qilinishini kafolatlash masalalariga bag'ishlangan. Masalan, Asosiy qonunning 43-moddasida davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashi haqidagi qoida mustahkamlab qo'yilgan. Akademik A. Saidov ta’kidlaganidek, inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi 0‘zbekiston Respublikasinmg Konstitutsiyasi va (O’zbekiston tomonidan
ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarda belgilab berilgan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida yagona va muvofiqlashtiruvchi siyosatning samarali vositasi bo’lishiga shak-shubha yo‘q'. Konstitutsiya talablarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan ushbu hujjatning maqsadi – 0‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishmng asosiy vazifalari va yo'nalishlarini belgilab olishdin konstitutsiyaviy normalarga muvofiq, mamlakatning jinoyat va ma’muriy qonun hujjatlarida ma’muriy organ, fuqarolaming o'zini o’zi boshqarish organi, ularda ishlovchi mansabdor shaxslarning qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat qilish huquqining buzilganhgi uchun yuridik (qonuniy) javobgarlik bilan bog'liq munosabatlar tartibga sohnadu Qonunga ko‘ra, ma’muriy organning, fuqarolar o'zini o‘zi boshqarish organimng qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) tufayli manfaatdor shaxsning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari buzilgan, uning huquqlari, erkinliklarini amalga oshirishga va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga to‘siqlar vujudga kelgan bo'lsa, u ushbu qaror va harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to’g’risida ariza (shikoyat) bilan sudga murojaat etishga haqli bo’ladi (Ma’muriy sud ishlarni yuritish to‘g’risidagi kodeksning 185-moddasi). Konstitutsiyada davlat huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli funksiyalari va ularni amalga oshirish vakolatlari belgilangan holda ushbu organlarga inson huquqlarini himoya va muhofaza qilish vazifasi yuklangan. Oxir-oqibat, mamlakaida huquqni muhofaza qilish tizimi ishlagan, davlatning huquqiy tizimida “har qanday buzilgan huquq sudda himoya qilinishi lozim” degan prinsipga asoslanuvchi inson huquqlarini sud orqali himoya qilish instituti mavjud bo’lgan taqdirdagina bunday tizim haqiqiy demokratik tizim deb tan olinadi. Ma’lumki, Inson huquqlari milliy markazi, Ombudsman, Biznesombudsman, Bolalar huquqlari bo'yicha ombudsman singari inson huquqlarini himoya qiluvchi institutlar O‘zbekistonda ancha vaqtdan beri muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Biroq, inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimining asosini har holda sud hokimiyati institutet tashkil qiladi. Ushbu institutning ustuvor vazifasi esa insonning buzilgan huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va tiklashdir. Aynan sud shaxs va davlat o’rtasida turadi, shaxsni zo‘ravonlik va qonunbuzarliklardan, huquq va erkinliklariga boMadigan tajovuzlardan himoya qiladi. Binobarin, sud himoyasi insonning hokimiyat bilan bo‘ladigan munosabatlarida g huquqlarni amalda rioya etilishini kafolatlashning o‘ziga xos madaniy shaklidir. Sudda shaxs va davlat teng huquqli sub’ekt sifatida ishtirok etishlari kerak. Fuqaroni uning huquq va erkinhklaridan mahrum qilish va ularni cheklashga faqat sud haqli bo‘lib, bunda qonunda nazarda tutilgan barcha tartib-taomillar va mexanizmlarga rioya qilingan bo‘lishi shart. Davlat hokimiyati organlarining harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi inson huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqidan torroqdir. Biroq, hozirgi sharoitda aynan davlat qonuniy (legitim) majburlash apparaliga ega bo'lgan yagona sub’ekt hisoblanadi, shu bois inson huquqlarimng davlat organlari tomonidan buzilishi xavfi mavjudligi yuqorida kcltirilgan shikoyat qilish huquqini dolzarblashtiradi. Shunday ekan, inson huquqlarini davlat va uning mansabdor shaxslarining noqonuniy tajovuzlaridan himoya qilishni ta’minIaydigan huquqiy mexanizmlar, sud himoyasida bol lishdek umumiy huquqdan tashqari, xalqaro va milliy qonunchilikda batafsil tartibga solinishi kerak va aslida ham shunday . Huquq va erkinliklarini buzilgan deb hisoblaydigan har bir fuqaroda sudga murojaat qilish huquqi yuzaga keladi, Boshqacha aytganda, ishni mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqish boshlanishi uchun arizachming huquq va erkinliklari buzilgani haqidagi sub’ektiv fikrining o‘zi yetarli bo‘ladi. Demak, inson huquqlari va erkinliklarinmg bevosita amal qilishi va himoyalanishi odd sudlov orqali ta’minlanadi, bu esa ulaming amal qilishi va himoyalanishining realligi va samaradorligi belgisidir. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, Konstitutsiyada inson huquqlarini himoya qilishning xilma-xil usul va mexanizmlari nazarda tutilgan. Inson huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilish mexanizmi ulami ta’minlash, himoya va muhofaza qilish tizimida markaziy o‘rinni egallaydi.



Download 160,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish