II BOB. INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TIZIMIDA SUD HIMOYASINING XALQARO ASOSLARI VA STANDARTLARI
2.1 INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASHDA XALQARO STANDART VA BU BORADA SUDLARNING O’RNI
Globallashuv sharoitida inson huquqlarini himoya qilish mexanizmida sud himoyasi alohida nufuzli o‘rin tuladi. vaholanki, bugungi kunda ushbu masala bo‘yicha qator xalqaro – huquqiy hiujjatlar amal qilmoqda. Inson huquqlari bilan bog‘liq prinsip va normalar tizimini o‘z ichiga olgan ko'plab xalqaro hujjatlar ichida 1948-yil 10-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi1 alohida ahamiyatga ega. Ushbu Deklaratsiya 100 dan ortiq davlatlarda konstitutsiyalar ishlab chiqilishi uchun namuna bo‘lib xizmat qilgan. Bundan tashqari 1966-yilda BMT ning quyidagi ikkita xalqaro pakti qabul qilingan: 1) fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida; 2) iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida. Ular Umumjahon deklaratsiyasining qoidalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, ular birgalikda bugungi kunda o‘ziga xos inson Huquqlari bo‘yicha xalqaro xartiyani tashkil etadi. Inson huquqlari sohasidagi mazkur xalqaro hujjatlar o‘ziga xos xalqaro va xalqaro-huquqiy prinsiplar, norma va standartlar to'plami bo‘lib, inson huquqlarini ta’minlash sohasida ,millliy qonunchilik uchun mo’ljal bo‘lib xizmat qilgan holda kompleks tarzda tahlil qilinishi va qo'llanilishi kerak. Hozirgi vaqtda BMT va lining ixtisoslashgan muassasalari doirasida inson huquqlarining ommaviy buzilishiga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlar o'rtasidagi hamkorlikka oid ko‘plab (200 dan ortiq) xalqaro-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan: Genotsid jinoyatining oldini olish va uning (bunday jinoyat) uchun jazolash to‘g‘risidagi 1948- yilgi konvensiya; Irqiy kamsitilishning barclia turlarini yo‘q qilish to’g‘risidagi 1965-yilgi xalqaro konvensiya; Aparteid jinoyatiga qarshi kurashish vajazolash to‘g‘risida 1973-yilgi konvensiya; 1984-yilda qabul qilingan qiynoqqa va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadrqimmatni kamsitadigan muomala yoki jazoga qarshi konvensiya (Qiynoqlarga solish hamda muomalada bo’lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiya) va boshqa Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro shartnomalarning alohida guruhini insonning individual huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik to‘g’risidagi shartnomalar tashkil qiladi. Ular qatoriga Xalqaro mehnat tashkiloti doirasida qabul qilingan Quyidagi konvensiyalar: Majburiy mehnatni taqiqlash to‘g‘risida (1930); Majburiy mehnatni bekor qilish to‘g‘risida (1957); Teng qiymatdagi ish uchun erkaklar va ayollarga teng ish haqi to‘lash to‘g‘risida (1951); Ishga qabul qilishning minimal yoshi to‘g‘risida (1973); Har yilgi pullik ta'tillar to‘g‘risida (1936); Ish haqini himoya qilish to‘g‘risida (1949) va boshqalar. Ba’zi toifadagi odamlaming (bolalar, ayollar, milliy ozchiliklar) huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikm tartibga soluvchi bir qalor shartnomalar qabul qilindi, masalan: Qochqinlar maqomi to‘g‘risida 1951-yilgi konvensiya; Ayollaming siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi 1952-yilgi konvensiya; Mustaqil mamlakatlardagi mahalliy xalqlar va qabila bo'lib turmush kechiruvchi xalqlar to‘g‘risidagi 1989- yilgi konvensiya; Bola huquqlari to‘g‘risidagi 1989-yilgi konvensiya; Aqli Zaif shaxslaming huquqlari to'g risidagi 1971-yilgi deklaratsiya; Favqulodda vaziyatlarda va qurolli mojarolarda ayollar va bolalami himoya qilish to‘g‘risidagi 1974-yilgi deklaratsiya; Milliy yoki etnik, diniy va lingvistik ozchiliklarga mansub shaxslaming huquqlari to'g'risidagi 1992-yilgi deklaratsiya Iar kiradi9. Albatta ushbu tadqiqotda mazkur hujjatlami batafsil tahlil qilish maqsadini qo‘ymaganmiz. Bizning vazifamiz inson huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladigan xalqaro hujjatlaming umumiy tavsifini berishdir. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi barcha davlatlar o'z fuqarolari bilan munosabatda noya qilishlari kerak bo'lgan axloqiy Imperativdir. A. X. Saidovning fikricha, bison huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamma uchun insonga mos erkin va munosib sharoitlarda, kamsitishsiz ijtimoiy adolatni e’lon qilgan birinchi xalqaro hujjat, “dunyo vijdoni, insoniyatning axloq qoidasi” bo'ldi. Ushbu hujjat butun dunyoda inson huquqlari holaliga sezilarli ta’sir ko'rsatdi, individual huquqlarni ta’minlash sohasida normalar va huquqiy majburiyatlami belgilashga qaratilgan bir qator aniqlashtiruvchi xalqaro hujjatlar va milliy qonunlar qabul qilinishiga hissa qo‘shdi. 2020-yil 24- fevralda BMT Bosh kotibi A. Guterrish “Yuksak intilish: Inson huquqlari yo'lida harakatga da’vat”10 nomli tashabbusni e’lon qilgani bcjiz emas. “Da'vat”da fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, gender muvozanatni, xotin-qizlar va erkaklarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda teng ishtirokini hamda axborot olish erkinligini ta’minlash zarurligi takidlangan.Ta’kidlash joizki, inson huquqlarini hurmat qilish prinsipi 1945- yilda BMT Nizomi1 qabul qilinishi bilan xalqaro huquqning asosiy qoidalaridan biri sifatida qaror topdi. Nizomning 1-moddasida ta’kidlanishicha, Birlashgan Millatlar tashkilotming maqsadlaridan biri “irqi, jinsi, tili va dinidan qat’i nazar, hamma uchun inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmatni rag'batlantirish va rivojlantirish” borasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishdir. Buni Nizomning 55-moddasi ham tasdiqlaydi. Unga ko'ra, BMT “hamma uchun inson huquqlari va asosiy erkinliklarmi umumiy hurmat qilish va ularga rioya qilish”ga ko‘maklashadi. Keyinchalik qabul qilingan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha kengashning yakuniy hujjatida (1975) inson huquqiariga rioya qilish prinsipi allaqachon xalqaro huquqning alohida
prinsipi sifatida aniq ko’rsatilgan. Garchi inson huquqlari va crkinliklari sohasidagi xalqaro slandartlar muammosi 0‘zbekiston yuridik fani tomonidan anchadan buyon va kengo'rganilib kelayotgan boTsa-da, deyarli barcha olimlar kelgusida tadqiqotlarni davom ettiiishni taqozo qilayotgan iliniy va amaliy muammolar hali ko‘pligini ta’kidlamoqdalar. Vaholanki inson huquqlari har qanday zamonaviy davlatda insonning huquqiy holatini tavsiflash uchun juda muhimdir. Turli mamlakatlarda inson huquqlarini ta'miniash uchun turli ijtimoiy-huquqiy imkoniyatlar mavjud. Ammo, aslini olganda, davlatlarning insonga berilishi va milliy qonunlarda mustahkamlanishi lozim boTgan huquqlar borasidagi qarashlari ma’him darajada o‘xshab kctadi. Ushbu huquqlar amalda turlicha ta’minlanishi mumkin. Bu muayyan jamiyatning rivojlanish darajasiga bog’liq boTib, unga milliy, iqtisodiy, diniy va boshqa xususiyatlari ta’sir qiladi. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarda e’lon qilingan huquqlarini tan olish va ta’minlashda davlatlar asoslanishi kerak bo‘lgan normativ me’yorlar minimumi mustahkamlanadiL Ushbu standartlarda quyidagilar: inson huquqlari va erkinhklan ro‘yxati, ulaming mazmuni, huquq va erkinliklarning yo‘l qo‘yiladigan cheklanishlari, shuningdek, huquq va erkinliklami himoya qilish (icliki va xalqaro) mexanizmi belgilanadi. Masalan, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasining (bundan buyon matnda yevropa konvensiyasi deb yuritiladi) 1-moddasiga muvofiq, Konvensiyada belgilangan huquq va erkinliklami “o‘z yurisdiksiyasidagi har bir shaxsga” ta’ininlash vazifasi aynan ushbu davlatlarga yuklatilgan. Inson huquqlari umunijahon deklaratsiyasining 8-moddasida esa shunday dcyilgan: «Har bir inson konstitutsiya yoki qonun orqali unga herilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanish huquqiga cga. Har bir inson o‘z huquq va majburiyatlarim hamda unga qo’yilgan Jinoiy ayblovnmg asosliligini aniqlash uchun o‘z ishining mustaqil va xolis sud tomonidan to‘liq tenglik asosida oshkora hamda barcha adolat talablariga rioya qilgan holda kocrib chiqilishiga haqlidir». Ayni vaqtda, shaxs va ishtirokchi davlat o‘rtasida fuqarohk, yashash joyi yoki joylashgan joyi kabi huquqiy aloqa o‘rnatilishiga hojat yo’q. Ariza beruvchi huquqbuzar davlatning yoki Yevropa Kengashiga a’zo davlatning fuqarosi bol’ishi yoki huquqbuzar davlat hududida joylashgan bo‘lishi shart emas. Konvensiya nafaqal fuqarolarning, balki chet elliklaming, fuqaroligi bodmagan shaxslaming ham huquqlarini himoya qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, davlat tomonidan huquqlari buzilgan shaxs uning hududida qonuniy yoki qonunga xilof tarzda borishining ham ahamiyati yo’q.Yevropa konvensiyasida va O‘zbekistorming milliy qonunchiligida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklari standartlarining qiyosiy tahlili xalqaro hujjatlardagi huquq va erkinliklar ro'yxati milliy Qonunchilikda nazarda tutilgan ro’yxatdan uncha farq qilmasligini ko'rsatmoqda . Ammo, ba'zida inson huquqlari va asosiy erkinliklari bo‘yicha Yevropa standartlarining mazmuni milliy qonunchilikda ba’zi huquqlami tushumshda nazarda tutilgan mazmun va ma’nodan ancha farq qiladi. Tadqiqotimiz predmetim tashkil etuvchi masalalarm todiq ochib bcrish uchun biz inson huquqlari nazariyasining umumiy konscptual jihatlarini yuridik fanning hamda mamlakat davlat-huquqiy tizimining hozirgi rivojianishi bilan bog’liq holda ko’rib chiqish zarur, deb hisoblaymiz. Inson huquqlari konsepsiyasi – jamiyat tarixiy-gumanitar rivojlanishining mahsuli. Inson huquqlari va ulaming qadriyatlariga doir g‘oyalaming shakllanishi va rivojlanishiga jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda shax so‘zining ijtimoiy hayotdagi rolini aniqlashi uchun zarur bodgan imkoniyatlarning kcngayishi sabab boddi. Mavjud huquq va erkinliklar – inson emansipatsiyasi tarixiy jarayonining ifodasi, inson kurashib crishgan crkinlik darajasi hamda jamiyatning davlat tuzilishida uning tutgan o’rni beqiyosdir10.
Insonning huquq va erkinhklanni himoya qilish odil sudlov doirasida amalga oshiriladi. Vaholanki, ushbu atama olimlar tomonidan turlicha tushuniladi. Masalan, qozogdstonlik mutaxassis B. X. Tolenbekova “odil sudlov – sudlarning qonuniylik va huquqiy nartibni har tomonlama mustahkamlash maqsadida fuqarolik va jinoyat ishlarini qonunda belgilangan tarlibda sud majlislarida koYib ehiqish va hal qilish orqali amalga oshiriladigan faohyati”12 , deb hisoblaydi. B. Ismoilovning fikriga ko‘ra, «odil sudlov» tushunchasi yanada kengroq ma’no nglatadi: u sudlarning demokratik prinsiplarga asoslangan hamda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari va boshqa ishlami ob’ektiv va har tomonlama o‘rganib, hal qilish borasidagi protsessual tartibga solinadigan faoliyati bo‘lib, uning asosiy vazifasi adolat, qonumylik va huquq tartibotga tegishlidir1. Bizning fikrimizcha, mana shu yondashuv asosliroqdir, chunk! U sud organi tomonidan hal qilinadigan ko‘plab masalalami qamrab oladi. inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish yagona prinsipga bo‘ysunadi: lining mohiyatini bunday himoya huquqiy xususiyatga ega bo’lishi kerakligi tashkil qiladi10. Shunga ko‘ra, bunday himoya huquqiy muassasalar, institutlar, prinsiplar, kafolatlar tizimi tomonidan ta’minlanadi, huquqiy himoya tizimida yetakchi va hal qiluvchi o‘rinni, albatta, sud himoyasi egallaydi. Shunday qilib, sud himoyasi ushbu tizimda yetakchi rol o‘ynaydi hamda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmida markaziy o‘rin egallaydi. Binobarin, sud himoyasi mazkur mexanizmning elementlaridan bin va ayni vaqtda inson huquqlarini ta’miniash tizimidagi mustaqil huquqiy institutdir. Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshiriladi. Xalqaro hamjamiyatning asosiy sudlov organi – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro sudi. U o‘z amaliyotida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari biIan bog‘liq ko'plab nizolami ko‘rib chiqqan. Shuni e’tiborga olish kerakki, BMT xalqaro sudi jismoniy shaxs da’vogar yoki javobgar sifatida ishtirok etgan birorta ham ishni ko‘rib ehiqmagan, ammo, shu bilan birga, sud chiqargan barcha qarorlar xalqaro huquqdagi nazariy va amaliy pozitsiyalarini shakllantirishda o‘z aksini topgan . Mintaqaviy ixtisoslashgan sud organlari orasida Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHES)ni alohida qayd etish lozim.Inson huquqlarining sud orqali himoya qilinishini har bir mamlakat o‘zi ta'minlaydi. Sud orqali himoyalanish darajasi – sud hokimiyatining jamiyatda egallagan o'mini, jamiyatning demokratlashuv darajasini ifodalaydigan asosiy ko‘rsatkichidir. Hokimyatlar bo'linishi prinsipiga ko‘ra, sud hokimiyati tabiatan ma’lum darajada ijro hokimiyatining, ba’zan esa qonun chiqaruvchi hokimiyatning opponentidir. Sud avval boshidanoq manfaatdor bo’lmagan, kompetentli, xolis va majburlov kuchiga ega organ bo'lib, ijtimoiy ziddiyatlarni hal qilish, ijtimoiy murosaga keltirishning samarali mexanizmi sifatida o‘zini namoyon etadi. Hokimiyatning uchta tarmog‘i orasida aynan sud tizimi eng huquqiy hisoblanadi, inson huquqlarim himoya qilish sohasi sud hokimiyatining imkoniyatlari eng aniq namoyon etadigan maydon hisoblanadi113 , shu hois sud orqali himoyalanish huquqi msonning asosiy hamda ajralmas huquq va erkinliklariga kiradi. 0‘zbckislonda u xalqaro huquqning umum c’tirof etgan prinsip va normalariga hamda O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga (44- va boshqa moddalarga) muvofiq tan olingan va kafolatlangan. Sud orqali himoyalanish huquqi quyidagi jihatlarga ega:
- sud orqali himoyalanish sub’ektiv huquqdir. Har bir manfaatdor shaxs o‘zining ishi sudda ko‘rib chiqilishiga erishish imkoniga ega bo‘lishi, bunda unga hech qanday qonuniy yoki amaldagi to‘siqlar xalal bermasligi lozim. Sud orqali himoyalanish huquqiga sud xukmi, qarorlari, ajrimlari va hal qiluv qarorlari ustidan shikoyal qilish huquqi kiradi;
- sud orqali himoyalanish huquqi ko‘p jihatdan odil sudlovdan foydalamsh huquqining amalga oshirilishiga bog‘liq. Ashda, u shaxsning o‘z buzilgan huquqini himoya qilish usullaridan biri hisoblanadi, chunki sudlov(sud ish yurituvi) qo’llanishi buzilgan huquqning tiklanishiga olib keladigan vositadir1. Boshqacha aytganda, sud orqali himoyalanish huquqiga davlatning shaxsni sud orqali himoya qilishi sifatidagina emas, balki uning o'z huquqlanni o‘zi mustaqil ravishda himoya qilishi sifatida qarash kerak. Shunday qilib, sud orqali himoyalanish huquqi tabiatan ikki jihatga ega11.
Birinchidan, u shaxsning sud ishlarini yuritish tartibidan o‘z buzilgan huquqini tiklashda foydalanish imkoniyatini ifodalaydigan Sub’ektiv huquqidir.
Ikkinchidan, u shaxsga berilgan huquq va erkinliklarning kafolatidir. Umuman olganda, xalqaro huquq shaxsumg sud orqali himoyalanish huquqini mustahkamlab, himoyalanish huquqining umumiy konsepsiyasi asosida yotuvchi kafolatlaming muayyan ro‘yxatini belgilaydi. Bunday kafolatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) buzilgan huquqi bo‘yicha ye’tirozlarini eshitilishiga bo'lgan huquqi;
b) yuridik vakillikga egalik va ma’lumotlarning sir saqlamshi huquqi;
v) o‘ziga qarshi guvohlik bermaslik huquqi;
g) ish yuritish tilini tanlash huquqi.
Inson huquqlarmi himoya qilish bo‘yicha xorjiy tajriba hozirgi davlatlarning ko‘pchiligida sudlar va huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalaming qoidalarini qo‘llash amaliyotini kengaytirish, ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi shaxslar huquqlariga rioya etilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek xalqaro hujjatlar talablarini bajarishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish tendensiyasi mavjudligini ko’rsatmoqda2. Bu inson huquqlarim himoya qilish bo‘yicha milliy mexanizmlarga xalqaro hujjatlar ta’sirining yana birjihatidir dunyoning aksariyat davlatlari qonunchiligida insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va crkinliklarini ta’minlash kafolatlari, shu jumladan ushbu huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortish kuchayib borayotgani kuzatilmoqda. Shuni inobatga olgan holda sudlar va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining malakasini oshirishga, ularda inson huquqlari va erkinliklariga hurma hissini shakllantirishga hamda huquqlarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro mexanizmlaming inson huquqlari bo’yicha tavsiyalarini to‘liq bajarishga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda tashkillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. masalan, 2020-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha milliy strategiyasf’da1 inson huquqlarini ta’minlash sohasida quyidagi vazifalar belgilab qo’yildi:
-inson huquqlari buzilishlariga barham berish maqsadida sud hokimyati mustaqilligini ta'minlash, prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish va odil sudlov tizimi vakolatlarini mustahkamlash;
- xalqaro huquq prinsiplari, normalari hamda O‘zbekistorming xalqaro shartnomalari sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng qo'llanilishi, xalqaro huquq ustuvorhgi prinsipini amalga oshirishning samarali mexanizmini yaratish;
- sudlaming mustaqilligini va xolisligini ta’miniash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish yo‘li bilan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda sud hokimiyatining rolini oshirish;
- sud jarayonlarida tenglik va tortishuv tamoyillarini to‘liq joriy qilish, inson huquqlari sohasida ixtisoslashgan huquqshunoslarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
- jinoyat protsessida jabrlanuvchi va guvohlaming, shu jumladan voyaga etmagan jabrlanuvchi va guvohlaming huquqlari va xavfsizligini ta’miniash mexanizmini takomillashtirish;
- inson huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro standartlarni ta’minlashda, jismoniy va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy shikoyatlari institutini joriy etishda 0‘zbckiston Rcspublikasi konstitutsiyaviy sudining roll va o‘rnini oshirish; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishning protsessual tartibini takomillashtirish, ushbu tizimga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, inson huquqlari va erkinliklarini sud orqah himoya qilish tizimi haqida so‘z yuritganda, fikrimizcha, atamalarga aniqlik kiritib olishimiz
lozim. “Inson huquqlarini himoya qilish”, “Inson huquqlarini ta’minlash”, “Inson huquqlarini muhotaza etish” atamalarining aniq ifodalanishi davlatning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi majburiyatlarini belgilab olishning muhim sharti va omili hisoblanadi. Shu o'rinda quyidagi muhim holatni ta’kidlash o‘rinli. Bizning nazarimizda, inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquq normalarida ushbu huquq va
erkinliklarning mazmuni va standartlari belgilangan, shuningdek davlatlarga qo'yiladigan talablar va ulaming huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi majburiyatlari mustahkamlangan. Davlat csa o‘z davlat tizimi va huquqiy tizimining o‘ziga xos jihatlari asosida huquq va erkinliklarning amalga oshirilish tartibini, ularni himoya qilish mexanizmi va tartib-taomillarmi bevosita belgilaydi. Shu bilan birga, ta 'kidlash kerakki, davlat darajasidagi himoya mexanizmi va vositalari ularning inson huquqlari sohasidagi asosiy xalqaro huj jatlar talablariga muvofiqligini ta'minlashi kerak2. Darhaqiqat, davlatlarning huquqiy tizimlari va dcmokratik laraqqiyot darajasida ob’ektiv ravishda farqlar mavjud bo'lgan sharoitda xalqaro huquq normalarida mustahkamlangan huquqlarni himoya qilishning unifikatsiyalangan batafsil mexanizmlarini xalqaro darajada yaratish juda qiyin ish. Shu sababli, inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlaming aksariyatida asosiy huquq va erkinliklami qonuniy birinchi navbatda – sud orqali himoya qilish huquqi mustahkamlangan bo’lib, davlatlar ushbu huquqni milliy darajada kafolatlash va ta’minlashga majburdirlar yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, biz “inson huquqlarini himoya qilish” atamasi “inson huquqlarini muhofaza qilish” tushunchasining ham mazmunini o‘z ichiga olgan kengroq atama sifatida qo'llash asosli bo’ladi deb hisoblaymiz. “Inson huquqlarini ta’minlash” atamasiga kelsak, u insonning huquq va erkinliklarini to‘liq amalga oshirish va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy, tashkiliy, tarbiyaviy va boshqa shartsharoitlarni yaratish borasidagi faoliyatni qamrab oladi. Shu bois biz tadqiqotimiz predmetidan kelib chiqib, “inson huquqlarini himoya qilish” atamasini yuqorida keltirilgan ma’noda qo’llaymiz12. Xalqaro standartlaming O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini sud orqali himoya qilishda qo'llanilishiga kelsak, yuqorida aytib o'tilgan xalqaro hujjatlarga qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni ham aytib o‘tishzarur: 1985-yilda qabul qilingan “Sud hokimiyati mustaqilligining asosiy prinsiplari”; 1985-yilgi “Jinoyatdan va hokimiyatning suiiste’mol qilinishidan jabrlanganlar uchun odil sudlovning asosiy prinsiplari” deklaratsiyasi; 1990-ilgi “Sud ta’qibini amalga oshinivchi shaxslaming roliga oid rahbariy prinsiplari’; 1995-yiIgi “Yevropa Kengashi Vazirlar qo'mitasining Jinoyat sudlovi tizimini boshqarish bo'yicha” Tavsiyasi; 1998-yilgi Sudyalaming maqomi to‘g‘risidagi Yevropa xartiyasi va boshqalar. Bularning barchasi xalqaro huquq standartlari bo‘lib, ular inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida milliy sud tizimiga namuna bo’lib xizmat qiladi13. Bu va boshqa xalqaro hujjatlarda odil sudlovning huquqiy regulyatorlari qanday bo'lishi va uni qanday amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida juda qimmatli qoidalar mavjud. Ularda odil sudlovni tashkil qilish va amalga oshirishda har bir mamlakat inson huquqlarini umumiy hurmat qilish, qonun oldida tcnglik, aybsizlik prezumpsiyasi, sud muhokamasiningvakolatli, mustaqil va xolis sud tomonidan oqilona vaqt ichida adolatli va oshkora o*tkazilishi prinsiplariga asoslanish kerakligi alohida qayd etilgan. Masalan, Yevropa Kengashi Vazirlar qo‘mitasining 1994-yil 13-oktabrdagi “Sudyalaming mustaqilligi, samaradorligi va roli to‘g‘risida”gi tavsiyasida quyidagilar ta’kidlangan: “Sudyalaming burchi o‘zlarining sudyalik vazifalarini bajarishda qonunlaming to’g’ri qo’llanilishini hamda ishlarning adolalli, samarali va tez qo’yib chiqilishini ta’minlashdan iborat bo’lib, buning uchun ular tegishli vakolatlarga ega bo‘lishlari shart»(2-banddagi V prinsipi) . Yuqorida ta’kidlab o‘tilgamdek, sud orqali himoyalanish huquqi insonning asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biridir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida to'g'ridanto‘g‘ri aytilgan: “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi”14. Ushbu qoida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida keltinlgan quyidagi talablargamos keladi: “Har bir inson konstitutsiya yoki qonun orqali unga berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomomdan bu huquqlaming samarali tiklanishi huquqiga ega»15. Boshqa xalqaro hujjatlami tahlil qilish shundan dalolat bermoqdaki, ularning har birida u yoki bu darajada “inson huquqlarini sud orqali himoya qilish” tushunchasining ma’him bir jihati ko'rsatilgan. Masalan, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasining 6-moddasida himoyalanish huquqi (sudda adolatli muhokama qilinish) huquqi sifatida ta’riflangan. Fuqarolik va Siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktdasud orqali himoyalanish huquqi odil sudlovdan teng foydalanish va sud oldida tenglik, shuningdek, jinoyat hamda fuqarolik ishlarini adolatli ko‘rib chiqish va hal qilishni
ta’minlash kafolatlari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan1. Bundan tashqari, sud orqali himoyalanish huquqi odil sudlovdan foydalanish hamda sud mexanizmlarim yaratish va mustahkamlash, shuningdek sud tartibtaomillarini takomillashtirish orqali adolatli munosabatda bo'lish huquqini mustahkamlovchi tizim orqali ta’riflangan17. Ko‘rib turganimizdek, xalqaro hujjatlarda inson huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilishgashaxs huquqlarini turli tartibtaomil va vositalar bilan to‘liq himoya qilishni ta’minlaydigan o‘ziga xos tashkiliy-huquqiy institut sifatida qaraladi. Sud orqali himoyalanish huquqi (ingL – Right for Legal Defence} insonning sud organida o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilishini kafolatlaydi, Mazkur huquqning o‘zi insonning asosiy huquqlandan biridir. Binobarm, sud orqali himoya qilish - insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini odil sudlov orqali himoya qilish usullaridan bilan inson huquqlarini sud orqali himoya qilish institutining ajralmas elementlaridan biri sudga murojaat qilish huquqidir15. Yuridik fanda sud orqali himoyalanish huquqi va sudga murojaat qilish huquqining zarur elementidir. Nisbati masalasida bir to‘xtamga kelinmagan. Ba’zi mualliflar sud orqali himoyalanish huquqiga sub’ektiv moddiy huquq, ya’ni himoya olish huquqi sifatida qaraydilarki, sud himoyasini so‘rab murojaat qilish huquqi uni amalga oshirish vositasidirh Boshqa mualliflar sud orqali himoyalanish huquqini sud muhofazasi uchun murojaat qilish huquqi bilan batamom tenglashtiradilar . Ba’zi olimlar sud orqali himoyalanish huquqini ikki jihatdan, ya’ni himoya qilishni so‘rab murojaat etish huquqi va himoya olish huquqi sifatida ko‘rib chiqadilar1. Bizning fikrimizcha, bu o‘rinda kompleks yondashuv zarur. Yuqorida keltirilgan fikrlarda sud orqali himoyalamsh huquqining
mohiyati bir tomonlama ifodalangan, chunki ulardaprotsessual tarkibiy qism (sud orqali himoyalamsh huquqi himoya olish huquqi bilan aynanlashtirilganida), yoki moddiy-huquqiy tarkibiy qism (sud orqali himoyalanish huquqi himoya qilishni so‘rab murojaat etish huquqi bilan aynanlashtirilganida) ko‘rib chiqiladi. Sud orqali himoyalanish huquqidan foydalanish, ya’ni sudda bu huquqni olish uchun himoya qilishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqiga ega bo'lish kerak. Manfaatdor shaxsning himoya qilishni so'rab sudga murojaat qilish huquqiga ega borishining o’zi uni olishiga kafolat bera olmaydi. Shumng uchun, biz sud orqali himoyalanish huquqi nafaqat himoya qilishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqini, balki sud muhokamasida ishtirok etish huquqi, hukm ustidan shikoyat qilish huquqi, sud jarayonida huquqiy yordam olish huquqi rabilami ham qamrab oladi, deb hisoblayiniz. Bizning fikrimizcha, mazkur huquqinsonning o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilishni so‘rab sudga murojaat qilish, shuningdek ushbu himoyani ularning (mazkur huquq va erkinliklarning) tiklanishi to‘g‘risidagi sud qarori shaklida olish uchun zarur moddiy va protscssual huquqiy imkoniyatlar majmuidir.Shunday qilib, sudga murojaat qilish huquqi sud orqali himoyalanish huquqining ajralmas qismi ckanligi haqida xulosa chiqarishimiz mumkin.Sudga murojaat qilish huquqini cheklash mumkinligi va maqsadga muvofiqligi masalasini ana shu jihatdan ko‘rib chiqish zarur. Avvalo, shuni ta’kidlash kcrakki, sud orqali himoyalanish huquqi mutlaq huquq bo‘lib, hech qanday shareitda cheklanishi mumkin emas. Holbuki, mutaxassislaming fikriga ko‘ra, hozirgi vaqtda Inson huquqlari bcfyicha yevropa sudida protsess ishtirokchilari ko’p hollarda huquq va sudni apellyatsiya shikoyati bilan murojaat elib) suiiste’mol qilmoqdalar: 2019-yilda 60 mingga yaqin ana shunday murojaatlar ko‘rib chiqilgan. Ushbu vaziyatdan chiqishning bir qancha yo’llari bor. Rossiya Oliy sudi raisi to‘g(ri ta’kidlaganidek, qonundagi mavhum ifodalar har qanday harakat yoki harakatsizlik insonning konstitutsiyaviy huquqlariga ziyon yetkazadi, deb hisoblashga imkon beradi2.. Mazkur muammoning bir nechta yechimi mavjud. Avvalo, ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin bo'lgan harakatlar, harakatsizliklar va qarorlaming yakuniy ro‘yxatini nazarda tutish (maqsadga muvofiq bo‘ladi). Masalan, sudgacha kechadigan protsessda ishtirok etuvchi mansabdor shaxslaring harakatlari, harakatsizligi va qarorlarining faqat bir qismi (jumladan, jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan bosh tortish, jinoyat ishini tugatish, ishtirokchilaming protsessual holatini o‘zgartirishkabilar) ustidan shikoyat qilishga ruxsat berish mumkin. Tcrgovchilar, surishtiruvchilar va sudgacha bo‘lgan jarayonning boshqa mansabdor shaxslari chiqargan qarorlarni ustidan faqat 0‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 27-moddasiga muvofiq shikoyat qilish mumkin bo‘ladi. Har qanday holda ham mazkur vakant yopiq ro'yxat tuzilshini nazarda tutadi.Yana bir variant – sudyalaming aslida (a priori)(taqdim etilishiga) yo‘l qo‘yib bo'lmaydigan shikoyatiami taraflaming fikrlarini inobatga olmasdan, o‘z xohishiga ko’ra rad ctishiga ruxsat berish. Shunga o‘xshash mexanizm hozir BMT Xalqaro sudida mavjud. Biroq, bu variantni
Mamlakatimizda qo’llab bo‘lmaydi16.
Uchinchi variant – shikoyatni ko'rib chiqish uchun qabul qilishning qo‘shimcha mezonlarim belgilagan holda ro’yxatni ochiq qoldirish. Bu yerda IHEK (Inson huquqiari bo‘yicha Yevropa kengashi)ning shikoyatni qabul qilish mezonlarini belgilash tajribasi qiziqarlidir. IHEK amaliyotida sudga murojaat qilish huquqi mutlaq xususiyatga ega bo‘lib, aslo cheklanishi mumkin emas. Bu prinsip, masalan, ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar Yevropa sudiga bemalol yozma ravishda murojaat qilishlari mumkinligini nazarda tutadi. Milliy hokimiyat idoralari arizachi shikoyatini qaytarib olishi yoki uning mazmunini o‘zgartirishi uchun unga hech qanday bosim o‘tkazmasligi kerak. Ushbu huquq mutlaq xususiyatga ega,amino shunisi e’tiborliki, bu xususiyat shikoyatning to‘sqinliksiz berilishi sud uni ko‘rib chiqish uchun qabul qilishga majburligini anglatmaydi. Shaxsning ushbu huquqni suiiste’mol qilishi ehtimolini istisno qilish uchun IHEK ulami topshirishda ma’lum cheklovlar belgilagan. Konvensiyaning 3a-paragrafi 35-moddasidagi “suiiste’mol qilish” tushunchasi quyidagicha ta’riflanishi kerak. Bu yerda gap huquq berilgan shaxs o‘z huquqidan foydalanishda ruxsat etilgan doiradan cliiqib ketadigan vaziyat haqida bormoqda. demak, suiiste’mol qilish – ariza beruvchining Konvensiya tomonidan kafolatlangan murojaat qilish huququung maqsadiga aniq mos kelmaydigan, IIEK ishining bclgilangan tartibini buzadigan yoki IHEKda ish yuritishning to‘g‘ri kechishiga to'sqinlik qiladigan har qanday xattiharakatidir (Mirolubovs va boshqalar Latviyaga qarshi, §62 va§ 65)2. 3a-paragrafuing 35-moddasi matmga binoan, suiiste’mol qilinganligi aniqlangamda shikoyat nomaqbul deb e'lon qilinadi, ammo ko'rib chiqilishi lozim bo‘lgan ishlar ro‘yxatidan chiqarilmaydi. IHEK shikoyatni taqdim etish huquqi suiiste’mol qilinganligi sababli uning rad etilishi lavqulodda chora ekanligini la’kidlagan (Mirolubovs va boshqalar Latviyaga qarshi, 62-§). IHEK shikoyat berish huquqi suiiste’mol Qiynalganligini aniqlagan holatlar qonun biIan qat’iy tartibga solingan. Shunday qilib, sudga murojaat qilish huquqi sud orqali himoyalanish huquqimng ajrahnas qismi sifatida shikoyat, ariza yoki boshqa har qanday murojaatni bclgilangan shaklda berish huquqi hamdasudning bundan kclib chiqadigan ushbu shikoyatni qabul qilish borasidagi tegishli majburiyatini o‘z ichiga oladi.Mamlakatimiz yuridik amaliyotida inson huquqlarini sud orqali himoya qilish sudlar faoliyatining muhim mustaqil yo‘nalishi, ulaming alohida vazifasi hisoblanadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi o‘z qarorida quyidagicha izoh bergan: “Sud orqali himoya qilish deganda, sudlarning jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini tiklashga qaratilgan, protsessual qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyati tushuniladi. Sud orqali himoya qilish huquqini birinchi instansiya sudida ish qo‘zg‘atish uchun qonunda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan hoIda amalga oshirish mumkin17. Ushbu shartlarga rioya etmaslik sud tomonidan murojaatlarni qabul qilish va ko‘rishni rad etish uchun asos bo‘ladi”. Bundan ko‘rinib turibdiki, sud organi sud orqali himoya qilish deganda sudlarning faoliyatini, ya’ni ularga yuklatilgan funksiyalarni bajarishga qaratilgan harakatlari, tartib-taomillar va ulaming shakllari majmuini tushunadi. Shunday qilib, inson huquqlarini sud orqali himoya qilish, bizning ikkimizcha, har bir insonning (huquqiy va boshqa maqomidagi farqlaridan qat’i nazar) moddiy va protsessual huquqlari, shuningdek, buzilgan huquqlarining sud ishlarini yuritish jarayonida tiklanishini yoki buzilishining oldi olinishini ta’minlovchi qonuniy vositalar, shakllar va tartiblar majmuini qamrab olgan huquqiy institutdir. Ushbu hodisaga xos bir qanchabelgilarni ajratib ko‘rsatish mumkin, deb hisoblaymiz. Shaxsning huquq va crkinliklarini sud orqali himoya qilish davlat-hokimiy xususiyatiga ega, chunki sud davlatning sudlov sohasidagi hokimiyati sohibihisoblanadi. Yana bir muhim belgi shundaki, sud orqali himoya qilishhuquq va crkinliklar buzilganligi sababli sud muhokamasigacha ham, sud jarayonidaham amalga oshiriladi. Masalan, sud ishlarini yuritish jarayonidagi noqonuniy harakatlarni ham inson huquqlarini buzadigan protsessual huquqbuzarliklargakiritish mumkin. Sud orqali himoya qilish, boshqa ko‘plab mexanizmlardan farqli o‘laroq, universal bo‘lib, bir qator tegishli belgilarga ega. Birinchidan, sud orqali himoya qilish chcklanmagan doiradagi shaxslarga nisbatan qo'llaniladi. Davlat har bir inson va fuqaroning huquqlarini muhofaza etadi, buzilgan taqdirda esa ularni tiklashga intiladi18.
Ikkinchidan, sud orqali himoya qilish doirasi Konstitutsiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan barcha turdagi huquq va erkinliklarga taalluqlidir.
Uchinchidan, sud orqali himoya qilish inson huquqlarini huquqiy himoya qilishning boshqa turlariga nisbatan yuqori samaradorlikka ega, chunki sud qarori bajarilishi majburiy bo’lgan yuridik kuchga ega, uning bajarilishi esa davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi.
To’rtinchidan, ba’zi hollarda sud orqali himoya qilishinson ning buzilgan huquq va erkinliklanni tiklashning yagona usuli hisoblanadi. Bularga huquqiy layoqatni tikiash, qonunga xilof ravishda ushlab turilgandan keyin reabilitatsiya va boshqalarni kiritish mumkiii.
Beshinchidan, sud orqali himoya qilish qarorlarning ishonchliligi, samaradorligi va adolatliligini ta’minlaydigan maxsus protsessual tartibni nazarda tutadi.
Inson huquqlari madaniyatining shakllanishi inson huquqlari sohasida ta’lim tizimi mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.
Keng qamrovli inson huquqlari madaniyatini shakllantirish – barqaror rivojlanish xalqaro strategiyasining birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir.
“Inson huquqlari ” atamasi dastlab 1989 yilda BMT axborot materiallarining sahifalarida paydo bo‘lgan.
Vena deklaratsiyasi va harakatlar dasturining 33 bandida, jumladan, shunday deyiladi: “Inson huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi shuni tasdiqlaydiki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt va inson huquqlariga doir boshqa xalqaro shartnomalarga muvofiq, davlat ta’lim tizimi, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga bo‘lgan hurmat – ehtiromni mustahkamlashga qaratilishini ta’minlashga majbur. Inson huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi inson huquqlari to‘g‘risidagi masalani o‘quv dasturlariga kiritishning muhimligini ta’kidlaydi va davlatlarni buni amalda ta’minlashga chaqiradi”19.
Do'stlaringiz bilan baham: |