Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ta’minot huquqining sub’ekti sifatida. Reja



Download 57,22 Kb.
bet1/4
Sana22.07.2022
Hajmi57,22 Kb.
#838451
  1   2   3   4
Bog'liq
Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ta’minot huquqining sub’ekti sifatida.


Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ta’minot huquqining sub’ekti sifatida.


Reja:



  1. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi, turlari va yuzaga kelish asoslari.

  2. Ijtimoiy ta’minot organlari - ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat sub’ektlari sifatida. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi va uning huquqiy maqomi. Davlat soliq xizmati organlari va ularning ijtimoiy ta’minot munosabatlaridagi ishtiroki.

  3. Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ta’minot huquqining sub’ekti sifatida.

  4. Harbiy organlar ijtimoiy ta’minot huquqining sub’ekti sifatida korxona va tashkilotlar, kasaba uyushmalarining ijtimoiy ta’minot munosabatlaridagi ishtiroki.




  1. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi, turlari va yuzaga kelish asoslari.

Huquqiy munosabatlar - davlat tomonidan himoya qilinadigan, odatda qonun normalarining kishilar xattiharakatlariga ta’siri natijasida yuzaga keladigan va uning qatnashchilarida sub’ektiv huquqlar, yuridik majburiyatlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlardir. Ushbu ta’rif huquqiy munosabatlarga xos bo‘lgan barcha asosiy xususiyatlarni aks etgiradi.
Yuqoridagi ta’rifdan huquqiy munosabatlarga xos quyidagi xususiyatlarni anglab olish mumkin:
a) huquqiy munosabat, bu - insonlar faoliyati, xulqatvori bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlardir;
b) huquqiy munosabat - yuridik va jismoniy shaxslarning sub’ektiv huquqlari va yuridik majburiyatlarini ro‘yobga chiqarish natijasida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlardir;
v) huhukiy munosabat - shaxslar o‘rtasidagi irodaviy, ongli munosabatdir:
g) huquqiy munosabat - davlat tomonidan, konunlar vositasida muhofaza kilinadigan munosabatlardir.
Yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabatlar turli xususiyatlariga ko‘ra guruxlarga ajratiladi. Ular: davlat huquqiy, fuqarolik-huquqiy, moliyaviy-huquqiy va boshqa turlarga bo‘linadi. Ijtimoiy ta’minotga oid munosabatlar ham huquqiy munosabatlarning bir tarmog‘i bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minot munosabatlari mohiyat jihatdan davlat huquqiy munosabatlardan iborat bo‘lib, bu munosabatlarning yuzaga kelishida qonun xujjatlarida nazarda tutilgan asoslar yetakchi o‘rinni egallaydi, ya’ni ana shunday asoslar mavjud emasligi tomonlar erki-xoxishidan qatiy nazar ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar yuzaga kelishiga monelik qiladi.
Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar - fuqarolarni pensiyalar, nafaqalar, boshqa ijtimoiy yordamlar bilan ta’minlash yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar hamda tartiblarga muvofiq ravishda, tegishli yuridik faktlar (muayyan hollarda esa - yuridik tarkib) mavjud bo‘lganida ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi organlar bilan fuqarolar (ayrim fuqaro, oila) orasida vujudga keluvchi qonunlar bilan tartibga solinadigan hamda davlat tomonidan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardan iboratdir. Ijtimoiy ta’minot huquqiga oid munosabatlar yuzaga kelishiga zarur yuridik faktlar (yuridik-faktik asos) mavjud bo‘lganida ta’minot olishga haqli bo‘lgan shaxsning ta’minot olishga qaratilgan irodaviy-ongli harakati, ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi organ tomonidan esa ushbu ta’minotning berilishiga qaratilgan yuridik aktni sodir etilishi sabab bo‘ladi.
Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar yuzaga kelishiga asos bo‘ladigan yuridik faktlar - yuridik oqibat keltirib chiqarishga layoqatli bo‘lgan irodaviy-ongli harakatlar ham, muayyan voqea-hodisalar ham bo‘lishi mumkin. Bunday yuridik faktlar jumlasiga:
a) muayyan davr davomida mehnat munosabatida bo‘lganlik - mexdat stajiga egalik fakti;
b) nogiron bo‘lib qolganlik fakti;
g) qaramog‘ida bo‘lganlik fakti;
d) mehnatga yaroqsizlik fakti;
e) kasb kasalligiga chalinganlik yoki ishlab chiqarishda jarohat olganlik fakti va boshqalar kiritilishi mumkin.
Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar ijtimoiy jarayon, voqelikning bir ko‘rinishi sifatida o‘z elementlari tarkibiy qismlariga ega bo‘ladi va bu elementlar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1) Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatning ob’ektlari. X.T. Odilqorievning ta’kidlashiga ko‘ra: «huquqiy munosabat tarkibiy tuzilishining zaruriy qismlaridan biri - ularning ob’ektidir. «Ob’ekt» - lotincha so‘z bo‘lib, mavzu degan ma’noni anglatadi. Har qanday huquqiy munosabatning zamirida yotgan hayotiy hodisalarni, narsa va jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan muayyan vazifani o‘taydi. Shu bois ob’ektsiz, ya’ni hech narsaga qaratilmagan, hech narsaga ta’sir ko‘rsatmaydigan huquqiy munosabat bo‘lmaydi».
Huquqiy munosabat ob’ektlari modsiy boyliklar, nomulkiy-shaxsiy ne’matlar, muayyan mulkiy yoki nomulkiy huquqlardan iborat bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat ob’ekta bo‘lib pensiyalar, nafaqalar va boshqa ijtimoiy yordamlar, turli imtiyozlarga nisbatan fuqarolarda bo‘lgan huquqlar sanaladi. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat tarkibining ikkinchi muhim elementi -bu munosabatning sub’ektlari qatnashchilaridir. Huquqiy munosabatning sub’ektlari sifatida xar doim sub’ektiv huquqlar, yuridik majburiyatlarga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlatning o‘zi (o‘z organlari va muassasalari orqali) ishtirok etadi.
Shaxs huquq sub’ekta sifatida huquqiy munosabatlarda qatnasha olishi uning huquq sub’ektlilik layoqatiga ega ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. «Huquqiy sub’ektlilik - huquq sub’ekta bo‘la olish qobiliyatidir.
Huquq normasi, huquqiy sub’ektlik va yuridik fakt huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shart-sharoitlari hisoblanadi».
Ijtimoiy ta’minotga oid munosabatlarda munosabat sub’ekt bo‘lib quyidagilar qatnashadilar:
1. Fuqarolar (tegishli hollarda chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar);
2. Yuridik shaxslar (mulkchilik shakli, xo‘jalik yuritish usulidan qatiy nazar);
3. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tadbirkorlar, dehqon xo‘jaligining a’zolari;
4. Davlat (o‘zining ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi, ijtimoiy ta’minot tizimini boshqaruvchi organlari, muassasalari orqali);
5. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
6. Oila - yaxlit, bir butun holda.
Ijtimoiy ta’minot sohasidagi huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxslarning huquq layoqatlari va muomala layoqatlari, vakolatlari, majburiyatlari hamda javobgarliklari hajmi fuqarolik qonunlarida, korxonalarning Ustav va nizomlarida va boshqa qonunchilik aktlarida belgilab qo‘yiladi. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat mazmuni uchinchi elementni tashkil etadi va u munosabat ishtirokchilarining huquqlari hamda sub’ektiv majburiyatlaridan tashkil topadi. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat mazmuni qonun hujjatlariga ko‘ra uning sub’ektlariga berilgan huquqlar hamda vakolatlar, yuklatilgan majburiyatlarga ko‘ra belgilanadi.
Ijtimoiy ta’minot huquqiy munosabatlari qatnashchilarining huquqlari va manfaatlari qonunlarga muvofiq ma’muriy usulda (yuqori turuvchi davlat yoki jamoat organi orqali) yoki sud tartibida himoya qilinishi mumkin.
Ijtimoiy ta’minotga oid huhuqiy munosabatlar maqsadga ko‘ra:
a) huquqlarni amalga oshirishga qaratilgan;
b) huquqlarni himoya qilishga qaratilgan;
v) huquqlarni tan olishga - belgilashga qaratilgan;
g) protsessual munosabatlarga bo‘linishi mumkin;
d) javobgarlikka oid munosabatlar.
Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish shakllariga ko‘ra esa bu munosabatlarni:
1) mehnat staji va uzoq yillik xizmat muddatini belgilashga oid munosabatlar;
2) pensiya tayinlash, to‘lash sohasidagi munosabatlar;
3) nafaqalar tayinlash va to‘lashga oid munosabatlar;
4) fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi munosabatlar;
5) yolg‘iz fuqarolarni qariyalar uyi va nogironlar uylariga joylashtirish, u yerda saqlash-ta’minlashga oid munosabatlar;
6) aholining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar va yengilliklar berish bilan bog`liq munosabatlar;
7) ijtimoiy ta’minot sifatini, ijtimoiy ta’minot berilishida qonunlarga amal qilinishini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar va boshqa munosabatlarga bo‘lish mumkin.
Ijtimoiy ta’minotga oid munosabatlarning har bir turini huquqiy tartibga solishga oid xususiyatlar tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutib qo‘yilgan.
2. Ijtimoiy ta’minot organlari - ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat sub’ektlari sifatida. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi va uning huquqiy maqomi. Davlat soliq xizmati organlari va ularning ijtimoiy ta’minot munosabatlaridagi ishtiroki.
O‘zbekkston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy ta’minot tizimini yaxshilash, erkinlashtirish va iqtisodiy isloxotlarning yanada chuqurlashtirilishi, shu asosda axoli turmush darajasini barkaror yuksaltirish maqsadida mexnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirliklari negizida Mexnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi, viloyatlarda mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish bosh boshqarmalari tuzilishi, tuman va shaxarlarda esa ijtimoiy ta’minot bo‘limlari avvalgi xolatida saqlab qolinishi ko‘zda tutildi.
Mamlakatda ijtimoiy ta’minotni tashkil etish va uni idora qilish ushbu organlarning asosiy vazifalaridan ekanligi belgilab qo‘yildi. Mazkur Farmon asosida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 8 maydagi qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga ko‘ra ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish sohasida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning hududiy organlari zimmasiga pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarni amalda ijtimoiy muxofaza qilishni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, ijtimoiy ta’minotni tashkil etish va boshqarish, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish xizmatlari faoliyatiga rahbarlik qilish, aholiga protez-ortopediya yordami ko‘rsatishni tashkil etish kabi vazifalar yuklatilgan. Yuqoridagi vazifalarga muvofiq mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi belgilab qo‘yilgan funksiyalarni bajaradi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 13 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi Mexlat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi qaroriga ko‘ra vazirlik zimmasidagi vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlash uchun uning quyidagi tuzilmasi ko‘zda tutilgan: viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasining namunaviy tuzilmasi esa quyidagi tarkibda bo‘lishi belgilangan. Ijtimoiy ta’minot tizimida O‘zbekiston Respublikasi Pensiya jamg‘armasi muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining Pensiya jamg`armasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra avvalgi Ijtimoiy ta’minot vazirligi xuzuridagi Pensiya jamg`armasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, uning funksiyalari bir muncha o‘zgartirilgan.
2001 yil 1 yanvardan boshlab byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga mablag‘lar to‘liq to‘planishni ta’minlash va to‘liq miqdorda tushishini nazorat qilish bilan bog‘liq vazifalar davlat soliq xizmati organlari zimmasiga yuklatildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 dekabrdagi qarori bilan «Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`larini shakllantirish va sarflash tartibi to`g`risida»gi Nizom tasdiqlandi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisob-kitoblarni taqdim etish, badallar, ajratmalar va to‘lovlarni to‘lash mudatlari ushbu Nizom bilan belgilab qo‘yildi.
Nizomga ko‘ra byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi mablaglari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
1) Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, yakka tadbirkorlar tomonidan majburiy tarzda, yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligi a’zolari tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘lanadigan sug`urta badallari;
2) Fu`arolar tomonidan majburiy ravishda to‘lanadigan sugurta badallari;
3) Korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan amalda sotilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmidan belgilab qo‘yilgan miqdordagi majburiy ajratmalar;
4) Mudatidan oldin va imtiyozli pensiyalar tayinlanishi munosabati bilan undiriladigan mablaglar;
5) Sugurta badallari va majburiy ajratmalarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun undiriladigan jarimalar hamda pensiyalar;
6) Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga ixtiyoriy to‘lovlar to‘lanishi.
Yuqoridagi hukumat qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001 yil 7 martdagi birgalikdagi «Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga Majburiy badallarni hisoblash va to‘lash hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi ajratmalarini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g`risida»gi Yo‘riqnoma tasdiqlanib, 2001 yil 16 martda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi.
Korxona va tashkilotlar Pensiya jamg‘armasiga amalda hisoblangan korxona xodimlari ish haqi fondining 24,0 foizi miqdorida yo`llanib ishlayotgan fuqarolar esa hisoblab chiqarilgan ish haqining 2,5% foizi miqdorida sug`urta badallari to‘lashlari nazarda tutilgan ixtisoslashtirilgan ish joylarida nogironlar mexnatidan foydalanayotgan korxonalarga hamda «O‘zbekiston chernobilchilari» uyushmasi, uning tarkibiy bo‘limlariga sug`urta badallari to‘lashda imtiyoz berilgan bo‘lib, ular ish haqi fondining 4,7 foizi miqdorida, advokatlik xay’atlari, byurolari va firmalari esa 7 foiz miqdorida badal to‘laydi.
Sugurta badallari to‘lashda hisobga olinmaydgan to‘lov turlari «Yo‘riqnoma»ning 1-ilovasida sanab ko‘rsatilgan (ular: kompensatsiya to‘lovlari, ishdan bo‘shash nafaqasi, moddiy yordam pullari, bepul ovqat qiymati va boshqalar). Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik bilan shug`ullanayotgan shaxslar va dehqon xo‘jaligining a’zolari tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga badallar to‘lash tartibi va muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2001 yil 24 avgustdagi 351-sonli karor bilan tasdiqlangan shu xaqdagi «Tartibda» belgilangan. Ushbu shaxslar to‘laydigan sug`urta badallari ularning o‘zlari tomonidan belgilanadi, ammo eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmasligi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi qarori bilan mulkchilik shaklidan qatiy nazar barcha korxona va tashkilotlar amalda realizatsiya qilingan mahsulot (ish, xizmat) hajmrshing 0,7 foizi miqdorida Pensiya jamgarmasiga majburiy ajratma ajratishlari belgilab qo‘yilgan.
Korxona, tashkilotlar, yakka tadbirkorlar, dehqon xo‘jaligi a’zolari, ayrim fuqarolar tomonidan sugqurta badallarini va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqish va to‘lash tartiblari, muddatlari «Yo‘riqnoma»da va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan. Pensiya jamgarmasi mablaglari yuzasidan kredit taqsimlovchi (tasarruf etuvchi) vakolatiga O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish bosh boshqarmalari ega bo‘ladi.
Pensiya jamg`armasi mablaglaridan maqsadga muvofiq foydalanish, mablag‘larning o‘z vaqtida tushishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish vazifasi «Nuroniy» jamgarmasining «Nazorat kengashi» jamoatchilik komissiyasiga yuklatilgan. Mulkchilik shaklidan qatiy nazar barcha korxona va tashkilotlar yilning har choragida sug`urta badallari va boshqa to‘lovlarning hisoblab chiqarilishi hamda to‘lanishi haqida o‘zlari joylashgan yerdagi tuman (shahar) davlat solik inspeksiyalariga hisobot taqdim etishlari lozim bo‘ladi. O‘z vaqtida hisobot taqsim etmaganlik, badal to‘lanadigan manbalarni yashirganlik, badal to‘lovlarini kechikib amalga oshirganlik uchun to‘lovchi sanaladigan korxona va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi «Soliq kodeksi»da va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan hajmda hamda tartibda moliyaviy jazoga tortiladilar.



Download 57,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish