4. Harbiy organlar ijtimoiy ta’minot huquqining sub’ekti sifatida korxona va tashkilotlar, kasaba uyushmalarining ijtimoiy ta’minot munosabatlaridagi ishtiroki
Harbiy xizmatchilarga pensiyalar tayinlashda davlat ijtimoiy ta’minot organlari bilan bir qatorda harbiy organlar ham ishtirok etishlari nazarda tutilgan. O`zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni 5-moddasiga ko‘ra: «Harbiy xizmatchilarni, shuningdek, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarni hamda ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartiblari O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi». Harbiy xizmatchilarga, shuningdek, umumiy asoslarda fuqarolik pensiyasi olishni tanlash huquqi ham berilgan. «Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi 1990 yil 28 apreldagi sobiq Ittifoq konuniga ko‘ra (1991 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan) muddatli harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolari o‘zlari yashab turgan tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga pensiya so‘rab murojaat qiladilar. Ofitserlar, praporshiklar, michmanlar, mudsatidan tashqari harbiy xizmatchilar, Ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati, chegara qo‘shinlari davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari tegishli vazirlik yoki davlat komitetaning pensiya bo‘limlariga murojaat qilishlari lozimligi belgilangan.
«Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 52-modsasiga ko‘ra ofitserlar, praporshiklar, michmanlar, muddatqdan tashqari harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlash organi Mudofaa vazirligi yoki boshqa vazirlik va davlat qo‘mitasi pensiya bo‘limlari hisoblanadilar. Ushbu qonun asosida xarbiy xizmatchi xizmatni o‘taydigan tegishli vazirliklar (Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari), davlat qo‘mitalari (chegara qo‘shinlari, bojxona, Milliy xavfsizlik xizmati) tomonidan o‘z idoralari xodimlariga pensiyalar tayinlash va to‘lash masalalarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi va shu asosda ushbu idoralar harbiy xizmatchilariga pensiyalar tayinlanadi hamda to‘lanadi.
Harbiy organlarning pensiya ta’minoti bo‘limlarining yuridik maqomi, vakolatlari va ish olib borish tartibi tegishli idoraviy normativ hujjatlarga binoan belgilab qo‘yiladi. Mulkchilik shaklidan qati nazar korxona, muassasa va tashkilotlar o‘z xodimlarini ijtimoiy ta’minlashda ishtirok etadilar. Bunday ishtirok etish shakllari qonun xujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagi ikki guruhga ajratilishi mumkin:
1) ijtimoiy organlarga fuqarolarning ijtimoiy ta’minotini amalga oshirilishida ko‘maklashish;
2) o‘z mablag‘lari hisobidan davlat ijtimoiy ta’minot tizimlarida ko‘zda tutilganiga qo‘sh imcha ravishda ijtimoiy yordam ko‘rsatish. Ijtimoiy ta’minot idoralariga aholini ijtimoiy ta’minlashda ko‘maklashish turli shakllarda amalga oshiriladi va ular:
a) pensiya yoshiga etgan va pensiya tayinlashlikni so‘rab murojaat qilgan o‘z xodimlarining, ularning oila a’zolarining xujjatlarini tayyorlash va ijtimoiy ta’minot bo‘limiga taqdim etish;
b) muddatidan avval pensiya tayinlanishga ko‘maklashish, bunday pensiyalarni o‘z mablaglari hisobidan qoplab borish;
v) ishlayotgan pensionerlarga o‘z hisobidan pensiyalarni to‘lash;
g) ishlayotgan bolali ayollarga nafaqalar tayinlash va to‘lash kabilardan iborat bo‘lishi mumkin.
Korxona va tashkilotlar xodimlar vakillik organi (kasaba uyushmalari) bilan kelishib qabul qiladigan ichki (loqal) me’yoriy xujjatlarda (jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvi, boshqa loqal hujjatlar) o‘z xodimlarini hamda ularning oila a’zolarini imtiyozliroq shartlarda, davlat ijtimoiy ta’minot tizimlarida ko‘zda tutilganidan yaxshiroq yoki bu tizimlarda ko‘zda tutilmagan ta’minot turlari bilan ta’min etilishini nazarda tutishlari mumkin. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 37-moddasiga ko‘ra, jamoa shartnomasida ish beruvchi va xodimlarning o‘zaro majburiyatlari ko‘zda tutilishi mumkin hamda unda korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda boshqa shartlar, shu jumladan, qonunlar va boshqa normativ xujjatlar bilan belgilangan normalar va qoidalarda ko‘rsatilganiga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqgisodiy shartlar (qo‘pshmcha ta’tillar, pensiyaga ustamalar, mudsatidan oldin pensiyaga chiqish va boshqalar) kiritilishi mumkin. Korxona va tashkilotlar nogironlar uchun qo‘shimcha ish joylari yaratash, ularni ish bilan ta’minlash orqali hamda boshqa ko‘plab shakllarda ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish faoliyatida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |