Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik,
basharti bu
huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmagan taqdirda
amalga oshiriladi». (10-modda).
S. Ma’muriy huquqbuzarlik qasddan (11-modda) va ehtiyotsizlik orqasida sodir etiilishi mumkin
(12-modda)
.
S.
Zaruriy mudofaa (18-modda), oxirgi zarurat (19-modda) va
aqli norasolik
(20-modda) holatlarida qilingan harakatlar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
S.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar
ma’muriy
javobgarlikka tortiladilar (13-modda).
S.
Kodeksning
24-moddasiga binoan ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan
olib qo‘yish yoki
musodara qilish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida qo‘llanishi mumkin; ushbu
Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan boshqa ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo
tariqasida qo‘llaniladi.
Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy yoki ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi
qo‘llanishi mumkin.
S.
Ma’muriy jazoning quyidagi turlari farqlanadi:
1.Jarima
2.Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish
3.Musodara qilish
4.Maxsus huquqdan mahrum qilish
5.Ma’muriy qamoqqa olish.
Jarima
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda
aybdor shaxsdan davlat
hisobiga pul
undirishd ir.
Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi,
davom etayotgan
ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng
kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining ellikdan bir
qismidan, mansabdor shaxslarga esa – o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak. Fuqarolarga
solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor
shaxslarga esa – o‘n baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi
huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga – eng kam ish haqining o‘n baravarigacha va mansabdor
shaxslarga – o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan jarimaning eng ko‘p
miqdori ushbu Kodeksning 6-moddasiga binoan fuqarolarga –
eng kam ish haqining uch
baravaridan, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan oshmasligi kerak (25-modda).
-Ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan, davom etayotgan huquqbuzarliklar
uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi to‘xtatilgan bo‘lsa-yu, lekin
huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, ma’muriy jazo
chorasi jinoyat ishi qo‘zg‘atishnin rad etish yoki jinoyat ishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul
qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ashyolarni bojxonaga doir qonun hujjatlari
asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi (36-modda).
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni:
1)
tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi, xo‘jalik sudlari;
2)
poselka, qishloq va ovul fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshidagi ma’muriy
komissiyalar;
3)
voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tuman (shahar)
komissiyalari;
4)
ichki ishlar (militsiya) organlari (mansabdor shaxslari), davlat inspeksiyasi organlari (mansabdor
shaxslari) va ushbu Kodeks bilan vakolat berilgan boshqa organlar (mansabdor shaxslar) ko‘rib
chiqadilar (242-modda).
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan Davlat
inspeksiyalari va organlari
quyidagilardir:
-yong‘indan saqlash nazorati -transport
organi
-
mehnat bo‘yicha inspeksiya
-
sanitariya
nazorati
-
veterinariya nazorati
-
tabiatni muhofaza qiluvchi organlar
-
bojxona organlari
-
soliq organlari
-
Moliya vazirligi nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlari
-
standartlashtirish, metrologiya i sertifikatlashtirish organlari
-
suv nazorati
-
iqtisodiyot
va statistika organlari
-
arxitektura va qurilishi organlari.
Yuqorida ko‘rsatilgan Kodeksda keltirilgan tibbiy xodimlar faoliyati bilan bevosita va bilvosita
bog‘liq bo‘lgan bir qator moddalarni ko‘rsatish mumkin:
1)
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar
(mansabdor shaxslar)- 242-modda
2)
Davlat sanitariya nazorati organlari (257-modda).
3)
Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari (294 - modda).
4)
Jabrlanuvchi (295-modda).
5)
Qonuniy vakillar (296-modda).
6)
Advokat (297-modda).
7)
Guvoh (298-modda).
8)
Ekspert (299-modda).
9)
Tarjimon (300-modda).
10)
Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlarning qoplanishi lozim bo‘lgan xarajatlari
(301-modda).
11)
Ma’muriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganligi sababli fuqaroga yetkazilgan
zararni qoplash (302-modda).
S.
12) Tuhmat (40-modda).
13)
Haqorat qilish (41-modda).
14)
Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (42-modda).
15 Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (43-modda).
16)
Hujjatlar bilan tanishib chiqishni asossiz ravishda rad etish 44 -modda).
17)
Fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish
(46-modda).
18)
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (49-modda).
19)
Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash (51-modda).
S.
20) Yengil tan jarohati yetkazish (52-modda).
21)
Sanitariya qonun hujjatlarini buzish (53-modda).
22)
Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish (54-modda).
23)
Radiatsion xavfsizlikka doir qoidalar,
normalar, yo‘riqnomalar va boshqa talablarni buzish
(55-modda).
24)
Giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g‘ayriqonuniy tarzda
tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish (56 -modda).
25)
Tanosil kasalligi yoki OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) yuqadigan manbaani
yashirish (56-modda).
26)
Tanosil kasalligi yoki OITSga uchragan shaxslarning tekshirishdan bo‘yin tovlashi (58-
modda).
27)
OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek tibbiy
va kosmetik muolajalarnio‘tkazishda xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik (59-
modda).
S.31
28)
Suv zahiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish (72-modda).
29)
Suvdan foydalanish qoidalarini buzish (74-modda).
S.
30) Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish
(164-modda).
31)
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish tartibini buzish (176-
modda).
32)
Shartnoma intizomini buzish (176
1-
modda).
S.
33) Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik (199-modda).
34)
Davlat statistik hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish (215-
modda).
Tibbiy xodimlarning turli xil kasbiy huquqbuzarliklar xususiyatlarini bilishi mazkur
huquqbuzarliklarning oldini olishda va albatta ularning mustaqil ishidagi muvaffaqiyatning muhim
shartidir.
Do'stlaringiz bilan baham: