1-mavzu.
Fuqarolar sog’liqini saqlash borasidagi qonunchilik asoslari.
Tibbiyot huquqi fani predmeti
-
davolash-profilaktika,
sanitar-gigienik faoliyat va
harakatlarini
amalga
oshirishdagi
huquqiy
munosabatlar
va
bu
munosabat
ishtirokchilarining huquqiy mavqeini belgilovchi aktlar.
Tibbiyot huquqi tizimi
-
sog‘liqni saqlash sohasini tartibga soluvchi
davolash-profilaktika, sanitar-gigienik me’yorlarini, huquqiy hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash sohasida qonunchilikning asosini O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi” O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni tashkil qiladi.
Jumladan, O‘zR Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasining barcha fuqarolari bir
xil huquqqa va erkinlikka ega, qonun oldida
hamma jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va umumiy
mavqeidan qat’i nazar birdek.
Imtiyozlar faqat qonun tomonidan belgilangan bo‘lishi
mumkin va u ijtimoiy
adolatliylik prinsiplariga mos kelishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari
va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari dahlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum
etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas (19-modda).
Fuqarolarning turli ijtimoiy huquqlari bilan bir qatorda 40-moddada har bir fuqaro
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi ko‘rsatilgan.
Ta’kidlash lozimki, davlat fuqarolarning Konstitutsiya
va qonunlar bilan
mustahkamlangan (43-modda) huquq va erkinliklarini ta’minlaydi va xar bir fuqaroga o‘z
huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish,
davlat organlari, mansabdor shaxslar,
jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan
sudga shikoyat qilish
huquqini kafolatlaydi (44-modda).
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida 1996 yilning 29 avgustida qabul qilgan
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni asosiy
bo‘lib hisoblanadi va u 1996 yilning 14 sentyabridan kuchga kirgan. Qonun 6 ta bob va
47 ta moddadan iborat.
Mazkur Qonunning 2-moddasida
keltirilishicha, fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash
to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini
ta’minlash;
-
fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish;
-
davlat organlari,
korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, jamoat birlashmalarining
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.