Favqulodda vaziyat sodir etshganda aholiga bildirish tartibi quyidagicha bo'lishi mumkin.
Kimyoviy xavfli ob'ektda avariya bo'lganda bunday axborot beriladi: «Diqqat barchaga!!! SHahar favqulodda vaziyatlar bo'limidan gapiramiz. Fuqarolar! Kimyo kombinatida kuchli ta'sir etuvchi zaharli modda -xlor chiqib ketib, avariya sodir bo'ldi. Zaharlangan havo buluti .yo'nalishida tarqala bormoqda. Quyidagi shahar kvartallari va viloyat aholi punktlari kimyoviy zaharlanish hududida qoladilar. Zaharlanish hududiga tushib qolgan kishilar uylaridan, muassasa, korxona, o'quv yurtlaridan chiqsinlar, shamol yo'nalishiga perpendikulyar, eng qisqa yo'l bilan xavfsiz joylarga o'tsinlar. Tashqariga chiqishdan oldin ho'llangan yoki 2% li suyuqlik soda eritmasi shimdirilgan paxta-dokali bog'ich taqib olinglar.
Agar zaharlangan havo buluti yetib kelguncha xonadoningizdan, uyingizdan chiqib ulgurmasangiz, qolgan joyingizda yashrinib, deraza-eshiklarni zichlab yopib, xonangizga tashqaridan havo kirmaydigan qilib oling.
Yerto'lalar va uylarning pastki qavatlariga yashirinmang. Xlor havodan og'ir bo'lgani uchun, pastqam joylarga, jumladan, yerto’lalarga oqib kiradi. Keyin esa favqudodda vaziyatlar bo'limining ko'rsatmasiga binoan yo'l tuting. Avariyani bartaraf qilish choralari ko'rilayapti. Xabarlarimizni kuzatib boring».
Mana shu tartibdagi axborot bir necha marotaba beriladi.
Atom elektr stanqiyasida yuz bergan avariya haqida fuqaro himoyasi quyidaga tartibda xalqni ogoh qiladi: «Diqqat, Fuqaro Himoyasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Atom elektr stanqiyasida avariya sodir bo'ldi. SHu AES atrofida joylashgan «O'zBAT» korxonasi, Hamza aloqa uzatish tarmog'i, yangi qurilayotgan metro stanqiyasi, Toshkent minYeral suv quyish zavodi va uy-joylarga, mahallalarga radioaktiv changlarning tushishi kutilmoqqa.
SHu hududda yashovchi hamma fuqarolar o'zlarining, yashovchi uylari gYermetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni radioaktiv chang tushishidan saqlashlari, o'zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. Keyingi hatti-harakatlar fuqarolar himoyasi shtabi yo'riqnomalari asosida olib boriladi».
Suv bosish ehtimoli tug'ilganda bunday axborot beriladi: «Diqqat barchaga!!! Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan (bo'limidan) gapiramiz. Fuqarolar! Qor qattiq Yerib, CHirchiq daryosida suv sathi ko'tarilishi natijasida kuyidagi joylardagi uylar va xo'jalik qurilishlarini suv bosishi kutilmoqda. Pasqam joylardagi aholi kerakli buyumlarini chordoqlarga, yuqori qavatlarga chiqarib qo'ysin. Evakuaqiyaga taeor turilsin. Eng zarur kiyim va poyafzal, ovqat mahsulotlarini olib ketishga taeorlab qo'yilsin. Suv yanada ko'tariladigan bo'lsa, uylardan chiqib, tepalik joylarga o'tishga taYerturilsin. Ketishdan oldin elektr toki, suvni to'xtatib, pechlardagi o't o'chirib qo'yilsin. Pul va hujjatlarni olish yodingizdan chiqmasin! Hayvonlarni, ozuqa va yem-xashaklarni ehtiyotlab qo'yishni o'ylang. Suv bosish xavfi borligini qo'shnilaringizga eslating. Bolalarga, keksalarga va xastalarga yordam bYering. Vazminlik, tartibni saqlang. Agar suv dalada ekaningazda kelib qolsa - balandlik joylarga chiqing, bordiyu, buning iloji bo'lmasa daraxtga chiqib oling. Juda bo'lmasa, odamni suv betida tutib tura oladigan xoda, taxta, yog'och devor parchalari, yog'och eshik, dYeraza, avtomobil kamYeralari singari narsalardan foydalaning. Suv bosish hududidan evakuaqiya qilish choralari ko'rilayapti».
Yer silkinishi ehtimolida: «Diqqat Fuqaro himoyasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Yer silkinishi ehtimoli bor! Gaz, suv, elektroenergiya, yonayotgan moddalarni o'chirib, uylarni xavfsiz holatda qoldirib, eshitgan ma'lumotlaringizni qo'ni-qo'shnilarga yetkazing. Kerakli narsalarni: kiyim-kechak, hujjat, oziq-ovqat, suv olib baland qurilgan imoratlardan uzoqroq joylarda saqlaning!
Yersilkinganda inshootlarda bo'lsangiz, darhol eshik, oyna ustunlari tagiga turib oling.Tartib va osoyishtalik saqlansin. Fuqaro himoyasi shtabi yo'riqnomalariga e'tiborni qarating!»
Favqulodda vaziyat xavfi tug'ilganda va sodir bo'lganda xavf darajasini ko'rsatadigan ikkita bildirish rejimi belgilangan:
1.Yuqori Tayyorgarlik rejimi.
2. Favqulodda rejim.
Bunday hollarning hammasida hokimiyatlarga, tuzilmalariga, huquq-tartibot organlari (IIB, prokuratura)ga, tibbiy xizmatga, yong'in xavfsizligi xizmatiga va davlat kuzatish xizmatiga xabar beriladi.
Axborot manbalari (datchiklar) bevosita ko'chki (sel) xavfi bor joylarga o'rnatiladi. Axborot kuzatish postiga keladi, kuzatish posti navbatchisi telefonda mahalliy hokimiyatlarni va xavf ostidagi muassasalarning bevosita o'zini xabardor qiladi, shuningdek sirenalarni va yorug'lik signallarini ishlatib yuboradi. SHu bilan bir vaqtda kuzatish stanqiyasi navbatchisiga ro'y bergan hodisa haqida axborot bYeradi, tuman favqulodda vaziyatlar bo'limini, tuman hokimiyatini, Ichki ishlar boshqarmalarini, prokuraturani, tibbiy xizmatni, yong'inga qarshi kurash xizmatini va davlat kuzatish xizmatini xabardor qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |