Aloqa va xabar berishni ta'minlashdagi asosiy vazifalar: - favqulodda vaziyatlar bo'limlari boshliqlari, xizmatlari va kuchlari signallarini qabul qilish va berish;
- FVDT boshqarish organlari o'rtasida pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga axborot almashinishining ishonchli bo'lishi;
- FVDT boshqaruv organlarining favqulodda vaziyatlar haqida bildirish signallarini berishi, shuningdek bu signallarni FVDT organlari va aholiga yetkazishdan iborat.
Aloqa tizimi quyidagi xususiyatlarga ega bo'lmog'i lozim:
- aloqa tizimining barqarorligi - favqulodda vaziyatlar yuz berganda ishchanligini yo'qotmasligi, yashovchanligi, tashqi ta'sirga bardoshliligi, mustahkamliligi bilan xarakterlanadi.
- aloqa tshgtining harakatchanligi uning vujudga kelgan sharoitga mos ravishda o'z vaqtida yoyish, kengaytirish va uning tuzilishini o'zgartirish qobiliyati bilan xarakterlanadi.
- aloqa tizimini o'z vaqtidalshigi - bu uning signallarni, axborotlarni ko'rsatilgan vaqtda uzatish qobiliyatidir.
- aloqa tshimini ishonchliligi - uzatuvchi xabarlarni o'rnatilgan aniqlikda yetib borishini ta'minlash qobiliyatidir.
5 - aloqa tizimining yashirinligi – uzatilayotgan axborotni, ma'lumotlarni va ularni uzatish joyini dushmanlardan yashirish qobiliyatidir.
FVDT kuchlari va vositalarini boshqarishning yashirinliligini ta'minlash uchun (harbiy davrda) aloqa-texnik vositalarida ishlovchi shaxsiy tarkib o'rnatilgan ish tartiblariga aniq rioya qilishlari, gaplashish va yashirin boshqarish qoida va tartiblarni bajarishi kerak.
Aloqa va xabar berish xizmatini tashkil etish hamda uning kuch va vositalari tarkibi.
Aloqa va xabar berishni tashkil etishga fuqaro himoyasi boshlig'i mas'uldir. Aloqa va xabar berish tizimining doimiy taeorgarligini bevosita fuqaro himoyasi xabar berish va aloqa xizmati boshlig'i ta'minlaydi. Fuqaro himoyasi aloqa tizimi muqim, ko'chma boshqaruv punktlarining aloqa tarmoqlari bazasiga hamda davlat aloqa tarmog'iga tayangan holda tinchlik davrida oldindan tashkil etib qo'yiladi. Respublika, viloyat, poytaxt shahar aloqa tizimi asosini shahar va shahardan tashqari hududlardagi boshqaruv punktlarining aloqa tarmoqlari tashkil etgan bo'lib, ular aloqa vazirligining shahar va shahardan tashqaridagi aloqa tarmoqlariga aloqa yo'llari yordamida bog'langan bo'ladi hamda ular orqali davlat aloqa tizimiga chiqishni ta'minlab beradi.
Aloqa uzellari muqim (himoya qilingan va himoya qilinmagan) hamda ko'chma bo'ladi.
Muqim aloqa tarmoqlari respublika, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va idoralarning shaharlardagi va shahardan tashqari hududlaridagi boshqaruv punktlaridagi himoya inshootlarida jihozlanadi. Ko'chma aloqa tarmoqlari avtomobillarda, vertolyotlarda va temir yo'l vagonlarida jihozlanib, muqim aloqa tarmogada uzellar ishdan chiqqanda, avariya-qutqarish ishlari o'tkazishda va boshqa to'satdan paydo bo'lgan vazifalarni bajarishda aloqalarni ta'minlab turishga mo'ljallangan bo'ladi.
FVDTda radio, radiorelьe, simli va signal beruvchi aloqa vositalari ishlatiladi. Radio muhim va ishonchli aloqa vositasi bo'lib, birinchi galda FVDT kuchlari favqulodda vaziyatlar joyiga olib borilayotganda va avariya-qutqaruv ishlari o'tkazilayotganda ularni boshqarish uchun ishlatiladi. Simli aloqa vositalari FVDT kuchlari o'z asosiy joyida turganda, avariya-qutqarish ishlari o'tkazayotganda, ularni boshqarish uchun boshqaruv punktlari ichki aloqasini ta'minlashda ishlatiladi.
Signal beruvchi vositalar - axborot berish, biri-birini tanib olish hamda xabarlash, boshqarish va o'zaro hamkorlik qilish signallarini berish uchun ishlatiladigan eshitish, ko'rish, radiotexnika vositalaridir.
Ko'chma aloqa vositalari sifatida avtomobillar, motoqikllar, vertolyotlar va yugurdaklardan foydalaniladi.
Xabar berish qo'yidagi qismlarga bo'linadi:
1. Markazlashgan xabar berish tizimi.
2, Xabar berigining lokal tizimlari.
1. Markazlashgan xabar berish tizimi deganda tinchlik va harbiy harakatlar davrida fuqaro himoyasiga mas'ul xodimlarga hamda respublika aholisiga signal va kerakli axborotlarni tezlikda yetkazib berishga mo'ljallangan texnik vositalar, aloqa kanali, radio va televidenie majmuasitushuniladi.
Uz vazifalariga qarab markazlashgan bildirish tizimi respublika, viloyat, tuman, shahar, inshoot miqyosida tuziladi. Aholiga markazlashgan holda xabar berish tizimining maxsus jihozlangan texnik vositalari Favqulodda vaziyatlar vazirligining xududiy boshqarmalari tasarrufida bo'ladi. Bu texnik vositalar qoida bo'yicha O'zbekiston pochta va telekommunikaqiya agentligi korxonalarida joylashtiriladi. Xabar berish apparatlari favqulodda vaziyatlar shahar (tuman) bo'limlarida o'rnatiladi, agarda bunday bo'limlar mavjud bo'lmasa kechayu-kunduz tezkor navbatchilik tashkil qilingan joylarga o'rnatiladi.
Markazlashgan xabar berish tizimi ancha qulayliklarga ega.
Birinchidan, sirenaning ovozi shahar, tuman, viloyatning barcha aholisi etiborini jalb qilish imkoniyatini bYeradi.
Ikkinchidan, uni ham tinchlik davrida - tabiiy ofat, avariyalar sodir bo'lganda, ham harbiy davrda qo'llash mumkin. Bulardan tashqari aholi markazlashgan xabar berish tizimidan aloqa va radio tarmoqlari orqali og'zaki axborotlar oladi.
SHaharda, qishloqlarda, tumanlarda va xalq xo'jalik ob'ektlarida ovozli signallarni va og'zaki xabarlarni yetkazuvchi barcha xabar beruvchi vositalarni yagona markazlashgan xabar berish tizimiga birlashtiruvchi maxsus apparatlar mavjud. Ular yordamida elektrosirenalarni boshqarish, rahbar xodimlarga uy va xizmat telefonlari orqali xabar berish hamda boshqa xabar berish vositalarini ulash mumkin.
2. Xabar berigining lokal tizimlari. Halokatli suv bosish ehtimoli bor hududlarda, atom energetikasi ob'ektlari va kimyoviy xavfli ob'ektlar turgan joylarda aholiga tezroq xabar berish uchun, ayniqsa Chernobil voqeasidan keyin, bildirish lokal tizimlari yaratish masalasiga alohida e'tibor beriladigan bo'ldi. Bunday tizimlar yordamida avariya sodir bo'lgan ob'ektdagi ishchi va xizmatchilargagina emas, balki zaharlanish, vayron bo'lish yoki halokatli suv bosish ehtimoli bor hududga tushib qoladigan aholiga ham vaqtida xabar berish mumkin bo'ladi.
Tezkorlik - lokal tizimlarning asosiy afzalligi bo'lib, tezlik bilan bildirishdan iborat. Masalan: navbatchi dispetchyereng tang vaziyatlarda bir qarorga kelib darhol signal berishi mumkin.
Lokal tizimlar odatda, signal beruvchi qurilmalar(datchiklar)dan boshlanadi. Ular kimyo inshootlariga yoki to'g'onlar korpusiga o'rnatib qo'yiladi. Signal datchiklardan navbatchi dispetchYerga tushadi, u inshootda ro'y bergan favqulodda vaziyat haqida P-164 boshqarish pulьti elektron qurilmalar, inshootdagi qirkulyar chaqirish qurilmalari va P-164-P uzatgich (pYeredatchik) orqali telefonlar va radiokarnaylar orqali e'lon qiladi.
P-164-P uzatgich zararlanish (suv bosish) ehtimoli bor hududda yashab turgan aholiga xabar berishning lokal tizimi P-160 apparatini ulab, radiotranslyaqiya kanallarini, elektr sirenalarini va ko'chadagi radiokarnaylarni ishga tushiradi.
Aloqa va bildirishning markazlashtirilgan va lokal tizimlarini tuzish va doimiy shay holda saqlab turish aholiga Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki yuzaga kelishi haqidagi signal va axborotlarni o'z vaqtida yetkazish imkoniyatini bYeradi hamda boshqaruv punktlari va barqaror aloqaning borligi rahbarlikni muvaffaqiyatli olib borish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha o'zaro hamkorlikni tashkil qilishga sharoit yaratib bYeradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |