4 – ma'ruza Mavzu: Fqarolarni favqulotda vaziyatlardan ximoya qilish. Evakuatsiyani tashkil etish va o’tkazish.
Reja: 1. Fuqarolarni himoya qilishning uslublari
2. Aloqa va xabar berish xizmatini tashkil etish hamda uning kuch va vositalari tarkibi.
3. Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni evakuatsiya qilish.
Tayanch iboralar: Fuqaro muxofazasi tuzilmalari - fuqaro himoyasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish printsipiga ko'ra tashkil etiladi.
Fuqaro muxofazasi qo'shinlarining asosiy fondlari -Harbiy shaharchalarning turar joylari va imoratlari, fuqaro himoyasi harbiy qismlarining o'quv-moddiy bazasi ob'ektlari, moddiy va texnik vositalari davlat mulki bo'lib, fuqaro himoyasi qo'shinlarining asosiy fondlarini tashkil etadi.
O'zbekiston Respublikasi Fuqaro himoyasining xuquqiy asoslari «Aholi va hududlarni texnogen va tabiiy tusdagi FVlardan himoya qilish to'g'risida" (1999 yil 20 fevral)dagi va "Fuqaro himoyasi to'g'risida" (2000 yil 26 may)dagi qonunlar va Vazirlar Mahkamasining shu boradagi qabul qilgan qarorlari hisoblanadi.
Fuqaro himoyasi qo'shinlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro himoyasi qo'shinlari O'zbekiston Respublikasi fuqaro himoyasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Asosiy matn. Fuqarolarni himoya qilishning uslublari quyidagilardan iborat: Fuqarolarni xavfli vaziyat xususida o'z vaqtida ogohlantirish;
Radiaqiyaga va kimyoviy ta'sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillar;
Evakuatsiya omillarini o'tkazish (fuqarolarni xavfli hududdan, vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki to'liq uzoqlashtirish);
SHaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish.
Fuqarolarni favqulodda vaziyatlar haqida ogohlantirish. Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishning hir tomonlama omillarida alohida o'rin tutadigan uslub — bu fuqarolarni o'z vaqtida ogoxdantirish hisoblanadi. Aholi va xududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni tashkil etish bo'yicha tadbirlar zanjirida asosiy qismlardan biri bu mustahkam, barqaror va o'z vaqtida aloqa o'rnatish va xabar berishdir. SHuning uchun aloqa va xabar berish vositalarini takomillashtirib borish barcha fuqaro himoyasi boshliqlarining hamda respublika, viloyat, shahar, tuman va xalq xo'jaligi ob'ektlarining aloqa va xabar berish xizmatining doimo e'tiborida bo'lishi kerak.