Bo'lim nomi
|
Bet
|
|
Ma'ruza mavzulari
|
4
|
|
Amaliy mashg'ulitlar mavzusi.
|
49
|
|
Mustaqil ishni tashkil etish.
|
105
|
|
Glossariy.
|
109
|
|
Fan dasturi.
|
132
|
|
Ishchi fan dasturi.
|
138
|
|
Tarqatma materiallar.
|
145
|
|
Testlar.
|
172
|
|
Baxolash mezoni.
|
202
|
|
O'UM elektron varianti.
|
210
|
Mavzu№1.Favqulotda vaziyatlarda fuqarolar ximoyasi
Reja:
Kirish.
Fuqarolar himoyasi haqida tushuncha.
FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishi.
Tayanch so'z va iboralar:
Favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo'lishiga, ularning sog'lig'i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayotiy faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo'lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofatlar natijasida muaean hududda yuzaga kelgan holat;
Xudud-bu yer, suv va havodan tashkil topgan makon yoki uning bir qismi, ishlab chiqarish va maxsus ob'ekt, xamda bizni o'rab turgan muxit.
Aholi-bu FV yoki uning oqibati ta'siridagi xududda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolik xuquqi bo'lmagan va chet ellik, xamda FV oqibatlarini tugatishda qatnashayotgan fuqarolardir “Favqulodda” so'zini oddiy xalq tili bilan aytganda, odatdagi hayotiy voqealardan chetlatish deb tushuniladi.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa'y-harakatlari majmui.
Asosiy matn.
1. Kirish.
Insoniyat XXI asrga qadam qo’yar ekan, o’tgan davr mobaynidagi sovuk urushlar, tinchlik davrlarida qo’llanilgan zamonaviy qurollar, turli ko’rinishdagi falokatlar va boshqa muammolarni tahlil qiladi va yangi asr bo’sag’asida bajariladigan tadbirlarni har tomonlama asoslagan holda belgilab oladi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, XX asr poyonida xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarish jarayonining misli ko’rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta’minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi ahrli salomatligi, atrof - muhit tozaligi va iqtisodning barqaror rivojlanishiga taxdid solib turibdi. SHu sababdan ham O’zbekistonda o’z mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardanoq eng muxim vazifalar qatoridan mamlakat aholisi va hududini turli xil favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari o’rin oldi. O’zbekiston Respublikasi ibrinchi prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida ta’kidlaganidek: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan». Vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi taxdidi to’g’risida, «O’zbekiston XXI asrga intilmokda» asarida ham batafsil to’xtab o’tganlar.
Avvalgi ikki qarama - qarshi siyosiy qarashlarning bir - biriga faol qarshiligi vaqtlarida butun aholi qatlami faqat zamonaviy qirg’in qurollari va hujumkor vositalardan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bo’lsa, hozirgi davrdagi fuqarolar himoyasi - yangi ijtimoiy, iqtisodiy zarurat asosida tashkil topgan. Ya’ni mustaqil O’zbekistonni va fuqarolarini turli ko’rinishdagi falokatlardan va halokatlardan saqlash ruhida tarbiyalashga yo’naltirilgan.
SHu nuqtai nazardan xalqimizni dushman tomonidan bo’ladigan ham ichki, ham tashqi ta’sirlardan saqlash, hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblansa, ikkinchi tomondan bizning o’lkamiz tabiiy ofatlar (er silkinishi, yer surilishi, sel, suv toshqini, kuchli shamol va boshqalar) bo’lishiga moyil o’lka bo’lganligidan hamda texnogen avariyalar, katastrofalar va ekologik muvozanatning buzilishi natijasida uning oqibatlaridan fuqarolarni, xalq xo’jaligi tarmoqlarini, moddiy resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar ko’rgan xududlarda kutqarish va kechiktirib bo’lmaydigan tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim masalalardan hisoblanadi.
Albatta, yuqoridagi muammolarni hal qilishda O’zbekiston mintaqasi uchun tavsifli bo’lgan tabiiy ofatlarni, ishlab chiqarish avariyalarini va yuzaga keladigan ekologik vaziyatlarni chuqur tahlil qilish natijasidagina (har bir vaziyatning kelib chiqish sababini, kuchini, ta’sir doirasini, odamlarga, atrof - muhitga ko’rsatadigan oqibatlarini o’rganish) ularga qarshi eng qulay chora - tadbirlar belgilanadiki, natijada har qanday favqulodda vaziyatlardagi ham moddiy, ham ma’naviy yo’qotishlar miqyosini shunchalik qisqartirishga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |