2. Favqulodda vaziyatlar xavfning tarqalish tezligiga ko’ra, quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Tasodifiy FV — yer silkinishi, portlash, transport vositalardagi - avariyalar va boshqalar;
SHiddatli FV — yong’inlar, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;
3. Mo’’tadil (o’rtacha) FV — suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi, radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar vaboshqalar;
4. Ravon FV - sekin-asta tarqaluvchi xavflar: qurg’oqchilik, epidemiyalarning tarqalishi, tuproqning ifloslanishi, suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.
Favqulodda vaziyatlar tarqalish miqyosiga (shikastlanganlar soniga hamda moddiy yo’qotishlar mikdoriga qarab) ko’ra 4 guruhga bo’linadi:
Lokal (ob’ekt miqyosidagi) FV;
Mahalliy FV;
Respublika (milliy) FV;
Transchegaraviy (global).
1. Lokal favqulodda yeaziyat - biror ob’ektga taalluqli bo’lib, uning miqyosi o’sha ob’ekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida Yudan ortiq bo’lmagan odam jabrlangan yoki YuOdan ortiq bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu ob’ekt FMning kuchi va resurslari bilan tugatiladi.
2.Mahalliy favqulodda vaziyat — aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500 dan kam bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi mikdorining 1 ming baravardan ortiqni, biroq 0,5 million baravardan ko’p bo’lmagan mikdorni tashkil etgan hisoblanadi.
3. Respublika (mshliy) favqulodda vaziyat deyilganda — favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortig’ini tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi mumkin bo’lgan FV tushuniladi.
4. Transchegaraviy (global) favqulodda vaziyagp deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoxud FV chet elda yuz bergan va O’zbekiston hududiga daxldor holat tushuniladi.
Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag’i bilan hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag’lari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat O’zbekiston davlati uchun, balki unga chegaradosh bo’lgan Turkmaniston, Qozog’iston va boshqa davlatlar uchun ham falokat keltiruvchi vaziyatdir. SHuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini hal qilishga O’zbekiston davlatining kuch va mablag’idan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilortari (Ekosan, Yunep va boshq.) mablag’lari, kuchlaridan foydalanilmokda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra bizning mintaqada 7 xil FV turlari tasdiqlangan:
Zilzilalar, yer surilishi;
Sel, suv toshqinlari va boshqalar;
Kimyoviy - xavfli ob’ektlarda avariya va falokatlar (o’tkir zaharli moddalarning ajralib chiqishi);
Portlash va yong’in xavfi mavjud ob’ektlardagi avariya va falokatlar;
Temir yo’l va boshqa transport vositalarida tashish paytidagi avariya va falokatlar;
Xavfli epidemiyalarning tarqalishi;
Radioaktiv manbalardagi avariyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |