Dezaktivatsiya deyilganda, zararlangan vositalardan (kiyim-kechak, himoya vositalari, suv, texnika, transport vositalari) hamda inshootlardagi radioaktiv moddalar aktivligini yo'qotish tushuniladi. Dezaktivatsiya ikki xil: mexanik va fizik-kimyoviy usul bilan olib boriladi. Mexanik usulda zararlangan ob'ektlarning ustki qismidagi radioaktiv chang xo'llangan latta bilan artish, suv oqimi bilan yuvish, supurish, qoqish orqali yo'qotiladi. Fizik-kimyoviy usul esa kuchli yuvish xususiyatiga ega bo'lgan dezaktivatsiya qiluvchi eritmalardan foydalanishga asoslangan. Ularga SF-2 va SF-2U poroshoklari, OP-7 va OP-10 emulьgatorlari, №zRO4, trilon B, shavel, limon kislotalari, har xil yuvuvchi vositalar: " Pemos", "Lotos", "Deni" "Ekstra" va boshqalar, har xil sovun-soda eritmalari kiradi.
Zararlangan predmetlar uchiga cho'tka o'rnatilgan purkagichlar, maxsus mashinalar, avtomaks, qo'l purkagichi, gidropulьtlar yordamida yuviladi yoki shu erimalar shimdirilgan latta bilan artiladi. Kiyim va boshqa yengil narsalar qoqib, cho'tka yoki chang yutgich (pilesos) bilan tozalab dezaktivatsiya qilinadi. Metall, yog'och, shisha, rezina predmetlar suv yoki dezaktivatsiya qiluvchi eritmalar bilan tozalanadi. Asfalьtlangan ko'chalar, hovlilar supurib, so'ngra suv sepuvchi mashinada yoki shlang bilan yuvilib dezaktivatsiyalanadi. Tuproqli yerni dezaktivatsiya qilish yerning ustki qatlamini 5 - 7 sm chuqurlikda bulьdozer, greyder yoki belkurak bilan qirish, chopiq qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Qishda qor (6-8 sm) qo'lda qor tozalovchi mashinada olib tashlanadi. Binoning tashqi qismi shlangda suv bilan yuviladi yoki supuriladi. Avtomobillar suv bilan, degazatsiyalovchi eritmalar bilan yuviladi, yog'li joylar benzin bilan artiladi. RM bilan zararlangan oziq -ovqat va suv, agar ulardan foydalanish ko'zda tutilsa, yaxshilab dezaktivatsiya qilinadi. Dezaktivatsiya qilinganidan so'ng RM yo'l ko'yilishi mumkin bo'lgan darajagacha yo'qotilganiga ishonch hosil qilish uchun, albatta dozimerik nazorat o'tkaziladi.
Degazatsiya — zararlagan ob'ektlardagi zaharlovchi moddalarni kimyoviy neytrallash va yo'q qilishdir. Degazatsiya maxsus texnikalar yordamida amalga oshiriladi. Degazatsiyaning kimyoviy, fizik - kimyoviy va mexanik usullari mavjud. Kimyoviy usulda degazatsiya qilishda zararlangan ob'ekt degazatsiyalovchi moddalar eritmasi bilan tozalanadi va u zaharlovchi modda bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishib, ZM-ni kimyoviy neytrallaydi. Degazatsiyalovchi moddalar va eritmalar:
1. Tarkibida faol xlor bo'lgan moddalar - DSK-GK (ikki-uch asosli kalьtsiy gipoxlorit tuzi), xloramin, dixloramin ( DT - 2, DXT - 2 ), monoxloramin B (XB), geksaxlormelamin, xlorli ohak, geksaxloramilamin (DT - 6) - lar. Bu moddalar yerdamida U-gazlar, iprit, lyuizit degazatsiya qilinadi. Bu moddalar ZM bilan oksidlanish reaktsiyasiga kirishib, ZM-ni zararsizlantiradi. Tarkibida xlor bo'lgan moddalardan tayyorlangan eritmalar havoda turganda faol xlorni yo'qotadi, shuning uchun ushbu moddalardan tayyorlangan eritmalar tez vaqt ichida ishlatilishi kerak. Bundan tashqari, ushbu eritmalar metall yuzasiga tushganida ularni zanglatadi, odam terisiga tushganda ta'sirlantiradi, ayrim vaqtlarda dermatitlarni keltirib chiqaradi. Geksaxlormelaminning dixloretandagi 5%-li eritmasi yoki dixloraminning dixloretandagi 10%- li eritmasi (degazatsiyalovchi eritma № 1) odam uchun zaharli, odamning organizmiga tushganda o'lim bilan tugaydigan zaharlanishga olib keladi.
2. Ishqorli moddalar va eritmalar - ammiak (novshadil spirti), monoetanolamin, natriy ishqori ( kaustik soda), degazatsiyalovchi eritma № 2 ash va №2 bsh-lar. zarin, zomanni degazatsiya qilish uchun ishlatiladi. Bu moddalar ZM-lar bilan reaktsiyaga kirishib, ularni gidrolizlanishinin kuchaytiradi.
3. Polidegazatsiya xossasiga ega bo'lgan eritmalar ZM-lar bilan oksidlanish va gidrolizlanish reaktsiyasiga kirishish xususiyatiga ega. Bu eritmalar barcha ZM- larni degazatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Degazatsiyaning fizik-kimyoviy usuli erituvchilar (benzin, kerosin va boshqalar) bilan yuvish, bug'lantirish, aktivlashtirilgan ko'mir bilan adsorbtsiya qilish ( masalan suvni Filtrlash), zararlangan yumshoq narsalarni 2%- li kir soda eritmasida qaynatishdan iborat.
Degazatsiyaning mexanik usuli degazatsiya qilinishi kerak bo'lgan xar xil predmetlardagi ZM-larni shamolda ko'tarilib ketishi va bug'lanishi uchun ularni arqonlarga osish, tuproq, oziq-ovqat va yem-xashakning zararlangan qismini olib tashlashdan iborat bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |