Asosiy adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, T.,O’zbekiston, 1999.
2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., O’zbekiston 1997.
3. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., O’zbekiston 1999.
4. O’zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni: “ O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to’g’risida”, 4.03.1996.
5. O’zbekiston Respublikasi Qonuni: “Aholini va xududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish to’g’risida”, 20.08.1999.
6. O’zbekiston Respublikasi Qonuni: “Fuqaro ximoyasi to’g’risida”, 20.05.2000.
7. O’zbekiston Respublikasi Qonuni: “Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida”, 31.08.2000.
8. O’zbekiston Respublikasi Qonuni: “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”, 12.05.2000.
9. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori: ” O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida”, 23.12.1997, № 558.
10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiqarori: ” O’zbekiston Respublikasi axolini Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to’g’risida”, 7.10.1998, № 427.
11. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori: “Texnogen-tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to’g’risida”, 27.10.1998, № 455.
12. M.Tojiev, I.Nepmatov, M.Ilxomov “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muxofazasi”, darslik, T., 2002.
13. O.Qudratov, T.G’aniev “Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muxofazasi”, T., 2005.
14. I.Nepmatov, M.Tojiev, “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muxofazasi”, darslik, T., 2011.
15. I.Raxmonov, U.Vahobov, X.Yodgorov “Favqulodda xolatlarda shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish”, T., “Fan”, 2004.
MUSTAQIL TA’LIM.
Talabaning bilim darajasini oshirishda mustaqil
ta’limning o’rni.
Ta’lim tizimining o’z oldiga qo’ygan asosiy vazifalaridan biri talabani ya’ni bo’lajak mutaxassisni o’z-o’zini rivojlantirish, mustaqil ravishda bilimi, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarini hosil qilish, innovatsion faoliyatga layoqatli, salohiyatli, ijodkorbo’lajak kadrlarni shakllantirishdan iboratdir. Bunday vazifani amalga oshirish uchun tayyor bilimlarni o’qituvchi tomonidan talabaga berishning o’zi yetarli emas. Ta’lim tizimidagi o’zgarishlar ayniqsa ta’lim mazmuni bilan bog’liqyangiliklar talabalar faoliyatini tashkil etishning yangi shakli va usullari ta’lim jarayoniga tadbiq etishni talab etadi. Buning uchun esa, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish muxim shaklgina emas, balki ta’lim jarayonining asosini tashkil etuvchi omil deb qarash lozim.
Talabaning mustaqil ishi degan tushuncha, uning auditoriya va undan tashqarida, o’qituvchi rahbarligi ostida yoki o’qituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil ish majmuini anglatadi.
Mustaqil ish bevosita auditoriyada, o’qituvchi bilan dars jadvalidan tashqari paytlardagi bevosita muloqot chog’ida maslahatlar berishda, ijodiy muloqotlar jarayonida va ta’lim muassasasi kutubxonalarida, uyda, talabalar uylarida, kafedralarda talaba tomonidan o’quv yoki ijodiy topshiriqlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi. SHuni e’tiborga olish lozimki, talabalarning mustaqil ishlari auditoriyada ham, undan tashqarida ham bo’lishi mumkin. Lekin, auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ishlar asosiy o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |