8-ma'ruza
Mavzu: Fuqaro himoyasi va terrorizm.
Reja:
Terrorizm. Terrorizmga oid tushunchalar.
Terrorizm- jahondagi tinchlik barqarorlik va taraqqiyotning dushmani.
O'zbekiton xalqining milliy tafakkur tarzi-terrorizmgaqarshi omil sifatida.
Tayanch iboralar.
Favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo'lishiga, ularning sog'lig'i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayotiy faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo'lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofatlar natijasida muaean hududda yuzaga kelgan holat;
Xudud-bu yer, suv va havodan tashkil topgan makon yoki uning bir qismi, ishlab chiqarish va maxsus ob'ekt, xamda bizni o'rab turgan muxit.
Aholi-bu FV yoki uning oqibati ta'siridagi xududda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolik xuquqi bo'lmagan va chet ellik, xamda FV oqibatlarini tugatishda qatnashayotgan fuqarolardir “Favqulodda” so'zini oddiy xalq tili bilan aytganda, odatdagi hayotiy voqealardan chetlatish deb tushuniladi.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa'y-harakatlari majmui;
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o'tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro'y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro'y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sog'lig'ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui;
Asosiy matn.
Terrorizm. Terrorizmga oid tushunchalar.
Terrorizm lotincha “Terror” so'zidan olingan bo'lib, siyosiy, diniy, mafkuraviy va maqsadlarga Yerishish uchun shaxsning hayoti, sog'ligiga xavf tug'diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy boyliklarni yo'q qilish xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etilishidan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suvirentetini, xududiy yaxditligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli majorolar chiqarishni ko'zlab ig'vogarchilik qilishga, aholini qo'rqitishga, ijtimoiy, siyosiy vaziyatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |