Fuqaro himoyasi


QBTI ishlarini shikastlangan o'choqda olib borish usullari



Download 21,33 Mb.
bet32/115
Sana17.07.2022
Hajmi21,33 Mb.
#817453
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115
Bog'liq
Fuqaro himoyasi

2. QBTI ishlarini shikastlangan o'choqda olib borish usullari.
Ma'lumki, QBTIni bajarish usullari va qoidalari, o'sha shikastlangan o'choqda harakatlanuvchi tuzilmalarga halaqit beruvchi omillar darajasiga qarab tanlanadi. Jumladan, shikastlangan inshootlarni tavsifiga, kommunal, enYergetik va texnologik tarmoqlardagi avariya darajasiga, o'sha joydagi radioaktiv va kimyoviy zararlanish darajasi hamda yong'in miqyosiga qarab usullar tanlanadi. CHunki radioaktiv, kimyoviy va biologik shikastlangan o'choklarda shikastlanish har xil darajada va miqyosda bo'lganligidan QBTI usullari ham har xil tartibda qo'llaniladi.
Xuddi shunday tinchlik davrida bo'ladigan FV-larda( suv toshqini, zilzila, sel va b.) ham QBTI shikastlanish o'chog'ining hududlari va talafotlariga qarab olib boriladi. Masalan, Afg'oniston, Meksika, Armaniston, Hindiston va boshqa mamlakatlardagi Yer silkinishlarini yodga olish mumkin. Bu yerlarda yerostida qolgan odamlarni qutqarishda juda katta (16 t) yuk ko'targichlari, projektorlar tunu kun ishladilar. Buzilgan joylarda qolgan odamlar 2-3 hafta davomida qutqarilgan va yashayotgan fuqarolar borligi aniqlangan. Masalan, 1985 yil Meksikada bo'lgan Yer silkinishi oqibatida 13 sutkagacha xarobalar ostida qolib ketgan 4,5 ming odam qutqarilgan. Armanistondagi Yer silkinishida esa 5 kundan keyin qutqarilganlar soni 5398 kishini tashkil etgan. Bu falokatda Frantsiya, Angliya, AQSH, SHveytsariya va boshqa davlatlarning qutqaruv qismlari ishtirok etdilar va o'zlarining eng zamonaviy uskunalari hamda boshqa vositalardan foydalanib, bir qancha odamlarni tirik saqlab qolganlari ma'lum.
Yuqorida aytib o'tilgan shikastlangan o'choqlarda faqatgina qutqaruv ishlari bajarilmasdan, birlamchi avariyani tiklov ishari ham bajarildiki, natijada qutqaruv ishlariga halaqit beruvchi hamda yangi falokatlarni keltirib chiqaruvchi avariya va talafotlarning oldi olindi. CHunki bular oqibatida fuqarolar qo'shimcha talafot olishlari mumkin edi. Buning uchun, suv tarmog'i, kanalizatsiya, gaz, elektr tarmoqlaridagi avariyani tuzatuvchi tuzilmalar jalb qilindi. Albatta, bu ishlarga umummaqsadli tuzilmalar ham jalb etildi. Bunday avariyalarning oldini olishni asosiy yo'li bu shikastlangan o'choqlarga suv, gaz, elektr va boshqa sababchi omillarning kelishini to'sish hisoblanadi. Bunda turli xildagi to'sish omillaridan foydalaniladi. Inshootlarning devorlari turli xildagi tirgovuchlar orqali mustahkamlanadi, buziladiganlar esa tamoman buzib tashlanadi. CHunki bu ishlarni qilmasdan turib, odamlarni qutqarish xavfli hisoblanadi.
3. Kimyoviy shikastlangan o'choqda QTBI.
Kimyoviy shikastlangan o'chokda qutqaruv ishlari o'ziga xos ravishda olib boriladi. Bu holatda birinchi navbatda ogohlantirish belgisi «Kimyoviy trevoga» bYerilib, darhol o'sha joyga radiatsiya, kimyoviy va tibbiy razvedka bo'limlari yuboriladi. Ular shikastlangan joyni, vaqtni, qo'llanilgan qurol (yoki zaharli moddalar - KTZM) turini, hudud va ob'ektning zaharlanganlik darajasi va ko'lamini, ZM tarkalish yo'nalishini, hudud chegarasini aylanib o'tish hamda hududdan chiqishning eng xavfsiz yo'nalishlarini aniqlab bYeradilar. Kimyoviy zararlangan hududda suv, tuproq, havo va boshqa tashqi muhit ob'eklaridan namunalar olib, tahlil uchun laboratoriyaga yuoradilar, o'chog'dagi odamlar holatini baholaydilar.
Olingan ma'lumotlarga asoslanib zararlangan hudud va ob'ekt fuqaro himoyasi boshlig'i qaror qabul qilib, qutqaruv omillarini hamda kimyoviy zararlanishni to'sish omillarini tashkil etadi. Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalarning hududga yoki atmosfYeraga tarqalayotganligi aniqlanishi bilanoq ob'ekt ishchi va xizmatchilari hamda yaqin-atrofda yashovchi aholiga xavf haqida xabar beriladi. Avariya haqidagi xabarni eshitgan aholi darhol nafas olish yo'llarini himoya qilish niqoblarini hamda tYerini himoya qiluvchi eng oddiy kiyim (plash,, yoping'ich)larni kiyib olishlari kerak. Uyda bo'lgan aholi dYeraza va darchalarni mahkamlab yepishi, yashash joyiga tashqaridan havo kirmaydigan qilib bYerkitishi, elektr isitgich asboblari, gaz o'choqlari va boshqa yonayotgan asbob-uskunalarni o'chirish kerak.
Bunday holatlarda qutqaruv ishlariga birinchi navbatda sanitar drujinachilari, umumiy otryad, zararsizlantirish guruhlari va mexanizatsiya tuzilmalari jalb etiladi. Har bir tuzilma aniq vazifa va texnikalar, jihozlar bilan ta'minlanadi.
CHunonchi:
- sanitar va qutqaruv tuzilmalariga zararlangan odamlarni o'chokdan olib chiqish, birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish va evakuatsiyani tashkil etish vazifalari;
- radiatsiyaga qarshi (RQ) va kimyoviy himoya (KTQ) xamda umumiy tuzilmalarga qutqaruv ishlarining joyi, KTZM saqlanadigan joylardagi avariyani to'sish va zaharlangan inshootlarni, atrof - muhitni degazatsiya qilish ishlari;
- zararsizlantirish guruhlariga degazatsiya qiluvchi Yeritmalarni tayyorlash va mashinalarni to'ldirish, zaharlanish o'chog'ida degazatsiya ishlarini olib borish;
- avariya - texnik guruhlarga avariyaga qarshi va birlamchi tiklash ishlari yuklatiladi.
Kimyoviy o'chokda qutqaruv ishlarini bajarishi lozim bo'lgan vazifalar olingandan keyin har bir tuzilma boshliqlari o'z qo'l ostidagi fuqarolarni yakka tartibdagi himoya vositalari, antidotlar, SHKP-8 bilan ta'minlaydilar. SHundan keyin ular razvedka, sanitar drujina, RQ va KTQ tuzilmalaridan keyin o'z ish joylariga borib, vazifalarini bajarishga kirishadilar.Bunda birinchi bo'lib zararlangan odamlar qidirib topiladi va yordam ko'rsatiladi, ya'ni gazniqob kiydiriladi, antidot bYerilib, tibbiy yordam ko'rsatiladi va ular har xil zararlanish toifalariga bo'linib, tibbiyot shaxobchalariga evakuatsiya qilinadi. Zararsizlantiruvchi tuzilmalar zaharlanish o'chog'ini, yo'llar, inshootlar, texnikalarni degazatsiya qiladilar.
Avariya - texnik guruhlari avariya sodir bo'lgan ob'ektda birinchi navbatda kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalarning to'kilishini yoki tarqalishini to'xtatish tadbirlarini amalga oshiradilar. Buning uchun zararlangan hududga KTZM uzatib berish tizimi yopiladi, jo'mraklar va boshqa yepish moslamalari yepiladi, KTZM shikastlangan idishdan boshqa nuqsonsiz idishga o'tkaziladi. Ba'zi hollarda KTZM tarqalishining oldini olish maqsadida hovuzlar yoki chuqurliklar qaziladi.
Zararlangan hududning chegarasi belgilanadi va bu hududga avariyaning oqibatlarini bartaraf etishda qatnashmaydigan shaxslar kiritilmaydi. Bu hudud alohida maxsus ishchi va xizmatchilardan tashkil topgan guruh tomonidan o'rab olinadi.
Zararlangan o'choq cheklangandan keyin zaharlangan xududlarni zararsizlantirish ishlari olib boriladi. Ob'ektlarni, asbob - uskunalarni zararsizlantirish manbai sifatida KTZMni neytrallashtiruvchi moddalar tanlanadi.QBTI jarayonida texnika va odamlarning harakati KTZMning xavf darajasini inobatga olgan holda tashkil etiladi.Ishlar tutagandan so'ng yig'ilish hududida odamlar va texnikani maxsus tozalash tadbirlari o'tkaziladi.

Download 21,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish