Laboratoriya mashg’uloti:
Turli haroratlarda poliakrilamidning ishqoriy
gidrolizi
Ishning maqsadi:
poliakrilamidning turli haroratlarda
suvdagi eritmalarini
ishqoriy gidroliz tezligini aniqlash va gidroliz jarayonining faollanish energiyasini
hisoblash.
Reaktivlar:
poliakrilamidning suvdagi 1,0% li
eritmasi, natriy gidroksidning
0,05 va 0,5M eritmasi, xlorid kislotaning 0,1M eritmasi, distillangan suv.
Idish va asboblar
: polimerni gidroliz qilish uchun ishlatiladigan asbob (9-
rasm), elektromexanik aralashtirgich,
termostat, sekundomer, uzun ignali 2 ml li
shprits, shisha va kumush xlorid elektrodli pH -metr, magnitli aralashtirgich, 20 ml
li byuretka, 100 ml hajmli stakan,
2
ml li mikrobyuretka, 50 ml li byukslar (8 ta), 50
ml hajmli o’lchov stilindri.
Ishning bajarilishi
:
1) poliakrilamidning turli haroratlarda suvdagi eritmasida ishqoriy gidroliz
o’tkazish;
2) reaksion aralashmadan olingan polimer namunalarining
gidrolizlanish
darajasini aniqlash;
3) gidroliz jarayonining faollanish energiyasini hisoblash.
Reaksion idishga (11—rasmdagi) poliakrilamidning 1,0 % li eritmasidan 50 ml
solib, termostat haroratini 50°C gacha oshiriladi va reaksion aralashmaga 2,5
ml 5 M li natriy gidroksid qo’shiladi va shu vaqtdan reaksiya boshlangan
hisoblanadi. Reaksiyani 2 soat davomida 50°C da olib boriladi va potenstiometrik
titrlash uchun 2 ml dan namunalar olinadi. Birinchi namunani 5 minutdan so’ng,
qolganlarini 1 soat davomida har 15 minutda va 2 soat davomida hap 30 minutda
olinadi.
Poliakrilamidning gidrolizlanish darajasini potenstiometrik aniqlash usuli 4.6-
ishda berilgan.
Xuddi shunga o’xshab tajribalarni 40, 60 va 70°C larda olib boriladi. Olingan
natijalarni quyidagi ko’chiriladi.
№
Namuna
olingan
vaqt, minut
Tajriba
harorat, C
Qo’shilgan
ishqor, ml
Gidroliz darajasi,
% (mol)
Natijalarni
hisoblash
.
Olingan
natijalar
asosida
bir
grafikda
poliakrilamidning gidrolizlanish darajasini 4 xil harorat uchun kinetik o’zgarish egri
chizig’i chiziladi. Egri chiziqning boshlanish qismidan o’tkazilgan urinmaning
og’ish burchak tangensi gidrolizning boshlang’ich tezligi V ning qiymatini beradi.
Olingan natijalarni quyidagi jadvalga ko’chiriladi.
№
Harorat, K
V,% (mol)/min
lgV
E,kJ/mol
Jadvaldagi natijalar asosida IgV— 1/T grafigi chiziladi va abssissa o’qiga
nisbatan hosil bo’lgan to’g’ri chiziqning burchak tangensidan poliakrilamidning
ishqoriy gidrolizi faollanish energiyasi aniqlanadi.
E = (4,57 • tgα) · 4,19