Terrorizm ikki turi mavjud:
Yakka tartibdagi;
Uyushgan guruxli terrorizm.
Terrorizm o'rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab o'z faoliyatlarini amalga oshirib kelgan. O'tgan asrning o'rtalaridan yangi ko'rinishlari vujudga kelgan.Jumladan chet el davlatlari va xukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini o'ldirish yoki o'g'irlash, elchihonalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlash sodir etish, xavo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va boshqa nomaqul harakatlarni amalga oshirish.
Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, shaxs jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta'minlash, davlatning suvYerentetini va xududiy terrorizmdan xavfsizligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlash maqsadida 2000 yil 31 dekabrda O'zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida”gi qonuni qabul qilingan.
Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llanilgan.
Garovga ushlab turilgan shaxs-qo'lga olingan yoki ushlab turilgan shaxsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini,xalqaro tashkilotlarni, ayrim shaxslarni biron-bir xarakat sodir etishga majbur qilish maqsadida terrorchilir tamonidan qo'lga olingan shaxs.
Terrorchi- terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxs.
Terrorizm- jahondagi tinchlik barqarorlik va taraqqiyotning dushmani.
2001 yilning 11 sentyabrida mazkur mahshum voqealar amalga oshirilgandan so'ng, ommaviy axborot vositalari orqali oddiy kishilarning suxbatlarida terrorizm haqida ko'p gapira boshlandi. Terrorizm so'zi, xalqaro terrorizm tushunchasi kecha yoki undan paydo bo'lmagan bo'lsa ham uning taxdidi ayniqsa, Yevropa uchun endi-endi, tushunila boshlandi. Bu borada siyosatchilar, siyosatshunos olimlar, iqtisodchilar ham so'z yurita boshladilar. Demak, biz barcha uchun katta taqdid solayotgan terrorizm, insoniyatning dushmani haqida, uning yovuz niyatlari va kerak bo'lsa basharasini yaqindan bilishimiz lozim. SHunda u bilan kurashi, terrorizm oqibatlarini muxokama qilib o'tirmasdan uning oldini olish real bo'ladi.
Bizning tushunchamizdagi terrorizm Yevropa XVIII asrda siyosiy saxnaga chiqqan bo'lsa Islom dunyosida dastlab VII asrning 2-yarmida, diniy, mafkuraviy jixatdan 3 ta asosiy yo'nalish- xorijiylik, sunniylik, shiyalik paydo bo'lishidan boshlandi desak xato bo'lmaydi. CHunki, Islom dunyosida bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan oqimlarning paydo bo'lishi, keyinchalik turli xil g'oya va mafkuralarning vujudga kelishiga olib keldi. SHu jumladan, terrorizm ildizlari ham qadim davrga borib taqaladi. Keyinchalik XVIII-XIX asrda axmadiya oqimlari vujudga kelgan. Hozirda biz bilgan Islom bilan bog'liq barcha oqimlar va firqalar dinda amal qilayotgan, rasman joriy mazxablarning jumladan, sunniylikning ham asosiy g'oyalariga zid qarashlarni olg'a surmoqdalar.
Talaba yoshlar hozirgi kunda biz uchun katta tashvishga sabab bo'layotgan vaxobiylar oqimi XVII va XX asrda tashkil etilgan «Xizbut-Taxrir al-Islomiy» firqasi to'g'risida aniq tassavurga ega bo'lishi lozim. Bu oqim va firqa tarafdorlari zamon talablarini pisand etmasdan, ko'r-ko'rona o'z maslaklariga yetishib olgan holda qilayotgan ishlar, targ'iboti dinimiz, uning butunligiga, birligiga, musulmonlarning ezgu ishlariga, tinch-totuv yashashlariga raxna solmoqda.
Islom ekstrimizmi va aqidaparastlikdan jaxon tinchligi barqarorlik va taraqqiyotiga salbiy tahsiri haqida so'z yuritar ekanmiz, nafaqat uning Islom dini ichidagi sabablariga balki, uni keltirib chiqaradigan, rag'batlantiradigan jixatlarga ham murojat qilsak. Ulardan birinchisi ilgari mustamlakachilikning ananaviy bosqinchilik usullari bo'lgan bo'lsa, hozir yangi mustamlakachilik va buyuk davlatchilik shovinizmidir. Masalan: Xempyerismli ingliz josusi SHayx-Maxmud nomi bilan ish yuritib, dastlab 1730 yili vaxobiylar oqimi asoschisi Abdulvahob bilan uchrashgan. Keyinchalik u o'z kundaliklarida bunday deb yozgan: «Biz vahhobiylik deb atalishni yaratdik. Najd shaharchasi uning markazi bo'lib qoldi. Buyuk Britaniyaning mustamlaka ishlari vazirligi, faoliyatimizni mahqullab, turli yordam ko'rsatib, kerakli anjomlar bilan tahminlab turdi…». Demak, sunhiy ravishda vahhobiylik oqimini yaratib, musulmonlarni chin dindan qaytarish o'sha davrda aynan Buyuk Britaniya mustamlakachilariga kerak bo'lganligi ayon bo'ldi.
Ikkinchi sabab esa xalqaro munosabatlarda musulmonlarga qarshi zo'ravonlik, musulmon davlatlarining G'arb mamlakatlaridan kuchayib ketmasligiga Yerishish niyati «parchalab tashla va xukumronlik qil» degan ko'p sinalgan siyosatni davom ettirishdan iboratdir.
O'quvchi yoshlar qadimiyat va o'rta asrlarda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ilg'or fikrlarga qarshi terror xarakatlari amalga oshirilganligi, zardo'shtiylik muqaddas kitobi «Avesto» ning yo'q qilinishi olimlarning osilishi muzuatlar, «Iso itlari», Jordano Bruno va xakozolar misolini o'rganish. O'quvchi-yoshlarimiz terrorizmga qarshi kurash ayniqsa bizning mamlakatimiz O'zbekiston uchun juda zarur ekanligini anglab yetish lozim. CHunki, mustaqilligimiz qo'lga kiritilgan vaqtdan boshlab eng katta xavf bu yon qo'shnilarimiz bo'lgan Afg'oniston va Tojikistonda ro'y bergan qonli voqealar tahsiri bizga ham o'tmaydi degan kafolatning yo'qligida edi. SHuning uchun ham aksilterror opYeratsiyasida ishtiroki xususida O'zbekiston o'z pozitsiyasini aniq bayon qilib bYerdi. Bunda O'zbekiston Afg'onistondagi Terrorizm, uning bazalarin tag-tomiri bilan yo'qotish, bu xavf-xatarni mintaqada yo'q qilish xarakatini qo'llab-quvvatlaydi. Biz koalitsiyada emasmiz, koalitsiya deganda talaba yoshlar - xalqaro terrorizmga qarshi kurashuvi, harbiy xujumlarni aviatsiya va piyoda qo'shinlarni xarakatga keltirishga tayyor bo'lgan AQSH, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va boshqa davlatlarni tushunish kerak.
11-sentyabrda Vashington va Nьyu-Yorkdagi, daxshatli voqealar, terroristik tajovuzlardan so'ng dunyo miqyosidagi global bo'lib turgan masalalar, Terrorizmng daxshatli basharasi namoyon bo'lgandan keyin, insoniyatni kelgusi taraqqiyoti uchun avvalo terrorizm balosidan qutilish birinchi darajadagi yengishi lozim bo'lgan muammo ekanini ko'rsatadi.
Bugun xalqaro siyosiy sahnada davlatlararo uchrashuvlar va turli sammitlarda bu balo-qazoga faqat birgalikda kurashish va xarakatlarni muvofiqlashtirish orqaligina Yerishish mumkin ekanligi haqida ko'p gapirishmoqda va kech bo'lsa ham yakuniy xulosa sifatida qabul qilinmoqda. Bir necha yil davomida terrorizmga qarshi kurashish, Afg'onistondagi murakkab vaziyat xususida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov xalqaro jamiyatga tinmay murojat qilib kelgan edi. CHunki, sobiq SSSR parchalanish natijasida siyosiy kuchlarning jahoniy qarama-qarshiligi barham topgan bo'lsada dunyoda tinchlik, barqarorlik xali mo'rt, murakkab va muammoli bo'lib qolaveradi. XXI asr bo'sag'asida dunyoda uning geografik, siyosiy tuzilishida tub o'zgarishlar yuz berish munosabatida endilikda mamlakat xavfsizligi eng dolzarb masalaga aylanganligini o'quvchi yoshlar bilib olishi lozim. Prezidentimiz I.A.Karimov - «Bundan buyon ham tashvishli xodisalar bizni chetlab o'z yo'lidi rivojlanavYeradi, barqarorlik o'z-o'ziga saqlanavYeradi, mamlakatning kelajagi esa o'z-o'zidan tahminlangan deya fikr yuritishni ham siyosiy, ham fuqaroviy kaltabinlikdan boshqa narsa emas deb hisoblaymiz» -deya o'rinli tahkidlaydi.
11 sentyabrdagi qonli terrorchilikdan keyin AQSH xalqaro xamjamiyatga murojat qilib, har bir mamlakatdan terrorga munosabatini belgilashni va uni ehlon qilishni so'radi. Ushbu masalada «Siz yo biz bilan, yo biz bilan emassiz» degan qathiy fikr hatto ulg'timativ tarzda qo'yildi. AmYerika Qo'shma SHtatlarining bu chaqirishni yuzdan ortiq mamlakatlar qo'llab – quvvatlab chiqdilar. Mazkur masalaning mohiyatini ochib berish uchun yuqorida qayd etganimizdek, davlatimiz raxbari I.Karimovning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999 yilda bo'lib o'tgan Istambul Sammitida qilgan mahruzalarida Xalqaro terrorizmga qarshi kurashuvchi yagona markaz tuzish lozimligi to'g'risidagi taklifni, shuningdek, BMT ning 2000 yilda bo'lib o'tgan «Ming yillik sammiti» da qilgan mahruzalarida mazkur masala yuzasidan o'rtaga tashlangan takliflari moxiyatini o'qituvchi talaba yoshlarga tushuntirib berishi lozim.
11 sentyabr mudxish voqealariga qadar jahon hamjamiyati tomonidan terrorizm va ekstremizm xavfi haqida ko'p gapirilsa ham u bilan kurashish uchun amaliy va qathiy choralar ko'rilmagan edi. Endilikda jahondagi taraqqiyparvar davlatlarning yovuzlikka qarshi birlashgani eng muxim faktorga aylandi. Xususan, Italiya harbiy kuchlari va harbiy xarakatlariga yordam berishga taeor ekanligini bildirdi. Hatto, o'z betaraflik siyosati bilan yaxshi tanilgan SHveytsariya xukumati ham terrorizm bilan kurashishda yaqindan yordam berish maqsadida insonparvarlik yuklari ortilgan samolyotlar uchun o'z havo xududi ochiqligini mahlum qildi. Ng'yu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasidagi asosiy masalalar orasida terrorizm muammosi ko'rib chiqildi. Uning ishida O'zbekiton tomonidan mamlakatimiz tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Xalilov ishtirok etdi. AmYerikadagi bu tadbirlar doirasida BMT ning Bosh qarorgoxida «6+2» formulasi bo'yicha Afg'onistonga chegaradosh bo'lgan mamlakat va Rossiya hamda AQSH tashqi ishlar Vaziri darajasida yig'ilish bo'lib o'tdi. BMT Bosh kotibining Afg'oniston bo'yicha vakili Lasdar Broximiy tomonlarga ishlab chiqarilgan rezolyutsiyani taqdim etdi va Afg'onistondagi vaziyat, muvaqqat xukumatning tuzimini, uning faoliyati xavfsizligini tahminlash borasida mahruza qildi.
SHu yilning 7 oktyabridan boshlab amalga oshirilayotgan harbiy kompaniyada Amerika aviatsiyasi terrorchilar bazalari va uyalarini yo'q qilish maqsadida raketa-bomba zarbalarini bermoqda. SHuningdek, terroristlar tomonidan kimyoviy, biologik va radiologik qurol, giyoxvandlik moddalari ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan obhektlarni yo'q qilishmoqda. Bu ham o'z o'rnida terroristlarni sarosimaga solib, xarakatlarini muvofiqlashtirishga imkon beryapti.
Yaqin vaqtlargacha Afg'oniston xududining atigi 5 % ini nazorat qilayotgan Birlashgan front bugunga kelib mamlakatning deyarli barcha qismini ozod etishga erishdi. Xususan, Mozori SHarif, Quddus, Qalam Nov, Bolshon, Xayroton, Puli Xumri, Xirot, Qobul, Qandaxor kabi yirik shaxarlar Birlashgan front tomoniga o'tmoqda. Ozod etilgan shaxarlarda toliblar tomonidan tadbiq etilgan bircha tahqiqlar bekor qilindi. jumladan, endilikda shaxarda musiqa tinglash, ayollarning ishlashi va tahlim olishiga ruhsat bYerildi.
Uzoq vaqt mobaynida tinchlik bo'lmagan bu yurtda odamlarning yashashi, hayot tarziga shubxasiz salbiy tahsir o'tkazgan. Bugungi kunda Germaniya poytaxtidagi kelishuv asosida Afg'oniston muvaqqat xukumati tuzildi. Bu xukumat olti oydan keyin to'planadigan xalq vakillari majlisi - jirg'agacha ishlaydi. Ushbu Jirg'adan so'ng Afg'onistonda tashkil topilgan xukumatlar qanday bo'lishidan va kimlardan tashkil topishidan qathiy nazar, eng avvalo, Afg'on xalqining oddiy odamlarning manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |