O'zbekiton xalqining milliy tafakkur tarzi-terrorizmgaqarshi omil sifatida.
O'qituvchi mustaqillikni amalga oshirish va mustaxkamlashda xalqimizning milliy tafakkur tarzi va diniy qadriyatlarimizni tiklashning va milliy o'zlikni anglashning o'rnini ochib berishga aloxida ehtibor berish kerak. CHunki, odamlar ongida mustaqillikni saqlab qolish, mahnaviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirish, xalqning milliy ruxini uyg'otish va tiklash jamiyat barqaror rivojlanishining muxim sharti va kafolati ekanligini talaba-yoshlar bilib olishi kerak.
Terrorchilik degan illat tag-tomiri bilan sug'urib tashlanmas ekan, bu achchiq qismat jaxondagi hir bir inson yoki xalqning boshiga tushishi mumkinligi ayon bo'lib qoldi. shuning uchun ham jaxonning ko'plab davlatlari terrorchilarni batamom jismoniy yo'q qilib tashlash tarafdori bo'lib chiqdi. Inson ongini zaxarlashga qaratilgan ekstremistik va terroristik g'oyalarning jamiyatimizga kirib kelishini bartaraf etuvchi, bir vosita mavjud. Uning nomi insonparvarlik, tinchlikparvar, mahrifatparvar va bunyodkor milliy- diniy qadriyatlarimiz ekanligini xalqimizga aloxida singdirishimiz kerak. Hammamizga mahlumki, sobiq ittifoq davrida milliy, diniy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirish siyosati olib borildi. Biz endi mustaqil davlat sifatida deyarli unitilayoigan o'tmishimizni butun borliq muhabbati va buyukligi bilan ko'z oldimizda keltirmoqdamiz. Mustaqillik sharofati bilan xalqimizda o'zligini anglash va milliy o'yg'onish hissiyotidan g'arzli maqsadlarda foydalanishga xarakat qilgan kimsalar Islom arkonlarini to'la anglamayotgan sodda yoshlarimizni ekstremistik g'oyalarga kirishiga xarakat qilishga urinishlar bo'lib o'tdi. talaba-yoshlarimiz O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Fidokor» gazetasi (8.06.2000 y.) muhbiri savollariga bergan javoblarida mafkura dunyosida bo'shliqga yo'l qo'yib bo'lmasligi hozirgi paytda ro'y bYerayotgan ayrim salbiy xolatlar yovuz kishilar, avvalo, mafkuraviy bo'shliq tufayli sodir bo'layotganligida, deb tahkidlashni mahnosini bilib olishlari zarur.
Yurtboshimizning kimda-kim bizning mustaqil taraqqiyot yo'limizni, orzu-maqsadlarimizga erishish yo'lini to'smoqchi bo'lsa, avvalo, xali suyagi qotmagan mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning mahnaviyatni buzadi, ularni azaliy tabiatimiz va muqqadas odatlarimizga mutloqo zid bo'lgan g'oyalar bilan tanishib, o'zlarining g'arazli va jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo'lida qurol ko'tarishga urinadi deb uqtirib kelishini talaba-yoshlar bilib olishi kerak.
Mahlumki o'lkamizda Islom dini tarqalgunga qadar (VII asr oxiri VIII asr) ajdodlarimiz ehtiqod qilgan zardushtiylik dinining muqaddas «Avesto» kitobi bo'lgan. Bu kitob Islom dini paydo bo'lgunga qadar ajdodlarimiz jahonda birinchi bo'lib yaratganning yakkaligi va xaqligiga imon keltirgan xalq ekanligini bildiradi. Biz ehtiqodga Yerishgunga qadar ajdodlarimiz uzoq o'tmishdan boshlab mahnaviy izlanish, o'zligini tanish yo'lida bosib o'tgan tafakkur bosqichlariga Yerishib, uning mevasi sifatidagi haq yo'lini topganlarini o'quvchi yoshlar xis qilishi lozim.
Yurtimizda Islom bilimining buyuk olimlari yetishib chiqdiki, bu allomalar jaxon tsivilizatsiyasiga ulkan xissa qo'shganlgini hozirgi kunda butun jahon tan olmoqda. SHuning uchun ham milliy diny qadriyatlarimiz xalqimizni ayniqsa, yosh avlodni Vatanga muxabbat, ajdodlarga xurmat va sadoqat, zo'ravonlikka nafrat ruhida tarbiyalash, ularni ezgulik va bunyodkorlikka dahvat etuvchi bitmas-tuganmas kuch qudrat manbaidir. Ular nafaqat mafkuraviy bo'shliqning yuzaga kelishiga, balki ming yillardan beri xalol mexnat va olamshumul kashfiyotlari ila jaxon tsivilizatsiyasiga salmoqli xissa qo'shib kelayotgan xalqimizning mentalitetiga tamomila zid terrorchilik g'oyalarining kirib kelishiga qashi mustaxkam qalqondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |