ABU NASR FORORIY
ishlar hamda ezgulikka olib boruvchi boshqa vositalarga tegishlidir. So’ngra Aflotun bu vositalarning hammasidan Zevs va Appollonlarning foydalanganligini aytib o’tadi, ularning qonunlaridagi har bir amru talablardan qanchalik ulkan foyda borligini tushuntiradi, masalan, ovga taalluqli yoki jamoa bo’lib ovqatlanish yo bo’lmasa urushga tegishli bo’lgan amru farmonlar. U yana, urushlar zaruriyat yuzasidan va ehtiros tuyg’usi hamda biror afzallikni ko’zlab bo’lishi mumkinligini ta'kidlaydi. U qanday urush ehtiros va zavq olish uchun, qaysi biri zaruriyat jihatidan bo’lishini aniqlab tushuntiradi. Aflotun o’zining shoirona so’zida savol beruvchi va javob qaytaruvchi orasidagi bahsda xunuk narsalarning ta'siri urgan va ularga bog’liq bo’lib qolgan ba'zi go’zalliklar haqida eslab o’tish joizligini ta'kidlaydi. Shu sababdan xayrli ishlarni rag’batlantirish, bu ishlar haqidagi boshqacha fikrni bartaraf etish, hamda ularning afzalligi va haqqoniyligiga ishontirish uchun sohibi qonun teran mulohaza yuritishi va tekshirishlar o’tkazishi zarur. Aflotun o’sha qonunlardagi ba'zi talablarning zararligini, bunday farmonlar nomaqbul ekanligini ko’rsatib o’tadi va ular g’o’r hamda johil insonlarning ishi ekanligini tushuntiradi. Idrokli odam esa o’ziga nisbatan shubha uyg’otmaslik uchun va fuqaroni qonunlar haqqoniyligiga ishontirish uchun bularga o’xshash misollarni o’rganib chiqishi zarur.
Aflotunning aytishicha, eng mushkul ish-qonunni joriy qilishdir. Qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir. So’ngra, u avvalgi qonunlardan ma'lum bo’lgan ba'zi farmonlar haqida eslatib o’tadi. Bu, maqsadga juda muvofiq bo’lgani bayramlar haqidagi farmondir, chunki ular (bayramlar) zavq bag’ishlaydilar, ularga barcha insonlar tabiatan moyillik bildiradilar, ular xudolar joriy etgan qonunlar sifatida barqaror etilgan. Ularga Aflotun xayrixohlik bildiradi, madh etadi va ular qanday foyda keltirishini zikr etadi. Keyin u, qonun tarafidan talab etilgan taqdirda may ichish haqida gapiradi va boshqa biror sabab bilan mayxo’rlik qilinsa nima bo’lishi haqida mulohaza yuritadi.
62
-AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
Aflotun, go’yoki g’oliblar-doimo eng yaxshi odamlar, mag’lublar – eng yomonlar, degan tushunchadan ogohlantiradi. g’alaba tasodifiy bo’lishi mumkin, masalan, xalqning ko’p bo’lishidan bu xalqni qahramon deb o’ylasa bo’ladi. Ammo odam g’alabasidan mag’rurlanmasligi kerak, aksincha o’z mavqeini qonunlarga muvofiq ravishda ko’rishi lozim. Xohish bildirganlarning hammasi ham haqiqiy sohibi qonun bo’lmaydi, qonunlarni tuzishga yaralganlarigina sohibi qonun bo’lishlari mumkin. Bu ilm-fan va boshqa sohalardagi rahbarlarga ham taalluqli. o’z faoliyati davrida ham, bu faoliyatdan o’zini tortganda ham sardor o’z nomi bilan sardor deb atalishi zarur, agar u boshqalarni bu san'atga o’rgatgandan so’ng o’z faoliyatidan voz kechsa ham u rahbar deb atalishga sazovordir. Agar san'atdagi rahbarning faoliyati maqtovga sazovor bo’lmasa va bu ish uning qo’lidan kelmasa, u holda boshliq deb atalishga loyiq emas.
Aflotun sohibi qonun birinchidan, qonunlarni joriy qila olishi, ikkinchidan farmon berishni bilishi zarur, deydi. Agar u o’zi buyurgan narsani joriy etolmasa, agar boshqalar bo’ysungan narsaga o’zi amal qilmasa u holda uning ko’rsatmalari qonuniy kuchga ega bo’lraaydi va uning so’zlari qo'1 ostidagilariga ta'sir etmaydi. Bu nomunosib holdir. Qonuniga o’zi amal qilmagan rahbar o’zi jasoratdan bebahra bo’la turib askarlarga rahbarlik qiladiganlarga o’xshaydi, bundaylarga havas qilib bo’lmaydi.
Shu munosabat bilan Aflotun hokimlari va boshliqlari o’zlariga o’xshab ichib yuruvchilar bo’lgan mast-alastlarni misol qilib keltiradi. Ularning boshqaruvi ham o’zlariga monand. Mast-alastlarni boshqarish uchun zehn, bilim va hushyorlikda nihoyatda o’tkir bo’lish kerak emas. Darhaqiqat, Aflotun aytganidek, agar sohibi qonun oddiy odamlar kabi johil bo’lsa, u odamlarga naf keltiradigan qonunni joriy etolmaydi. Aflotun qonunlarga rioya qilishda tarbiya va mashg’ulotlar katta ahamiyatga ega ekanligini aytadi. o’zi qonunni mensimaydigan va shu bilan birga qo’li ostidagilarni ham shunga undaydiganlar o’z xatti-harakatlari ila katta tartibsizliklar keltirib chiqaradilar. Agar inson uni madh etib ko’taruvchilarning bahs va suhbatdagi mohirligi, so’zga boyligi, kuchli bilimlari tufayli
63
Do'stlaringiz bilan baham: |